Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə37/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Konstitutsion burch–O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolar bajarishlari shart bo‘lgan majburiyatlardir.
Konstitutsion hukumat–demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjatkonstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlari ta’minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tadbiq etilishini ham o‘zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta’minlaydi.
Kuchli davlat–omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjixatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, xar bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli fuqarolik jamiyati – inson manfaatlari ustuvorligi va fuqarolik jamiyati institutlari orqali ularning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi ta’minlangan, qonun ustuvor bo’lgan jamiyat.
Kuchli jamiyat–mustahkam negizning barqarorligi ta’minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Legitimlik (fr. legitim – qonuniy) — hokimiyat va jamiyat munosabatlarining shunday sifatiki, unda itoat etuvchilar hokimiyatini eng oliy qadriyat sifatida tan olib, uning boshqarish huquqini ixtiyoriy ravishda e’tirof etadilar. L. – hokimiyatning odamlarda mavjud siyosiy institutlarning samaradorligiga bo‘lgan ishonchini shakllantirish va tutib turish qobiliyatiga asoslanadi. L. hokimiyatga ishonch va uni xalq tomonidan qabul qilinishini anglatadi.
Liberalizm — XVII-XVIII a.larda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan va fuqaroviy, siyosiy, iqtisodiy erkinliklarga oid asosiy qoidalarni e’lon qilgan g‘oyaviy va ijtimoiy-siyosiy oqim. L.J.Lokk, A.Smit, shaharMonteske va b.ning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. L. g‘oyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida (1789) mujassam bo‘lgan. Atama sifatida dastavval 1812-yilda Ispaniyada qo‘llanilgan. XIX a.ning 40-yillariga kelib bu atama butun Yevropaga yoyildi. L. siyosiy oqim sifatida XV a.dan to XVIII a.gacha bo‘lgan davrda shakllanib bordi va u asosan o‘rta tabaqalar manfaatlarini o‘zida ifoda etdi. XIX a. oxiri – XX a. boshlarida L.ning fuqarolik jamiyati, shaxs huquqlari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda L. g‘oyalariga ko‘ra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chog‘da bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. Bu mafkura parlament tuzumining muhim siyosiy muammolarni hal etishda murosayu – madora, konsensusning tarafdoridir. U davlatning haddan ziyod iqtisodiy va sotsial funksiyalariga salbiy munosabatdadir. L. hokimiyatning taqimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitalarning raqobati, qonunning ustuvorligini e’tirof etadi. U fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashni o‘zining asosiy maqsadi, deb biladi. XX a. oxirida L., konservatizm va sotsial-demokratiya g‘oyalari bir-biriga yaqinlashdi. L. g‘arb siyosiy madaniyatidagi yyetakchi g‘oyalar madaniyati hisoblanadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin