Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə45/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Ochiq bozor–mamlakatga tovar hamda xizmatlarning boshqa mamlakatlardan erkin keltirilib va chegaralanmagan holda oldi - sotdi qilinishi.
Oltin zahirasi–mamlakatning markaziy bankida quyma (yombi) va tanga shaklida to‘plangan markazlashgan oltin rezerf fondi.
Ombudsman–inson huquqlarini himoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma’muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo‘yadi.
Ommaviy axborot vositalari–gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, axborot agentliklari, televideniya (kabelli, efirli televideniya) va radio eshittirishlar, hujjatli kino, axborot tizimi, shuningdek doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlardir.
Ommaviy harakatlar — qoida bo‘yicha o‘zining rahbar o‘rinlarini tuzsada, bu organlar harakat “a’zolari” tomonidan emas., balki jamoatchilik vakillari- kishilarning siyosiy kayfiyatini va ularning muayyan aniq maqsadini hayotda amalga oshirishda qatnashishga tayyor ekanligini ifoda etuvchi turli - tuman jamoat tashkilotlarining vakillari tomonidan saylanadilar.
Ong (siyosiy) — shaxsning siyosiy sohada faoliyat ko‘rsatishi, mavjudligini ta’minlovchi ma’naviy tizilmalarning birligi, uning siyosatda o‘ziga xos vazifalarini bajara olishi, boshqaruv organlari bilan muloqot qila olishi, huquq va erkinliklarini amalga oshirishda ma’suliyatni his qila bilishi va hokazo. Siyosiy ong inson o‘zining biror guruhga mansub ekanligini idrok etishi, hokimiyat bilan bog‘liq hodisalarga munosabatining aniq - ravshanligini, belgilanganligi bilan, o‘zining biron siyosiy yo‘nalishiga (mas., liberalizmga, konservatorlarga va hokazo) mansubligini aniqlanganligi asosida shakllanadi.
Oppozitsiya, muholifat–kelishmovchilik, qaramaqarshilik, ziddiyat ma’nosini anglatib, rasmiy siyosatga, davlat tuzumiga mos bo‘lmagan nuqtai - nazar, alohida siyosiy yo‘l deb tushunish mumkin. Oppozitsiya parlament doirasida, undan tashqarida va siyosiy partiyalar ichida bo‘lishi mumkin.
Oshkoralik — demokratiyaning zarur sharti; jamoatchilikka muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma’lumot, xabarlarni bilish, muhokama va nazorat etish uchun ro‘y-rost e’lon qilish. Turli darajadagi rahbarlarning jamoatchilik bilan erkin muloqotlari, savol-javoblari va bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, senzuraga yo‘l qo‘ymaslik O.ni ta’minlashga yordam beradi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin