Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Ekologik monitoring, uning maqsad va vazifalari



Yüklə 349,5 Kb.
səhifə3/5
tarix02.12.2023
ölçüsü349,5 Kb.
#171185
1   2   3   4   5
Abdurahmonov Samandar KURS ISHI

2. Ekologik monitoring, uning maqsad va vazifalari
Monitoring kuzatishlarning hajmidan kelib chiqib. o’rganadigan joyning katta-kichikligiga qarab, monitoring uchga bo’linadi: global, hududiy va lokal (bir-biriga bog’liq).
Global monitoringning bosh vazifasi - butun dunyoda bo’layotgan jarayonlar va antropogen omillarning biosferaga ta’sirini o’rganishdir. Hududiy monitoring - o’z ichiga m a’lum bir hududda kechayotgan jarayonlarni, ularning boshqa hududlardan ko’ra rivojlanishidagi farqi, antropogen omillarning shu joyda tabiat ta’sirida o’zgarib borishi kabilarni o’rganadi.
Lokal monitoringning vazifasi - tabiatda boradigan tabiiy jarayonlarni kuzatib borish, ma’lum bir hududda antropogen omillar ta ‘sirini o ‘rganishdir.
“Monitoring’’ termini ekologiya faniga o’tgan asrning 20-yilIaridan so’ng kirib keldi, ko’pincha “monitoring” so’zi kishilarga atrofmuhitning holatini kuzatish ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotga “monitoring” so’zi 1972-yil iyun oyida bo’lib o’tgan BMT ning atrofmuhitni himoya qilish bo’yicha konferensiyasida kiritildi. Bugungi IJ 8 kunda “monitoring-’ so’zining m a’nosi atrof-muhitni nazorat qilish deb tushuniladi va o ‘z ichiga uch asosiy vazifani oladi;
1) kuzatish va nazorat-bizni o’rab turgan atrof va muhitni uzluksiz kuzatib borish;
2) taxmin qilish (prognoz) - tabiatda tabiiy va antropogen omillar ta ‘sirida bo’ladigan o’zgarishlami oldindan aniqlash;
3) boshqarish - atrof-muhitda bo’ladigan tadbirlami boshqarish yoki tartibga solib borish.
1. Ekologik monitoring (EM) - ekologik ta’lim tizimining bir qismi bo’lib. asosan ekologik bilimlar va tushunchalarning, dunyoqarashning amaliy ishlar asosida shakllanishiga, o’zi yashab turgan joydagi tabiat o’zgarishlarini uzluksiz ravishda kuzatib borishga aytiladi.
2. EM ning maqsadi quyidagicha:
• o’sib borayotgan yosh avlodda amaliy ishlar orqali ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish;
• ma’lum hududdagi ekologik ahvolni umumiy kuzatishga erishish. Ko’pincha maxsus tashkilotlaming hamma joylarda tekshirish yoki kuzatuvlar olib borishga imkoni bo’Imaydi, shuning uchun ushbu kuzatuvlaming ahamiyati katta.
3. EM ning xuquqiy mavqei yoki darajasi, aholining ekologik kompleks maqsadli ta’lim haqidagi dasturiga. EMning nizomiga, Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va ushbu hududda qabul qilingan boshqa hujjatlar asosida belgilanadi. Hududni o’rganish bo’yicha olib borilayotgan kuzatishlar monitoringiga maktab ekologik monitoringi qo’shimcha tizim bo’lib kiradi. Chunki talabalar kelajakda maktablarda ekologiya fani o’qituvchisi bo’lishlari mumkin.
4. Monitoring butun hudud bo’yicha yagona bir dastur asosida, bir xil o’rganiladigan obyekt nazorati, bir uslubdagi kuzatishlar, nazorat qilinadigan hududda o’lchash va hisobot topshirish birdek bo’ladi. Ammo qishloq va shahar maktablarida joy katta-kichikligidan kelib chiqib, ayrim ko’rsatkichlar biroz boshqa bo’lishi mumkin. Bugungi kunda ekologik ta’lim oladigan muassasalarda maktab ekomonitoringi olib boriladi.
5. Maktab ekologik monitoringi ikki yo’nalishda bo’ladi:
• maktab joylashgan kichik hududdagi barcha landshaft va geografik joylashuvni monitoring qilib chiqiladi, bunda albatta aholi yashaydigan ijtimoiy va gigienik inshootlar ham hisobga olinadi;
• ushbu hududning asosiy deb hisoblangan ayrim joylarida tabiiy va antropogen omillarni hisobga olgan holda bioindikasion, fenologik hamda fizik-kimyoviy nazorat o ‘tkaziladi.
6. Ekologik monitoring aslida tabiiy muhit, ekotizim va boshqa hodisalarni bir muddatda o’rganilgan izlanishiar asoslamaydi, balki alohida ajratib olingan joylarda bir necha yillar davomida olib borilgan ko’p у illik ishlami taqqoslash natijasiga amal qilgan holda olib boriladi. Ekologik monitoring izlanishlari Qadimgi Rimda ma’lum bo’lgan “Nima? Qaerda? Qachon” formulasi asosida olib boriladi.
7. Olib boriladigan ekologik monitoringlar eng avvalo, hamma uchun qulay bo’lishi yoki uni hamma bajara olishi kerak, unda fenologik, geoindikatsion, bioindikatsion uslublar orqali atrof-muhitda yuz bergan suv, tuproq va havoning ifloslanishi natijasida o’zgarishlami o’lchab hamda aniqlay olishi kerak.
8. Ekologik monitoringni geografik asosda ham olib borish mumkin, bunda ekologik omillarning tabiatdagi o’zgarishlarga ta’siri va o’zgartirilgan landshaftlarni kartografiya usuli bilan ta’riflash hamda ekologik ta’sirlardan zararlangan yerlarni baholash ishlari to’rt darajali shkala asosida olib boriladi:
a) ekologik baholash:
b) tavakkal, jur’at;
d) krizis yoki inqiroz;
e) qiyinchiliklar.
Baholash ishlari quyidagicha bo’ladi:
• tajriba olib boriladigan hududni ekologik birlik yoki talablar asosida tanlab olish. Ushbu maydon o’quv ishlari olib boriladigan manzil yaqinida bo’lishi kerak.
10. O’quv. muassasasi joylashgan hudud monitoringida yashash sharoitlari ko’rsatkichlari va o’quvchilarning sog’lig’i, kasallanish sabablari o’rganilib boriladi.
11. Monitoring olib borilayotgan joydagi bir necha rnaydonda fitotsenoz, tuproqning tipi va mexanik tarkibi, fizikaviy-kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Olib boriladigan biodiagnostika ishlari o’sha joydagi o’simliklar, hayvoniar va tuproqdagi mikrobiologik aktiv jarayonni hisobga olgan holda o’tkaziladi.
12. Hududga antropogen omiliarning ta’siri ikkiga bo’lib o’rganiladi: tajriba maydoni antropogen omiliarning ta’siri kuchli bo’lgan va nazorat maydoni ekologik toza maydondir. Tajriba olib boriladigan hududlar joylashish, tuproq tipi, o’sadigan o’sim liklari va boshqa ko’rsatkichlari bilan bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak.
13. Hududdagi havo atmosferasining ifloslanish darajasi daraxtlar bargidagi changlar terak va qarag’ay (sosna), qor qatlamidan olingan tahlillar nalijasi. kislotali yog’inlar miqdori, jam oat transportlari tashlanmalari va boshqalar asosida olib boriladi.
14. Suv havzalaridagi ichimlik suvlarining diagnostikasi bioindikatsion, organoleptik va fizik-kimyoviy usullar yordamida olib boriladi.
15. Kuzatishlar natijasida olingan ekologik m a’lumotlar har yili mazkur hududning ekologik pasportiga yozib boriladi, har bir joyning ekologik pasporti bu boradagi jonkuyar tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’ladi.
16. Ekologik monitoring olib borayotgan tashkilotlar o’rtasida o’zaro ekologik izlanishlarning natijalari, pedagogik tajribalar, uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik va umuman qilinayotgan ishlar samarali bo’lishi uchun informasion aloqalar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Aloqa o’rnatilsa, birmuncha qulayliklarga erishiladi.
17. Monitoringdan olingan ma’lumotlar maktablar, laboratoriyalar, oliy ta’lim kafedralari, ekologik markazlarda qayta ishlash natijasida xulosalarni umumlashtirish ko’rsatkichlaridan kelib chiqadi.
18. Ekologik monitoringni olib borish va uni o’tkazish uchun mas’uliyat o’sha hududdagi ta’lim boshqarmasi va tabiatni himoya qiluvchi tashkilotlar zimmasida bo’ladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Stokgolmda qabul qilingan deklaratsiyasida (1981), atrof-muhitga toksik va boshqa moddalarni chiqarmaslik, issiqlikni me’yoridan oshirmaslik, tabiat o’zini tiklay olmaydigan holga kelib qolish holatlarini tugatish lozimligi ko’rsatilgan. Buning uchun texnologik jarayonlarni takomillashtirish, kamchiqindili va kelajakda chiqindisiz texnologiyalarga o’tish zarur. Kamchiqindili texnologiyaga o’tish faqat sanoat korxonalarigagina tegishli bo’lmay, balki chorvachilikka ham tegishlidir. Chiqindisiz ishlash texnologiyasi deganda chiqindilarni yig’ib olish, zararsizlantirish, ularni qayta ishlab biror foydali mahsulotga aylantirish ishlari kiradi. Buning uchun korxonalarning har xil bo’lim idan chiqadigan turli tarkibli chiqindi gaz va oqava suvlarini tozalash inshootlarida birdaniga tozalamay, alohida-alohida yig’ib olib ulardan kerakli moddalarni ajratib olish osonlashadi. Tozalangan gaz va suv esa qayta ishlatilishi mumkin. Xuddi shuningdek, bir korxonadan chiqqan chiqindi ikkinchi korxona uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Shunday qilib. insonlarning xo’jalik, texnik faoliyatlari bilan tabiiy muhit orasidagi munosabat bir-birlariga bog’liq tizim hisoblanib ular boshqarilib turilishi lozim. Boshqarish ishlari sifatli bajarilsa, tabiiy komponentlarga yetqaziladigan zarar kutubxonasi me’yoridan oshmasa, tabiat jarohatlarining tiklanishi, hatto o’z holiga kelishi mumkin. Bunda bir tizimda sodir bo’ladigan o’zgarishlarning albatta boshqasiga ham ta’sir etishini inobatga olish kerak. Tizimning qat’iy chegarasi bo’lmaganligi sababli, ba’zan ifloslangan yerlarda ham katta o’zgarishlar vujudga kelishi mumkin. Masalan, kislotali yomg’irlar yuzlab kilometrlarga tarqalib, o’simlik, tuproq va inshootlarni shikastlashga olib keladi. Respublikamizda ham monitoring tizimi tashkil qilingan. Hozirga qadar bu borada ma’lum yutuqlarga erishilganligiga qaramay hali bu sohada amalga oshirlishi lozim bo’lgan ishlar talaygina. Mustaqillikka erishgan respublikamiz AQSH va shu kabi taraqqiy etgan boshqa davlatlardagidek « Monitoring » tashkil etishiga ishonamiz. Amerikada ekologik monitorin g keng tarmoqli bo’lib hukumatdan ajratilgan mablag’ hisobiga faoliyat ko’rsatadi. Uning ishlarini Virjiniyadagi Boston ilmiy markazi boshqarib turadi. Insonni xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zgarishi mumkin bo’lgan hamma tabiiy elementlar nazorat qilinib turiladi. O’lchov ishlari AQSH ning hamma yerida bir vaqtda avtomatik o’lchov asboblari yordamida olib boriladi. Bir yoki bir necha shtatlardan olingan ma’lumotlar bir axborot markaziga yig’iladi. Ular soha yaqinligiga qarab guruhlanib, ekolog mutaxassislar tomonidan tekshirilib, umumlashtirilib, tegishli chizma, kesma, xaritalarni kompyuterda tuzib tabiiy muhitdagi o’zgarishlar aniqlanadi. Zararlanish me’yoridan oshgan yerga tezda axborot markazidan mutaxassislar jalb etilib, tekshirish o’tkaziladi, natijalari asosida bildirishnomalar yozilib, unda tegishli tavsiyalar beriladi. Uning bir nusxasi aybdor tashkilot rahbariyatiga yuboriladi. Aybdor tabiatga keltirgan zararni tezda tuzatmasa, katta jarima to’lashga majbur etilishini biladi. Shuning uchun aksariyat hollarda aybdor o’z vaqtida hukumat rahbarlari aralashmasidan tabiiy muhitni tiklovchi tadbirlarni o’tkazadi. Tabiatdagi salbiy jarayonlarning, uning sababchisini vaqtida aniqlash, o’z vaqtida tegishli choralar ko’rish, tabiiy muhitni shikastlanishdan saqlash imkoniyatini beradi. Tabiiy muhitdagi o’zgarishlarni o’rganish va bashoratlashda inson faoliyati ta’siridan tashqari iqlim ning tabiiy o’zgarib turishini ham inobatga olish zarur. Yerdagi kutubxonasi harorat va u bilan bog’liq bo’lgan iqlim o’zgarishlari kunlik, fasliy takrorlanishdan tashqari, 11, 22, 90, 170, 350 kabi ko’p yillar, asrlar va hatto geologik davrlar davomida ro’y berishi m umkin bo’lgan o’zgarishlarni inobatga olish ham muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 349,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin