2. Iqtisodiy tahlilning yo‘naliShlari. Loyihasiz va loyiha asosida rivojlaniShni qiyosiy tahlili Daromadlar va xarajatlarning tahlili quyidagi tadbirlarni o‘tkaziShdan iborat:
1.Loyiha maqsadlarini aniqlaSh va boSh maqsadning iqtisodiy mazmuni,
oqibatlarini anglaSh;
2.Loyihani baholaSh chizmasini va bosqichlarini aniqlaSh;
3.Loyiha natijalari bo‘yicha talabni prognoz qiliSh;
4.Daromad va xarajatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblaSh;
5. Rentabellilik ko‘rsatkichlarini baholaSh;
6.Ta’sirchanlik va tavakkal xavfi (qaltislik) darajasini tahlil qiliSh.
Loyiha maqsadlari uni moliyalaShtiruvchi taShkilotning operativ vazifalarini
aks ettiradi. Masalan, transport sohasi bo‘yicha loyiha maqsadi transport qatnovi
samaradorligini ta’minlaSh, sanoat loyihasining maqsadi esa ma’lum turdagi
mahsulot iShlab chiqariSh hajmini oShiriSh bo‘liShi mumkin.
3. Iqtisodiy tahlilda yaShirin baholar Jamiyat nuqtai nazaridan qaraganda loyiha mahsulotini sotiSh yoki resurslarini
sotib oliSh baholari doim ham xarajatlar va daromadlarning maqbul darajasini
ko‘rsata olmaydi. Masalan, baholar ularga soliq to‘laShga ketgan xarajatlar qo‘Shib
yuboriliShi natijasida oShirib yuboriliShi yoki davlat subsidiyasi ta’sirida pasaytirib
yuboriliShi mumkin. Iqtisodiy tahlil uchun, ikki yoqlama hisoblaShga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida, baholarni bu elementlardan tozalaSh kerak.
Iqtisodiy tahlilda baholarni tozalaSh uchun hisoblab topilgan, ya’ni boShqacha
aytganda yaShirin (soyadagi) baholardan foydalaniladi. YAShirin baholarni
aniqlaShda ichki bozorda baholar yuqorida keltirib chiqaruvchi omillar mavjud
bo‘lmagan paytda qanday bo‘lar edi, degan Shartga asoslaniladi. YAShirin baholarni
aniqlaShning eng oddiy uslubi jahon narhlarini olib, bir necha usullarni qo‘llagan
holda, so‘mda qayta hisoblab chiqiShdir.