Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə42/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Milliy valyuta–muayyan mamlakatning pul birligidir. Mamlakatda ichki muomala, quvvati va xolatiga qarab tashqi savdo va xalqaro hisobkitob ishlarida qo‘llaniladi.
Mintaqaviy qadriyatlar – ular muayyan jug‘rofiy mintaqa xalqlariga, masalan, Markaziy Osiyo xalqlariga xos bo‘lgan moddiy, ijtimoiy, ma’naviy boyliklardir. Bunday qadriyatlar ayniqsa, bu o‘lkadagi mutafakkirlarning tabiiy - ilmiy, badiiy meroslarida yaqqol ko‘rinadi.
Miting (ing. meeting – uchrashmoq, yig‘ilishmoq) — muhim voqea, ko‘pincha siyosiy masalalarni muhokama qilish uchun o‘tkaziladigan ommaviy yig‘ilish.
Modernizatsiya (siyosiy modernizatsiya) (fr. moderne – eng yangi, zamonaviy) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o‘zgartirish. Eski tuzumda umuman mavjud bo‘lmagan tuzulmaviy, differentsiyalashgan institutlar, mexanizmlar va ularning amal qilishi (plyuralistik partiyaviy va qonun chiqaruvchi tizim) ishlay boshlagan, an'anaviy, safarbarlikka moyil bo‘lgan avtokratik tizimlarning demokratik “kelishuvchan” modelga o‘tish davri bilan bog‘liq bo‘lgan xususiy hodisadir. M.s.ning asosiy jihatlari urbanizatsiya, industriallashtirish, sekulyarlashtirish, demokratlashtirish, ta'lim va OAVlarning roli tasodifiy tarzda bo‘lmaydigan va bir-biri bilan aloqasiz namoyon bo‘lmaydigan hodisalardir.
Munisipalitet (nem. munizipalitet, lot. municipium – o‘zini o‘zi idora qiluvchi jamoa) — bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o‘zini o‘zi boshqaruvchi saylab qo‘yiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakatlarda (mas., AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina M. deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u munisipal yig‘ilish va mahalliy ma’muriyat boshlig‘i (M. rahbari)ni o‘z ichiga oladi. M. tegishli ma’muriy-hududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga Konstitutsiyaviy huquqda xalqning huquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va shu kabilar boshchiligidagi saylab qo‘yiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat bo‘ladi. M. munisipal korxonalar, turar joy fondi va b. mulklar egasi bo‘lishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha turli muassasalarni boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yig‘iladigan mahalliy soliqlardir.
Mustaqillik – (arabchadan- tobe emaslik, ixtiyori o‘zidalik, qaram emaslik) – erkin va ozod ravishda, boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish.Mustaqillik barcha jabhalarda munosabatlarni me’yor-mezonga soladi, har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi. Mustaqillik – o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, milliy va bashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish, keng dunyoqarash va erein tafakkurga tayanib yashash, fikirlash, o‘z hayotini o‘zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin