Namangan davlat universiteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasida 5A120102-Lingvistika (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi kurs
Namangan davlat universiteti Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasida 5A120102-Lingvistika (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari dastlabki himoyasi bo’yicha tashkil etilgan komissiyaning yig’ilish BAYONNOMASI № 1 14.05.2022 y. Namangan shahri
Qatnashdilar: kafedra tomonidan tuzilgan komissiya a’zolari, 5A120102-Lingvistika(ingliz tili) magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari. Jami – 49 kishi.
Komissiya raisi – G.Sh.Tajibayev
ESHITILDI: Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasini o‘tkazish komissiyasining raisi G.Sh.Tajibayev bitiruvchi magistrlar tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishlari – magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydigan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qaroriga bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomasosidatugallangan bo‘lishligini ta’kidladi.
Komissiya raisi dastlabki himoya uchun reglament taklifini kiritdi, unga ko‘ra, himoya ma’ruzalari uchun – 10 minut, savol-javoblar uchun – 15 minut, ilmiy maslahatchi xulosasi uchun – 5 minut, taqrizchilar xulosalari uchun – 5 minut, muhokama uchun – 5 minut. Taklif ovozga qo‘yilib, bir ovozdan tasdiqlandi.
Shundan so‘ng, komissiya kotibi Sh. A. Jalolov dastlabki himoyaga taqdim etilgan magistirlik dissertatsiyalari, taynlangan ilmiy maslahatchi, ichki va tashqi taqrizchilar haqida axborot berdi: