5-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Reja:
Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtiroki.
Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti.
O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tadrijiy rivoji va huquqiy asoslari.
Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o‘rni. Ko‘ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyat barpo etishning muhim sharti. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari kengashlaridagi faoliyatini takomillashtirish. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari.
Tayanch tushunchalar:
Inson, jamiyat, davlat, konstitutsiya, demokratiya, fuqarolik jamiyati, demokratik institutlar, jamoat birlashmasi, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar yig‘ini, kasaba uyushmasi, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy sheriklik, milliy qadriyat, fuqarolik madaniyati, faollik, ishtirok, mas’uliyat, javobgarlik.
Muhokama uchun savollar
Fuqarolik jamiyati institutlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayoni qanday kechmoqda?
Mamlakatimizda partiyaviy tizim qanday rivojlanmoqda .
Mamlakatimizda partiyaviy tizimning huquqiy asosi?
6-MAVZU. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
Reja:
Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni.
Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” konsepsiyasi. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
Dostları ilə paylaş: |