Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə43/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Muvaqqat hukumat — siyosiy tizim yoki hokimiyat o‘zgarayotganda, siyosiy tizimni inqilob, to‘ntarish yo‘li bilan ag‘darilganda vaqtinchalik boshqaruvni amalga oshirib turish uchun shakllantirilgan vaqtinchalik boshqaruv davri. M.h.ning boshqaruv davri qisqa muddatga belgilangan bo‘lib, siyosiy tizim Konstitutsiya bilan tartibga solinishi bilan birinchi saylovlardan keyin M.h. o‘z faoliyatini tugatadi.
Muxolifat–rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladigan, jamiyatiyamizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan bo‘lishi kerak demakdir.
Namoyish — 1) ijtimoiy-siyosiy kayfiyatni, talablarni, norozilikni, birdamlikni ifoda etish uchun ommaviy yurish (mas., bayram N, hukumatga qarshi N., urushga qarshi N.). 2) E’tiborni jalb qilish, qo‘llab-quvvatlash yoki tazyiq ko‘rsatish maqsadida qilingan harakat.
Nazorat — O‘zbekiston Respublikasida turli davlat organlarining qonunchilikni ta’minlashga oid faoliyati shakllaridan biri. Prokuror nazorati, sud nazorati, ma’muriy nazorat va boshqalar.
Nigilizm (lot. nihil - hech nima, hech nara) — mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda ayniqsa keng yoyildi. N. terminini birinchi marta nemis faylasufi F.G.Yakobi (1743-1819) qo‘llagan.
Nodavlat notijorat tashkilot — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimla­maydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. N.n.t. jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin