Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta'lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to‘ldiruvchi matnlar to‘plami. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko‘rsatmalar o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko‘rsatmalar matn bilan o‘quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o‘quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo‘naltiruvchi vosita hisoblanadi.
Elektron ma'lumotnomafoydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma'lumotnoma terminlarning ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ro‘yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya'ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi. Elektron ma'lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O‘UM uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Nazorat uchun savollari Ma’lumot va ma’lumotlar modeli tushunchalariga tarif bering.
Ma’lumotlar tuzilishiga ko‘ra qandau turlarga bo‘linadi?
Kartografik manbalar ahamiyati haqida nimalarni bilasiz.
Tasviriy manbalarga nimalar kiradi?
Elektron hujjat tushunchasiga tarif bering.
Kompyuter manbashunosligining vujudga kelishi bosqichlarini ayting.
ASOSIY ADABIYOTLAR: Информационные технологии для историков: учеб. пособие к практикуму по курсу «Информатика и математика» / Ред. Л.И.Бородкин. М.: Изд-во МГУ, 2006.
Христочевский С.А. Электронные мультимедийные учебники и энциклопедии // Информатика и оброзование. М., 2000. №2. С. 70-77.
Хроленко А.Т. Современные информационные технологии для гуманитария: прак. рук. / А.Т. Хроленко, А.В. Денисов. – М.: Флинта: Наука, 2010.
Lawrence J. Mc.Crank. Historical Information Science: An emerging Unidiscipline. Medford. New Jersey, 2002.