Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə28/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Axborot infrastrukturasi — 1) jamiyatda axborotni yig‘ish, yetkazish, saqlash, avtomatik ravishda qayta ishlash va tarqatish imkoniyatini beruvchi muhit. 2) axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish markazlari, axborot almashish va telekommunikatsiya kanallari, axborotlar va axborot bozorini himoya qiluvchi tizim va vosita, aloqa liniyalari majmui.
Axborot jamiyati — sanoati rivojlangan davlatlarda ahborotning yangi rolini, ahborot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, tarqatishning sifat jihatidan yangi usullarini tasniflash uchun qo‘llaniladigan atama. Axborot jamiyati kontseptsiyalari zamonaviy jamiyatlar o‘z tarixiy taraqqiyotlarida yangi bosqichga ko‘rilganliklarini ta’kidlaydi. Axborot jamiyatining tarixiy o‘rnini baholashda ikki yondashuv mavjud: Yu.Xabermas, E.Giddenslar tomonidan ishlab chiqilgan birinchi yondashuv axborot jamiyatini sanoatlashgan jamiyatning bosqichi sifatida talqin etadi. D.Bell va O.Tofflerga tegishli ikkinchi yondashuv axborot jamiyatini taraqqiyotning yangi bosqichi (“uchinchi to‘lqin”) tarzida o‘rganishni taklif etadi. Axborot jamiyatida birinchi o‘ringa xizmatlar ishlab chiqarish ko‘tariladi, jamiyatning malakaviy, ma’rifiy tarkibi, mehnatning tabiati o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligi va sanoatda mehnat qiluvchilar soni keskin kamayib, asosiy mehnat sohasi – axborot texnologiyalari sohasiga ko‘chadi. Parsonsga ko‘ra jamiyat to‘rt asosiy kichik tizim – iqtisod, siyosat, madaniyat va ijtimoiy sohaga bo‘lingan bo‘lsa, axborot jamiyatida ularga yana telekommunikatsion va ta’lim tizimlari kiritiladi.
Axborot jamiyati — sanoati rivojlangan davlatlarda ahborotning yangi rolini, ahborot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, tarqatishning sifat jihatidan yangi usullarini tasniflash uchun qo‘llaniladigan atama. Axborot jamiyati konsepsiyalari zamonaviy jamiyatlar o‘z tarixiy taraqqiyotlarida yangi bosqichga ko‘rilganliklarini ta’kidlaydi. Axborot jamiyatining tarixiy o‘rnini baholashda ikki yondashuv mavjud: Yu.Xabermas., E.Giddenslar tomonidan ishlab chiqilgan birinchi yondashuv axborot jamiyatini sanoatlashgan jamiyatning bosqichi sifatida talqin etadi. D.Bell va O.Tofflerga tegishli ikkinchi yondashuv axborot jamiyatini taraqqiyotning yangi bosqichi (“uchinchi to‘lqin”) tarzida o‘rganishni taklif etadi. Axborot jamiyatida birinchi o‘ringa xizmatlar ishlab chiqarish ko‘tariladi, jamiyatning malakaviy, ma’rifiy tarkibi, mehnatning tabiati o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligi va sanoatda mehnat qiluvchilar soni keskin kamayib, asosiy mehnat sohasi – axborot texnologiyalari sohasiga ko‘chadi. Parsonsga ko‘ra jamiyat to‘rt asosiy kichik tizim – iqtisod, siyosat, madaniyat va ijtimoiy sohaga bo‘lingan bo‘lsa, axborot jamiyatida ularga yana telekommunikatsion va ta’lim tizimlari kiritiladi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin