58
daromad kamayadi, asosiy fondlar qisqarib ketadi hamda taShkiliy tuzilma rivojlaniShida
jiddiy moliyaviy va boShqaruv muammolari kelib chiqadi. Loyihani amalga oShiriShdan
manfaatdor bir qancha taShkilotlar va Shaxslarni sanab o‘tiSh mumkin (Masalan, xorijiy
investorlar, siyosatchilar, kompaniyalar va kasaba uyuShmalari). Lekin loyiha
tugallaniShi bilanoq uni samarali ekspluatatsiya qiliSh uchun zarur bo‘lgan resurlar bilan
ta’minlaSh hamda ma’muriy boShqaruv tizimi tomonidan etarlicha e’tiborberiSh
borasida muammolar paydo bo‘ladi.
11-mavzu. Moliyaviy
tahlil
1. Moliyaviy tahlilning mohiyati va turlari
Loyihalarni moliyaviy tahlil qiliShning metodologik asoslarini 4-5 mavzularda
ko‘rib chiqdik. Moliyaviy tahlilda loyihalarning metodologik asoslaridan foydalaniladi
va qo‘Shimcha moliyaviy tahlil uslublari va yo‘naliShlari mukammal ko‘rib chiqiladi.
Loyihani moliyaviy tahlil qiliSh bir necha ko‘riniShga ega bo‘lib, loyiha turiga
qarab, ikki yoki undan ko‘proq turdagi moliyaviy tahlil amalga oShiriliShi mumkin.
Moliyaviy tahlil quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
1. Moliyaviy rentabellilik tahlili.
2. MoliyalaShtiriShga ehtiyoj tahlili.
3. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi taShkilotning moliyaviy tahlili.
4. Xarajatlarning qoplaniShining tahlili.
Moliyaviy tahlilning sanab o‘tilgan turlari qaysi vazifalarga ega bo‘liShi, loyihaning
moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqligi u qaysi nuqtai nazardan turib ko‘rib
chiqilayotganligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: