Xabarlar fazosi RT — barcha mumkin bo‘lgan xabarlarning pt fazosi. Shuningdek xabarlarni belgilash uchun m (message) dan ham foydalaniladi.
Kalitlar fazosi K. Xar bir kK kalit RT fazodagi birorEk(encryption) va unga teskari Dk (decryption) almashtirishni belgilaydi. .Shifrlangan xabarlar fazosi ST – barcha shifrlangan ct(ciphertext) ct =Ek(pt) matnlarni o‘z ichiga oladi. Odatda kriptosistemaga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) Ek{pt), Dk{ct) —lar oson hisoblanadigan bo‘lishi lozim; 2) k ni bilmay turib, ctma’lum bo‘lgan taqdirda ham ptni topishning iloji bo‘lmasin. Klassik kriptosistemalarda kmahfiy kalit EkvaDk akslantirishni belgilab beradi. Bunda quyidagi ayniyatning o‘rinli bo‘lishi talab qitlinadi:
Dk(Ek(pt)) = Dk(ct)=pt. Kriptoanaliz bo‘yicha mutaxassisning asosiy vazifasi ana shu kalitni qidirishdan iborat. U quyidagi ko‘rinishlarda shifrlangan matnga hujum qilishi mumkin: 1) faqat shifrlangan matn ma’lum (ciphertext only attack); 2) shifrlangan va shifrlanmagan matnlar ma’lum (known plaintext attack); 3) (pt,Ek(pt)) juftlikni aniqlash imkoniyati mavjudva bu erda pt – kriptoanalitik tomonidan tanlanadi (chosen plaintext attack).
Axborotlarni kriptografik himoya qilishda, ya’ni axborotlarni ochiq va yopiq usullarda kriptografik shifrlashning turli algoritmlari mavjud bo‘lib, ularning asosini matematika fanining turli sohalarida ishlab chiqilgan mexanizmlar tashkil qiladi. Quyidagi jadvalda ana shunday algoritmlarning ayrimlarini va ularning matematik asosi keltirilgan.
Vektorlar algebrasi, qoldiqli bo’lish amali, gruppa, halqa, maydon, ikkilik sanoq sistemasi, mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin almashtirishlar, sonlar nazariyasi
El-Gamal
Tub sonlar, logarifm, qoldiqlar nazariyasi, modul bo‘yicha ko‘paytirish
DES
Sanoq sistemalari, akslantirishlar, o‘rin almashtirishlar, mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin almashtirishlar, sonlar nazariyasi
RIJNDAEL
Sanoq sistemalari, bo‘lish munosabatlari, darajaga ko‘tarish, ikkilik sanoq sistemasida amallar bajarish, mulohazalar algebrasi,
RSA
Tenglamalar yechimlarining mavjudligi. Bo‘lish munosabatlari, tub sonlar, tub ko‘paytuvchilarga ajratish, xalqa, mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin almashtirishlar, sonlar nazariyasi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, axborotlarni kriptografik usul bilan himoya qilish uchun algebraning mulohazalar algebrasi, munosabatlar, o‘rin almashtirishlar, sonlar nazariyasiga oid va boshqa ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.