Namangan davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi


Loyihaning moliyaviy samaradorligini foyda balansi yordamida



Yüklə 11,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/89
tarix06.07.2023
ölçüsü11,74 Mb.
#135841
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
INVESTITSION LOYIHALARI TAHLILI

 
5. Loyihaning moliyaviy samaradorligini foyda balansi yordamida 
aniqlaShning oddiy usuli 
Loyihani birinchi hisobda hisob-kitoblar bilan samaradorligini hisoblaShda 
soddalaShgan usulda foyda hisoboti modelidan foydalanib aniqlaShimiz mumkin. 
Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki loyihaning foydalilik darajasi soliq va kredit 
foizini to‘laShdan oldingi foyda ko‘rsatkichida ko‘rinadi. Ko‘p hollarda tijorat 
banklari loyihani samaradorlik darajasini hamda kreditni qaytarib beriSh quvvatini 
aniqlaShda bu ko‘rsatkich 30% dan yuqori bo‘liShini xohlaydi. Bu ko‘rsatkich 
qancha yuqori bo‘lsa kreditni qaytariSh koeffitsienti yuqori deb tuShuniladi. 
 
12-mavzu. Iqtisodiy tahlil 
 
1. Iqtisodiy tahlilning mohiyati. Iqtisodiy tahlilni moliyaviy tahlildan farqli 
jihatlari 
Loyiha O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining ustuvor yo‘naliShlariga, iqtisodiy 
manfaatlariga va xavfsizligiga javob beriShi kerak. SHuning uchun iqtisodiy tahlil 
investitsiya loyihasini umumjamiyat manfaati nuqtai nazaridan o‘rganadi. Iqtisodiy 
tahlil loyihalarga kengroq yondaShib, daromad va xarajatlarni baholaShda moliyaviy 
tahlildan farq qiladi. Umuman, bu tahlilda daromadlar-xarajatlar oqimini 
baholaShda moliyaviy tahlilga qaraganda ikki katta o‘zgariShga yo‘l qo‘yiladi.
Birinchidan, investitsiya loyihasini amalga oShiriSh bilan bog‘liq bo‘lgan iShlab 
chiqaruvchilar olgan subsidiyalar soliq to‘lovchilarning to‘lovlari bilan qoplanib 
ketadi. Ikkinchidan, bir loyihani amalga oShiriSh ikkinchi bir loyiha uchun resurslar 
miqdori kamayiShiga olib keliShi mumkin. Misol uchun, Samarqand viloyatida 
15000 tonna pomidor etiShtiriladi. Evropa texnologiyasida qayta iShlangan pamidor 
tomat pastasi, agar 110 kg lik asseptek qoplarga qadoqlansa va Evropaning ISO- 
9001 sertifikati bilan kafolatlansa, loyiha valyuta keltiruvchi loyihaga aylanadi.
Moliyaviy tahlil va iqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farqlarni quyidagicha keltiriSh 
mumkin: 


61 
1. Moliyaviy tahlilda daromad va xarajatlarga nisbatan alohida bozor baholari 
qo‘llaniladi. 
Iqtisodiy tahlilda muqobil ijtimoiy qiymatlar (daromadlar va xarajatlarga 
nisbatan yaShirin baholar, ekologik daromad va xarajatlar, foydalinilmayotgan yoki 
to‘la foydalanilmayotgan iShlab chiqariSh omillari) qo‘llaniladi. 
2. Moliyaviy tahlilda kapital xarajatlar loyiha xizmat muddatiga taqsimlab 
chiqiladi (amortizatsiya). 
Iqtisodiy tahlilda esa kapital xarajatlar foydalaniSh (iShlatiliSh) yilidagi bir 
marotabalik xarajat summasi sifatida hisobga olinadi. 
3. Moliyaviy tahlilda soliqlar va turli guruhlar o‘rtasidagi boShqa bir tomonlama 
to‘lovlar hisobga olinadi. Iqtisodiy tahlilda esa bu to‘lovlar va soliqlar jamiyat 
ichidagi transfert to‘lovlari bo‘lgani uchun hisobga olinmaydilar. 
4. Moliyaviy tahlilda diskontning xususiy stavkasi qo‘llaniladi. 
Iqtisodiy tahlilda loyihalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar oqimlarini 
daromad darajalariga ko‘ra guruhlar bo‘yicha o‘rganiladi. 

Yüklə 11,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin