Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə35/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Inson huquqlari–odamlarning yashash va faollashib borishi uchun ularga berilgan huquqlardir.
Inson omili–amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jixatni o‘z ichiga oladi. Birinchi jihat O‘zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash, nafaqa bilan ta’minlash tizimini, axolini ekologik va boshqa xavf xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e’tiborini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchi jixat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o‘z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa’yharakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari–insonga bekamu kust yashash imkoniyatlarini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda o‘zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta’minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.
Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxo‘rlik I.ning asosiy masalasidir. Siyosatda insonparvarlik – siyosatning shakli, mazmuni, maqsad va vositalarida namoyon bo‘ladi.
Integratsiya (lot. integratio – tiklash, to‘ldirish, integer – butun so‘zidan) — 1) ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish; 2) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o‘zaro bog‘liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 3) fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin