10
Bunday holda davlatning harakatlari, agar u A.ni boshlovchi bo‗lsa ham, oqlanadi.
Hududni bosib olish yoki A. tufayli erishilgan boshqa ijobiy harakatlar ham qonunga zid
hisoblanadi. A. ishlatilgan hollarda BMTning Xavfsizlik Kengashi ba‘zi harbiy
operatsiyalarni o‗tkazish orqali harbiy choralarni ham qo‗llashi mumkin (BMT
qurolli
kuchlari shun.,, BMTga a‘zo davlatlarning qurolli kuchlarini ishlatish). A.ning eng xavfli
ko‗rinishi qurolli kuch ishlatishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik
va xalqlar xavfsizligiga qarshi og‗ir xalqaro jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh
Assambleyasining
29-sessiyasida
(1974)
«Agressiyani belgilash to‗g‗risida»gi
rezolyusiya yakdillik bilan ma‘qullagan. Unga ko‗ra «Biror davlatning boshqa davlatning
suvereniteti. Hududining daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qurolli kuch
ishlatishi agressiyadir» deyilgan. BMT Nizomining 5-moddasiga muvofiq, agressiv urush
eng og‗ir
xalqaro jinoyat hisoblanib, reparatsiyalar va restitutsiyalar shaklidagi xalqaro
huquqiy va moddiy javobgarlikka olib keladi. Amalga oshirilish uslubiga ko‗ra A.
bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. 2) kishilarning jamiyatda bahamjihat yashash
me‘yorlari va qoidalariga zid bo‗lgan maqsadli destruktiv hatti-harakat, hujum qiluvchi
(jonli va jonsiz)
obyektlarga zarar yetkazuvchi, odamlarga jismoniy zarar keltiruvchi
yoki ularda salbiy holatlarni uyg‗otuvchi taranglik, qo‗rquv, ezilganlik yoki xo‗rlanganlik
holati va b.lar.
Dostları ilə paylaş: