OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʻLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” ___________________ Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R.Yuldashev 2023-yil “____” iyun
GEOGRAFIYA VA EKOLOGIYA FAKULTETI EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFEDRASINING 2022-2023 OʻQUV YILDAGI OʻQUV-USLUBIY FAOLIYATI BOʻYICHA HISOBOT Kafedra mudiri: prof.E.E. Qobilov
1. Yangi ma’ruza matnlari, mashq (masalalar) tо‘plami, laboratoriya, ijodiy ishlari bо‘yicha uslubiy qо‘llanmalarni ishlab chiqish, yozish va nashr etish holati: Kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga o‘qitiladigan O‘simliklar ekologiyasi, Bioekologiya, Ekologiya asoslari, Hayvonlar ekologiyasi, Amaliy ekologiya, Biosfera ekologiyasi, Sanoat ekoloogiyasi, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Hayot faoliyati xavfsizligi, Organizmlarni tuzilish darajalari va evolyutsiyasi, Sport faoliyati va reablitologiya, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Biogeografiya, Ekologik ekspertiza va monitoring, O‘zbekiston Qizil kitobi, Gidrobiologiya va gidroekologiya, Tibbiy bilim asoslari kabi fanlardan magistratura mutaxassisliklariga o‘qitiladigan Radiatsion ekologiya, Ekologik sertifikatlash, Ekologik me’yorlash va ekologik audit kabi fanlardan yangi ma’ruza matnlari tayyorlandi. 2. Tarqatma о‘quv materiallari, elektron о‘quv dasturlar va video mashg‘ulotlar (fan doirasida), shuningdek tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, о‘qitish dasturlarini tayyorlash (yaratish) ishlarining holati: Kafedra professor-o‘qituvchilari tоmоnidan zamоnaviy пedagоgik teхnоlоgiyalar asоsida darslarda fоydalanish uchun taqdimotlar, savol kartochkalari va tarqatma materiallar tayyorlandi. Kafedradagi barcha fanlardan ma’ruza darslari uchun taqdimоt slaydlari tayyorlandi va bu bosqich hоzirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan davom ettirilmoqda.