Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə27/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Aralash jamiyat — 1) xususiy va davlat kapitallari ishtirokidagi korxona; 2) kapitali ikki yoki undan ortiq mamlakatning tadbirkorlariga (jismoniy yoki yuridik shaxslarga) yoki davlat muassasalariga tegishli bo‘lgan korxona.
Argument (lot. argumentum – asos, dalil) — 1) biror bir aqida yoki aqidalar tizimi, nazariya, qarash va nuqtai nazarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlab berish uchun qo‘llaniladigan mantiqiy asos; 2) isbot uchun zarur bo‘lgan nazariy manba yoki dalil.
Avtonomiya (yun. autos – o‘zini, nomos — qonun, o‘z-o‘zini idora qilish) — 1) Davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish yoki davlat ichida yaxlit bo‘lib yashayotan ayrim millatga keng ichki o‘z o‘zini idora qilish huquqini berish. Ba’zida rivojlangan ayrim davlatlar u yoki bu hududni amaldagi mustamlaka maqomini niqoblash maqsadida A.dan ham foydalanadilar. q. Muxtoriyat; 2) Ma’muriy-hududiy birlik; 3) Qandaydir organlar (xo‘jalik, davlat, partiya va b.lar) faoliyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi.
Avtoritar boshqaruv – davlatning eng yuqori bo‘g‘inidagi siyosiy hokimiyatni yakka shaxsning qo‘lida marakazlashuvi (avtokratiya – yakka shaxs tomonidan boshqarish) yoki jamiyatdagi eng obro‘li tor doiradagi guruh tomonidan (oligarxiya – ozchilik tomonidan boshqarish) boshqarishni anglatadi.
Axborot — 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar o‘rtasidagi muzoqaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma to‘g‘risida hukumatning rasmiy xabari. Tor ma’noda axborot-jamiyat hayotiga oid ahamiyatli, dolzarb faktlar haqidagi qisqa, sharxlanmaydigan ma’lumotlar. Keng ma’noda axborot-to‘planadigan, saqlanadigan va qo‘llanadigan har qanday ma’lumotlar.
Axborot agentliklari — matbuotda nashr etish, radio va televideniya orqali uzatish uchun axborotlarni to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Maqomiga ko‘ra: hukumat agentliklari, kooperativ, xususiy, jamoatchilik agentliklari mavjud. Tarqatiladigan axborot xajmi va faoliyat ko‘lamiga ko‘ra - Jahon Axborot agentligi (inglizlarning Reyter, fransuzlarning AFP); mintaqaviy va milliy Axborot agentliklari mavjud.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin