INJINIRING (ing . injineering — ixtirochilik,) muhandislikmaslahat xizmatlari — tijo-ratchilik qoidalariga asoslangan holda i.ch. ni tashkil etishni taʼminlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan max-sus ixtisoslashgan I. firmalari, be-vosita yirik sanoat va qurilish firmalari shugʻullanadi, ular bir vaqtning oʻzida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport I. firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat koʻrsatadi, mu-rakkab va katta loyihalarni amalga oshiradi. I. firmalari bozorning muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro I. xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari koʻrsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. I. mohiyati bilan muayyan pulli xizmatlarga buyurtmaning bir koʻrini-shidir. I. xizmatlari 2 guruhga boʻlinadi: i.ch. jarayonini tayyorlash bilan boglits xizmatlar, i. ch. va mahsulotni sotish jarayonini meʼyorda borishni taʼminlash boʻyicha xizmatlar. Xizmat larning birinchi guruhiga loyihaga qadar, loyiha, loyihadan keyingi va maxsus xizmatlar; ikkinchi guruhga korxonani ishlatish, boshqarish jara-yonlarini optimallashtirish va uning mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq ishlar kiradi.
General Motors. AQSH
Dunyodagi eng yirik kompaniyalar:
General Motors. AQSH
Eng kuchli avtomobil ishlab chiqaruvchisi dunyoning 35 mamlakatida o'z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan.
Daimler. Germaniya Transmilliy avtomobilsozning shtab-kvartirasi Germaniyaning Steptgart shahrida joylashgan. Evropaning eng qadimgi korxonalaridan biri 1886 yilda tashkil etilgan.