Magistratura talabasi: B.G`ulomov
Ushbu hisobot Sport faoliyati kafedrasining
2019 yil __ __________dagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Namangan davlat universiteti “Sport faoliyati” kafedrasi 5A610501 – Jismoniy tarbiya va sport o'yinlari nazariyasi va uslubiyoti magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabasi G`ulomov Bobomurod Ahmadjon o`g`lining ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlar bo‘yicha 2019-yil oktyabr oyi
H I S O B O T I
2019-2020 o‘quv yilining oktyabr oyi davomida 5A610501 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi o’quv rejasida belgilangan fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda qatnashdim va ijobiy o‘zlashtirishdim.
Jumladan:
Umum metodologik fanlardan “Amaliy xorijiy til”fanlarini;
mutaxassislik fanlaridan “Sportda bioximiyaviy nazorat”, “Tanlangan sport turining fiziologik tasnifi”, “Jismoniy tarbiya va sportda menejment hamda marketing”, “Jismoniy tarbiya o`qituvchisining pedagogik faoliyati” fanlarini ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlariga muntazam qatnashib, darslarni o’zlashtirdim.
Oktyabr oyi mobaynida kalendar va shaxsiy ish rejamda belgilangan “Sport faoliyati” kafedrasi professor o‘qituvchilarining darslarini kuzatdim, ish rejasida o’tilishi rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlarni kuzatdim va pedagogik tajribamni boyitdim.
Sport faoliyati kafedrasi dotsenti S.Boltaboyevdan seminar va ma’ruza mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, dars ishlanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanma, testlar, taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha maslahatlar oldim va ularning ish tajribalarini o‘rgandim. Seminar va ma’ruza mashg‘ulotlarini tahlil qilib o‘zimga xulosalar chiqardim.
_________________ ko’magida Axborat resurslari markazi elektron resurslari orqali dissertatsiya mavzuyimga aloqador bo’lgan adabiyotlari bilan tanishib chiqdim.
Bu vaqt davomida universitet miqyosida bir qator jamoat ishlarida jumladan: NamDU yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan kutubxonani shakllantirishda va turli sport, musobaqalarida ishchi guruh sifatida ishtirok etdim, kafedradagi tashkiliy ishlarda yordamlashdim.
Dostları ilə paylaş: |