Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə18/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


-Darslik va o’quv qo’llanmalarning boblari va mavzularin o’rganish.
Bunday tashkiliy shakl talabalarda o’tilgan mavzular bo’yicha mustaqil bilim olishda konspekt usulidan foydalanilanishni talab qiladi.
- Tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruza qismini o’zlashtirish.
Bunda o’qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo’ladi. Tarqatma materiallar hajmi har bir ma`ruza uchun 5-6 sahifa bo’lishiga erishish kerak. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi.
- Fanning boblari va ma`ruzalari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya va maqolalar), referatlar, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog’ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi.
- Fanlar bo’yicha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, qo’shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o’rganish. Bu ish ham barcha semesterlarda amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi.
Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:

  • mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;

  • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;

  • fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.

Mustaqil ish yozma ravishda tavsiya etilgan adabiyotlar asosida yozma ravishda bajariladi. Mustaqil ish natijalarini amaliy mashg’ulotlar davomida va darsdan tashqari belgilangan vaqtda talabalar tamonidan topshiriladi. Mustaqil ishga ajratilgan ballar joriy nazorat tarkibida hisobga olinadi. Mustaqil ishga kiritilgan savollar yakuniy nazorat variantlariga kiritiladi.
Mustaqil ishlar mazmuni va shakli ishlab chiqilishida talaba mavzuni ochish uchun kerakli axborotni axtarish usullarini o’rganadi, ko’nikmalar hosil qilishi e`tiborga olinadi. Mustaqil ravishda savollarga javob berishga harakat qilish, uchun turli variantlarni tahlil qiladi, erkin, mustaqil tafakkur qilishni shakllantiradi. Hozirgi davrda informatsion jarayon sharoitida talaba hamma mavjud bilimlarini yodlab ololmaydi, bunga ehtiyoj ham yo’q. eng muximi informatsiya olamida kerakligini topish va to’g’ri tahlil qilish usullarini o’zlashtirish ulardan mohirona foydalanadi.
Kafedrada navbatchilik qilayotgan o’qituvchi mustaqil ishlar bo’yicha talabalarga maslahatlar berish uchun ma`suldir. Mustaqil ishga mo’ljallangan topshiriqlar ma`ruzalar mavzulari ma`nolarini talaba tomonidan chuqur o’rganilishiga, o’zlashtirilishiga qaratilgan.



Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin