5
asoslangan davlat tuzumi. Bunda siyosiy hokimiyat tamomila bir kishi qo‗lida bo‗ladi. A.
Fransiya va Angliyada XVII a.da, Yaponiyada XVIII a. boshlarida, Turkiya, Misrda XIX
a. oxirida mavjud bo‗lgan. Bu turdagi davlatda hokimiyat bir kishi qo‗lida to‗planadi,
davlat ulkan byurokratik apparat (davlat muassasalari), muntazam armiya, sud, politsiya
yordamida idora qilinadi. O‗rta Osiyo hududida 1917-yil inqilobigacha mavjud bo‗lgan
xonliklarni A.ga kiritish mumkin.
ABSTRAKSIYA
(lot.
abstractio
– chalg‗ish, chetlashish) — narsalar xossa va
nisbatlarining boshqalari, mazkur tadqiqotda jiddiy bo‗lmagan va ikkinchi darajali deb
ko‗rib chiqilayotganlaridan xayolan ajratib olish (farqlash) jarayoni. Abstraksiya
(mavhumlash) natijasi mavhum obyektlarning hosil bo‗lishidir.
AD‟YUNKT
(lot.
adjunctus
– qo‗shilgan) — ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ishga
layoqati bo‗lgan hamda harbiy ilmiy tadqiqot institutlari yoki oliy o‗quv yurtlarining
ad‘yunkturasipya fan doktori, professor (ba‘zi hollarda katta ilmiy xodim yoki dotsent
ilmiy darajasiga ega fan nomzodlari) ilmiy rahbarligida ma‘lum bir harbiy mutaxassislik
bo‗yicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tekshirish ishlari olib borayotgan oliy
ma‘lumotga yoki magistr darajasiga ega bo‗lgan harbiy mutaxassis.
AD‟YUTANT
(lot.
adjutans
– yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir,
qo‗mondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho
Rossiyasi armiyasida shtablarda harbiy devon mutasaddisi bo‗lgan zobit lavozimi (katta
polk, batalon va divizion A.i); XVII a. ikkinchi yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada
joriy bo‗lgan, 1716-yil harbiy nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho,
imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi A. general a. deb,
zobit mansabidagi – fligel a. deb atalgan.
ADAPTATSIYA
(lot.
adaptare
– moslanish) — shaxs (guruh) xulq-atvorining
mazkur jamiyat, qatlam va ijtimoiy guruhda humronlik qiluvchi an‘ana va normalarga
moslashish. Ijtimoiy o‗zgarishlar tez-tez ro‗y berib turadigan sharoitlarda (ilmiy-
texnikaviy o‗zgarishlar, industrlashtirish va h.k.) ijtimoiy adaptatsiyaning ahamiyati
oshadi. U siyosiy tizim oldida turgan vazifalar o‗zgarishi, yangi maqsadlar aniqlanishi,
muammolarni hal qilish uchun yangi yondoshuvlar ishlab chiqilishida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: