Namangan davlat universiteti «fuqarolik jamiyati»



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə34/96
tarix14.07.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#136538
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
fuqarolik jamiyati majmua 2021

Ijtimoiy hamkorlik–xilmaxil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Ijtimoiy muhit — insonning yashashi va ishlashi uchun uni o‘rab turgan ijtimoiy, moddiy va ma’naviy shartsharoitlar. Muxit keng ma’noda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni – ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‘z ichiga oladi. Tor ma’nodagi I.m. (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o‘quv va b. guruhlardan iborat.
Ijtimoiy tashkilot — quyidan yuqoriga ichki tashkiliy tuzilmalarga ega, hamda qayd etiluvchi individual yoki guruhiy a’zoligi mavjud fuqarolarning ko‘ngilli ittifoqi, uyushmasidir.
Ijtimoiy uyushmalar — fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik asosida vujudga keluvchi, lekin o‘z faoliyati natijasida daromad olishni ko‘zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-ma’rifiy, sport va b. ko‘ngilli jamiyatlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday ko‘ngilli uyushmasi – ijtimoiy uyushmadir. Mavjud siyosiy hayotni o‘zgartirishiga yoki unga ta’sir etishiga urinuvchi ijtimoiy uyushmalar siyosiy, deb qaraladi.
Ijtimoiy–siyosiy harakatlar — muayyan ijtimoiy maqsadlarga intiluvchi, lekin tugal tashkiliy tuzilmalarga va qayd etiluvchi a’zolikka ega bo‘lmagan fuqarolarning birgalikdagi faoliyatidir. Partiyalar, jamg‘armalar va h.k. ijtimoiy tashkilotlardan farqlicha harakat rahbarlikning aniq tamoyillariga va faoliyatining kompleks dasturiga ega emas. Harakatlar o‘z tarkibida bir qancha ijtimoiy uyushmalarni ham, fuqarolarni ham birlashtirishi bilan ajralib turadi. Harakatning asosiy maqsadi – umumiy tushunchalar (mas., erkinlik, tenglik, adolat, tiklanish, xavfsizlik singari) orqali ifodalanadi.
Ikkinchidan, qabul qilingan qonun va qarorlarda hamma millatlarning tengligi, boyliklardan teng foydalanish kabilar o‘z ifodasini topadi.
Inflyasiya–talab va taklifning narxlar o‘sishida namoyon bo‘ladigan nomutanosibligi, iqtisodiyotda narxlarning umumiy darajasi o‘sadi va pul muomalasi kanallari to‘lib ketadi. Inflyasiya bu muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lib, narxnavo o‘sib, pul qadrqiymati, ya’ni xarid qobiliyatining pasayishidir.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin