62
4. Manfatlar va xarajatlarni o‘lchaSh uslublari va muammolari
Loyihadan olinadigan manfaat (foyda)ni doim ham to‘liq miqdoriy baholaSh
mumkin emas. Masalan, loyiha natijasida yo‘l harakati xavfsizligi yoki tibbiyot
xizmati yaxShilaniShi tufayli aholi solii yaxShilaniShini baholaSh juda qiyin. Agar
loyiha umumiy foydalaniSh uchun qulaylik yaratsa (tozalaSh inShootlari, jamoat
markazlari) olinadigan manfaatni alohida iste’molchining to‘laShga tayyorligi
to‘risidagi ma’lumotga asoslanib baholab bo‘lmaydi. Resurslar hududiy
taqsimlaniShining yaxShilaniShi, mamlakat ichidagi (milliy) integratsiyaning
kuchayiShi kabi loyihadan olinadigan bir qancha o‘lchab bo‘lmaydigan manfaatlar
mamlakat ichida resurslarni joylaShtiriShda muhim rol’ o‘ynaydi.
13-mavzu. Loyihalarda noaniqlik va qaltislikni tahlili
1.Loyihalarda noaniqlik va qaltislik tuShunchalari.
Loyihalarda noaniqlik va qaltisliklarni aniqlaSh va ularni boShqariSh ularni har
bir bosqichida juda muhimdir.
Biz xoxlamagan narsaning, voqeaning sodir bo‘liSh ehtimolini qaltislik deb
ataymiz. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik – bu loyihalarda ko‘zda tutilgan
maqsadlarga eriShmaslik ehtimolidir. Buning natijasida investorlarning loyihani
moliyalaShtiriShga bo‘lgan qiziqiShi pasayadi yoki loyiha umuman qiziqtirmay
qoliShi mumkin.
Iqtisodiy qaltislik deganda pul ko‘riniShida ifodalaniShi mumkin bo‘lgan turli
zararlarning yuzaga keliSh ehtimolligi tuShuniladi.
Ular quyidagicha bo‘liShi mumkin:
Zarar ko‘riSh xavfi, ehtimolligi mavjud.Qaysidir mahsulotni iShlab
chiqariSh zarar keltiriShi mumkin; Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Sharoitida
xatto eng yirik xalqaro kompaniyalar ham ba’zi sohalarini yoki mahsulotlarini iShlab
chiqariShni to‘xtatib qo‘ydi, uni o‘rniga ekologik sof va tan - narhi arzon mahsulotlar
iShlab chiqariShga utdilar.
Noaniqlik, oldindan ko‘ra biliSh imkoniyati yo‘qligi. YA’ni bozorning
o‘rganilmaganligi yoki boShqa sabablar tufayli ma’lum bir loyiha uchun yakuniy
moliyaviy natija qanday bo‘liShini oldindan aytiSh qiyin bo‘ladi.
Firmada ro‘y beriShi mumkin bo‘lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan ularning
ikki turi ko‘riladi:
1.
Moliyaviy qaltisliklar.
2.
Firma xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq qaltisliklar.
Dostları ilə paylaş: