TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI VA MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRALARI O‘QITUVCHILARI ISHTIROKIDA AMALIYOT O‘TAYOTGAN TALABALAR TOMONIDAN QUMQO‘RG‘ON TUMANIDAGI 21-SONLI “NIHOL” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA “O‘QUV JARAYONLARIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN OCHIQ MASHG‘ULOT BAYONNOMASI
2023- yil 3-noyabr 21-“Nihol”DMTT
binosi
Yig‘ilish raisi: S.Rahimqulova
Yig‘ilish kotibi: O`.Asrorova
Tadbirga ishtirok etganlar: Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi professor o`qituvchilari G.Radjabova, S.Choriyeva, R.Tursunova va DMTT direktori S.Rahimqulova , MTT pedagoglari.
Kun tartibida
“O‘zbekistonning oq oltini” mavzusidagi ochiq faoliyat.
Har xil masalalar.
Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim nazariyasi va maktabgacha talim metodikasi kafedralari o‘qituvchilari ishtirokida ushbu tashkilotda amaliyot o‘tayotgan talabalar tomonidan “O‘quv jarayonlarida zamonaviy metodlardan foydalanish” mavzusida ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ochiq-mashg‘ulotni Maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi G.Rajabova kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida seminar-trening, ochiq mashg‘ulotlarni pedagoglar va amaliyotchi talabalar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yish – yangi bilimlarning hosil bo‘lishi, mavjud tajribalarning almashinuviga zamin yaratishini aytib o‘tdi.
Ochiq mashg‘ulot davomida Maktabgacha ta’lim nazariyasi o‘qituvchisi S.Choriyeva so‘zga chiqib, bugungi kunda tarbiyachining kreativligi, o‘z ustida muntazam ish olib borishi, ta’lim-tarbiya jarayonlarida zamonaviy metodlar, xorij tajribalaridan foydalanishi bugungi zamon talabi ekanini aytib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Maktabacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi R.Tursunova so‘zga chiqib, maktabgacha ta’lim oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar, ulami amalga oshirish imkoniyatlari, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini oshirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dastuiiarini tatbiq etish, zamonaviy maktabgacha ta’lim modeli haqida fikr yuritdi.
Ochiq mashg‘ulot davomida qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi va maktabgacha ta’lim nazariyasi Termiz tuman 21-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan kelgusida ham bu kabi ochiq mashg‘ulotlar, shuningdek, seminar-treninglarni yo‘lga qo‘yish taklifi yuzasidan kelishuv ishlari olib borildi.
Yuqoridagi taklif va mulohazalardan kelib chiqib, yig‘ilish
Qaror qiladi:
21-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amlayot o‘tayotgan talaba Jo‘rayeva Lobarning ochiq mashg‘uloti kamchiliklari ko‘rsatilgan holda qoniqarli deb topilsin.
Amaliyot o‘tkazayotgan barcha talabalar o‘zlari amaliyot o‘tayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ochiq mashg‘ulotlarini o‘tkazib, bayonnomalarini o‘z hujjatlariga ilova qilsin.
Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi G.Rajabova zimmasiga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: S.Rahimqulova
Yig‘ilish kotibi: O‘.Asrorova
Dostları ilə paylaş: |