Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə47/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Partiyaviy Tizim — mamlakatda mavjud partiyalar miqdori va belgilari asosida aniqlanuvchi tushuncha. Jamiyat ichida ijtimoiy faoliyatni shakllantiruvchi, tashkil etuvchi siyosiy institutlar majmuasidir. Siyosiy institutlar bir tomondan siyosiy partiyalar bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, boshqa tomondan – partiyalar siyosiy tizimning ijtimoiy elementlari va fuqarolar o‘zaro munosabatlari ifodasi.
Partiyaviylik — siyosiy partiyaga manfublik. P. kishilarning xulq-atvori, tashkilotlar faoliyati prinsipi, siyosiy va g‘oyaviy kurash vositasidir.
Plebissit (lot. plebiscitum – xalq qarori) — umumxalq ovoz berishi shakllaridan biri; xalqaro amaliyotda bir davlat hududini boshqa davlatga berilayotganda aholidan fuqarolikni tanlash uchun so‘rov o‘tkaziladi. Ba’zi mamlakatlarda (mas., Fransiyada) referendumning sinonimi. Rasmiy yuridik nuqtai nazardan P. o‘tkazish, unda qanday masala hal qilinayotganligidan qat’i nazar, referendum o‘tkazishdan hech bir farq qilmaydi.
Plyuralizm (lot. pluralis – ko‘plik) — 1) borliqning bir necha (yoki ko‘plab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, siyosatda manfaatlar, g‘oyalar, munosabatlar, qarashlarning ham xilma-xilligini bildiradi. “P.” terminini 1712-yilda nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan. P.ning aksi - monizm. G‘arb falsafasida juda ko‘p oqim bo‘lib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik xarakteridan dalolat beradi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va b.); 2) jamiyat siyosiy tizimining hususiyati. Bunda ijtimoiy guruhlar o‘z manfaatlarini o‘z vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va b. tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tartib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Jamiyatni demokratiyalash jarayonida P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruhlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fikrlar mavjudligini anglatadi.
Polyarizatsiya — ijtimoiy guruhlar yoki muayyan bir jamiyatning ikkita asosiy qutbga bo‘linib ketib, ular o‘rtasidagi keskin qarama qarshilik holatlarining yuzaga kelishi.
Populizm (lot. populous – xalq) — tez orada natijaga erishish imkonini beruvchi siyosiy oqim, “siyosatdagi uslub”. U ommaning murakkab masalalarni oson tushuntirishlarga, oddiy, lekin chiroyli shiorlarga moyilligiga asoslanadi. Siyosiy faoliyatda poppulizm - puch va’dalar, yolg‘on shiorlar vositasida hokimiyatga erishish (yoki unda qolish) uchun saylovchilarni chalg‘itishda namoyon bo‘ladi. “Xalq ichiga kirish”, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” muloqot vositalaridir. Xalq ehtiroslari va ehtiyojlaridan foydalanib, ularni aldash, yolg‘on va’dalar bilan o‘z siyosiy maqsadlariga erishish, obro‘ga erishish o‘yinlari.
Poraxo‘rlik — pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlikjinoyatlari. P. moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik bilan tavsiflanadi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin