Elektron kutubxona-Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir.
Kongress virtual kutubxonasi. http://Icweb.lok.gov- Kongress kutubxonasining elektron kurinishi bo`lib, u dunyodagi eng yirik virtual kutubxonalardan biridir. Kongress kutubxonasi 1800 yili 24 aprelda tashkil etilgan. Unda 115 milliondan ziyod kitob va xujjatlar yigilgan. Virtual kutubxonada tarixga oid ma'lumotlar, turli kollektsiyalar, rasmlar axborotlar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo`ylab sayr qilganingizda, unga mujassamlashgan obidalarning uzoq tarixiga safar qilgandek bo`lasiz.
WWW Virtual kutubxonasi. http://www.vlib.org- WWWVirtual kutubxonasi turli-tuman ma'lumotlarni o`z ichiga oladi: qishloq xujaligi, iqtisod va biznes, kompyuter texnologiyalari, aloqalar, axborot va jurnalistika, o`qish, qonunlar, ilm - fan va hokazolar. Kutubxonaning quyidagi bo`linmalari xam mavjud: Pensilvaniya Davlat Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), Shveytsariya (Switzerland) va Argentina. Kutubxonada alfavit bo`yicha so`z va jumlalar bo`yicha qidirish tizimi mavjud.
Gpo Access. http://gpo.gov- US Goverment Printing Office markazi millionlab ma'lumotlarni o`zida mujassamlagan. Unda siz AQSHdagi turli tuman hujjatlar, kitoblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000 ta xujjat bilan to`ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma'lumotlar bo`linmasi bajaradi. Maslahatlar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar.
WWW.UZ Milliy axborot-qidiruv tizimi. WWW.UZ – bu barcha foydalanuvchilar uchun yurtimizning Internet tarmog’idagi milliy segmenti axborotlaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beruvchi tizimdir.
Yandeks – Rossiyaning eng yirik IT-kompaniyalardan biri, 1997-yilda tashkil qilingan. U qayta ishlayotgan qidiruv so‘rovnomalari soni bo‘yicha jahondagi qidiruv saytlari ichida 7-o‘rinda turadi. Bugungi kunda "Yandeks” Rossiyaning internet- qidiruv bozorida 65% ulushga ega. Butun dunyoga mashhur Google esa Runetning qidiruv sohasida 22% ulushga egalik qilmoqda. "Yandeks” 2010-yil 19-may kuni ingliz tilidagi qidiruvlarni amalga oshirish uchun yandex.com saytini ishga tushirdi va bu bilan u xalqaro darajaga chiqdi.
“KtoTam” – insonlar to‘g’risidagi axborotlarni qidirishga mo‘ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
“Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resruslaridan qidirib ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
“Truveo” – Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga ixtisoslashgan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn video hamda teledasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.
“Kinopoisk” – filmlar to‘g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, akterlar ismlari hamda rejisserlar va stsenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
“Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma'lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab mashhurlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruhlanadi.
“Ulov-Umov” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karera va ishga bag’ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxati shakllantiriladi.
GPS - Global Positioning System-Bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`lib. Yer yo`ldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yo`ldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yo`ldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, o`zining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yo`ldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.