9
tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi. Tarixda A.i.ning uch turini ko‗rish
mumkin.
Birinchisi
– an‘anaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‗tishni ko‗zlovchi A.i. Ular jumlasiga XIX-XX a.larda Yevropa, Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi A.i.ni kiritish mumkin.
Ikkinchisi
– bozor
xo‗jaligidan totalitar-rejali tuzumga o‗tishni ko‗zlagan va proletariat diktaturasi
yordamida amalga oshirilgan A.i.
Uchinchisi
– XX-asrning 90-yillar boshidan sobiq
sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga o‗tishga
qaratilgan A.i. Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xo‗jaligida tovar ishlab chiqarishni
o‗stirib, uni bozor iziga solishni mo‗ljallaydi. Zamindorlar mulki bo‗lgan yer uni
ekadiganlarga – dehqonlarga haq to‗lash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga
dehqonlarning xususiy mulki o‗rnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi
boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. A.i. qishloq xo‗jaligida
mexanizatsiyani qo‗llab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. A.i.
fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi A.i.
sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va b. mamlakatlarda amalga
oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer to‗la-to‗kis yoki qisman xususiy mulkdorlar
tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xo‗jaligi o‗rniga
davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xo‗jaligi va jamoa xo‗jaliklari barpo etiladi, ularni
hukumat to‗la nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini
yo‗qotadi, qishloq xo‗jaligida stimullar so‗na borganidan u inqirozga yuz o‗giradi, oziq-
ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi A.i. davlatlashtirilgan qishloq
xo‗jaligi egaligi qisman yoki to‗la-to‗kis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat
beriladi, davlat va jamoa xo‗jaligining mulki dehqonlar o‗rtasida bepul, qismai bepul,
yoxud haqini to‗lash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xo‗jaligi asosiy xo‗jalik
turiga aylantiriladi, bu xo‗jalik bozor talabiga qarab va o‗z manfaatini ko‗zlab ish
yuritadi.
Dostları ilə paylaş: