Namangan davlat universiteti o‘zbek tilishunosligi kafedrasi



Yüklə 170 Kb.
səhifə1/4
tarix30.09.2023
ölçüsü170 Kb.
#150896
  1   2   3   4
Nazariy tilshunoslik. 1-kurs 2022-2023y (2) (2)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


O‘ZBEK TILISHUNOSLIGI KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”


O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________ D.Xolmatov
“____” ____________2022-yil
Nazariy tilshunoslik masalalari”
fanining
O‘QUV DASTURI



Bilim sohasi:

200000 – San’at va gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

230000 – Tillar

Bakalavriat yo‘nalishi:

70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili)



Namangan – 2022



Fan/modul kodi
NazTM1106

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
1

EKTS-Kreditlar
6

Fan/modul turi
Majburiy fan

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
1-semestr
4 soat

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Nazariy tilshunoslik masalalari

60

120

180



Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)

QM1

I. Fanning mazmuni
Fanni o`qitishning maqsadi – “Nazariy tilshunoslik masalalari” kursi tilshunoslik fanining nazariy poydevorini tashkil etib, fanning maqsadi lingvistikaning tabiati va predmetini belgilash, obyektiv borliqdagi hodisalarga tilning munosabatini o`rganish, mavjud metod va metodologiyalardan talabalarni puxta xabardor etishdan iborat.
Fanni o`qitishning vazifalari – kurs magistrant talabalarning umumlingvistik tayyorgarligini, bilim doirasini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi nazariy va metodologik materiallar bilan tanishtirish, ijodiy mulohaza yuritishga, izchillikka undash, nazariy bilim saviyasini oshirish, talabalarni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodikasi va metodologiyasi bilan qurollantirish vazifasini qo`yadi.




Kursga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar

1.

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.




Ta’lim natijalari (NT)
Fan doirasida magistrlarda quyidagilar yuzasidan lingvistik kompetensiyalarga ega bo‘lishlari lozim

TN1

talabalarda “Nazariy tilshunoslik masalalari” o`quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari shakllantiriladi;

TN2

tilning belgisiz va belgili xususiyatlari;

TN3

tilning strukturasi va tizimi;

TN4

tilning ichki tuzilishi, sistema ekanligi va sathlarga bo‘linishi;

TN5

til va nutq munosabatlari;

TN6

til va tafakkur munosabatlari;

TN7

tilning fonetik-fonologik sathi va birliklari;

TN8

tilning lug‘aviy sathi va birliklari;

TN9

tilning grammatik sathi;

TN10

tilning tadqiq metodlari tasnifi va tavsifi.




Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

soat


“Nazariy tilshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

2


Til va nutq. Til va nutq dixotomiyasi va antinomiyasi

4


Belgi va uning turlari. Lingvistik belgi. Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari

2


Til strukturasi va tizimi. Tilning oraliq va asosiy sathlari.

2


Tilning fonetik-fonologik sathi va birliklari.

2


Tilning leksik-semantik sathi va birliklari.

2


Tilning morfemik-morfologik sathi va uning birliklari

2


Tilning sintaktik sathi va birliklari

2


Tilning vazifalari

2


Til birliklari orasidagi munosabatlar

2


Til va tafakkur. Mentalingvistika

2


Til va jamiyat. Sotsiolingvistika

2


Lingvistik paradigmalar. Antroposentrik paradigma.

2


Tilshunoslik metodlari

2







30

Mashg‘ulotlar shakli: Amaliy mashg‘ulot (A)

A1

Til va nutq qarama-qarshiligi (antinomiyasi) va dixatomiyasi

4

A2

Umumiy semiotika va lingvosemiotika. Tilshunoslik va semiotika

2

A3

Tabiiy, sun’iy, shartli, informativ belgilar. Lingvistik belgi.

2

A4

Asosiy va yordamchi til birliklari

2

A5

Til sathlari. fonetik-fonologik sathi va birliklari

2

A6

Tilning leksik-semantik sathi va uning strukturasi

2

A7

Morfemik-morfologik sath va uning strukturasi

2

A8

Tilning sintaktik sathi va uning strukturasi

2

A9

Tilning vazifalari




A10

Til birliklari o`rtasidagi munosabatlar

2

A11

Til va tafakkur. Mentalingvistika

2

A12

Til va jamiyat. Sotsiolingvistika

2

A13

Lingvistik paradigmalar (Tilning tadqiq tamoyillari)

2

A14

Lingvistik modellashtirish

2

JAMI:

30



MUSTAQIL TA’LIM
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talabaga mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma, video va audio materiallar asosida amaliy darsning nazariy qismini o‘zlashtirish;

  • masofaviy (distansion) ta’lim.



MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
Bajarish tartibi
1. Kitobni o‘qib, o‘zlashtirish
2. Kitobga annotatsiya yozish (5 jumla)
3. Kitobga taqriz yozish (200 ta so‘z)
ESLATMA: annotatsiya va taqrizda kitobning faqat o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratilishi lozim



Mustaqil ta`lim shakli: mustaqil ta`lim (MT)

Soat

MT1

Shakl va mazmun qarama-qarshiligining tilda aks etishi

10

MT2

Tilning belgisiz xususiyatlari

10

MT3

Signal belgilar

10

MT4

Substitut belgilar

10

MT5

Fonetik-fonologik sath va tilning fonologik birliklari

10

MT6

Leksik-semantik sath va unga xos xususiyatlar

10

MT7

So`zning birlamchi va ikkilamchi bo`linishlari.

12

MT8

Neytral va stilistik leksikaning qarama-qarshi qo`yilishi

12

MT9

Gapning to`laqonli kommunikativ belgi ekanligi

12

MT10

Tilshunoslikda ontologik va struktural nazariyalarning tarqalishi

12

M11

Izomorfizm nazariyasi

12

JAMI:

120



TA’LIM STRATEGIYASI
“Nazariyasi tilshunoslik masalalari” kursini o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlari, taqdimotlar, hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, amaliy ishlariga oid o‘quv materiallarida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar beriladi, amaliy ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntiriladi. Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, testlar, amaliy ishlari talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:

  • elektron shakldagi ma’ruza matnlari;

  • har bir mavzuga doir taqdimot slaydlari;

  • amaliy mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar;

  • seminar mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar;

  • har bir dars mavzusi yuzasidan elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.

Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga taqdimot orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan materiallar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga har bir mavzu bo‘yicha topshiriqlar, nazorat savollari taqdim etiladi, baholab boriladi.
Seminar mashg‘ulotlarida talabalarga har bir mavzu bo‘yicha materiallar, taqdimotlar, ko‘rsatmalar taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. “Nazariyasi tilshunoslik masalalari” kursining har bir bo‘limi bo‘yicha talabalarga seminar mashg‘ulotlarni mustaqil ishlash talab etiladi. Seminar mashg‘ulotlar to‘liq topshirilsa, keyingi mavzuga o‘tiladi.
Ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin