Namangan Davlat Universiteti V b f-m f. f d. F. N. Dexqonovning 1-bosqich magistranti Rayhona Umarova Hakimjon qizining 2022-2023 (qishki) o’quv yilining 1-yarim yilida amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishiga
Namangan Davlat Universiteti v.b f-m.f.f.d. F.N.Dexqonovning 1-bosqich magistranti Rayhona Umarova Hakimjon qizining 2022-2023 (qishki) o’quv yilining 1-yarim yilida amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishiga ILMIY RAHBARLIK AXBOROTI
Men 2022-2023 o’quv yiliga mo’ljallangan shaxsiy ish rejamda 2 nafar magistrantga ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ilmiy rahbarlik qilish yuklamasi mavjud.
2023-yil fevral oyida bo’lib o’tgan matematika kafedrasining yig’ilishida ishtirok etdim. Yig’ilishda 70540101-matematika (Differensial tenglamalar va matematik fizika) mutaxassisligiga o’qishga qabul qilingan qishki qabul magistrantlar uchun ilmiy tadqiqot ishlari mavzularini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi. 1-bosqich qishki qabul magistranti Umarova Rayhona Hakimjon qizi o’z hohishiga binoan , “Psevdo parabolik tipdagi tenglamalar bilan bog’liq chegaraviy boshqaruv masalalari’’ mavzusini tanladi. Yig’ilish qaroriga muvofiq ushbu magistrantga yuqoridagi mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borishga ilmiy rahbar etib biriktirildim.
Ushbu magistrant bilan biz mart oyida magistratura bo’limi tomonidan ilmiy tadqiqot faoliyati bo’yicha berilgan topshiriqlarni reja asosida bajardik. Haftaning shanba kunlari matematika kafedrasida o’z faoliyatimizni amalga oshirdik. Dastlab magistrantga ilmiy ishning yozilish uslubi, unga qo’yiladigan talablar uning asosiy prinsiplari haqida tushuncha berdim. Mavzu yuzasidan kengaytirilgan reja tuzildi. Ilmiy ish yuzasidan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha adabiyotlar tavsiya etdim. Mart va aprel oylari davomida tanlangan “Xususiy hosilali differensial tenglamalar” mavzusi bo’yicha universitet axborot resurs markazi, internet tarmog’i orqali birlamchi malumotlarni to’pladik. Umarova Rayhonaga muntazam qiziqtirgan savollari yuzasidan maslahatlar va yo’riqnomalar berib turdim. May oyida magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha asosnoma yozishga metodik yordam berdim.
2022-2023 o’quv yilining birinchi yarim yilligiga uchun rejalashtirilgan ishlar bajarildi.
Magistrantning ilmiy tadqiqot ishini yaxshi deb baholayman va attestatsiyaga tavsiya etaman.