Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»


Ahloq–odob–xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelgan buyuk qadriyatlardan biri. Ahloq–



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə26/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Ahloq–odob–xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelgan buyuk qadriyatlardan biri. Ahloqodob shaxsning o‘zo‘ziga, oila va jamiyat a’zolariga bo‘lgan kundalik amaliy munosabatlarida namoyon bo‘ladi
Aholini ijtimoiy himoyalash–aholini bozor iqtisodiyotining salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlardan asrash, shu oqibatlarning aholi ijtimoiy iqtisodiy ahvoliga ta’sirini yumshatish.
Ambivalentlik — siyosiy ko‘rinishlarning qarama qarshi va ichki ikki taraflamalikni belgilaydigan, uning ichki tarkibidagi shartli qarama qarshi fikrlarning mavjudligiga oid ibora.
Amoralizm (lot. a – yo’q, moralis – axloq) — ma’naviy hayot va shaxslararo munosabatda axloq me’yorlarining buzilishi hamda ularni inkor etish, umume’tirof etilgan xulq-atvor mezonlariga e’tiborsizlik va ularga yengil-yelpi munosabatda bo’lish. “A.” atamasi ilk marotaba g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan Makiavelli, Loyol, Liguor, Buzenbaum, falsafiy talqini esa F.Nitshe tomonidan amalga oshirilgan. Amaliyotda A. alohida bir shaxsning ma’naviy yetuk emasligi yoki jamiyatdagi muayyan kishilarni ma’naviy tubanlikka olib keluvchi ijtimoiy holatlar bilan ham bo’gliq bo’lishi mumkin.
Apolitizm (grek. a – inkor qiluvchi qo‘shimcha va polis – siyosat) — siyosatga, ijtimoiy hayotda ishtirok etishga befarq yoki beparvo qarash. Siyosatdan yiroqlik, siyosatdan uzini olib qochish, ijtimoiy-siyosiy hayotdan chetda turish, siyosatga aralashmaslik. Saylovchilarning ko‘p qismining vakolatli organlarga saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortishi A.ning ko‘rinishlaridan biridir.
Aralash saylov tizimi — o‘zida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini mujassam etadi. Mas., Germaniyada Bundestagga saylovlarda aralash tizim qo‘llaniladi. Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov okruglarida nisbatan ko‘pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim bo‘yicha, ikkinchi yarmi esa, ko‘p mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya subyektlari)da siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ro‘yxati asosida proporsional tizim bo‘yicha saylanadi. Aralash saylov tizimi Bolgariya, Gruziya, Litva, Italiya va b. mamlakatlarda ham qo‘llaniladi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin