Namangan davlat universiteti


Ta’lim tarbiya jarayonida normativ huquqiy xujjatlar



Yüklə 206 Kb.
səhifə14/20
tarix20.10.2022
ölçüsü206 Kb.
#65576
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
5111600-Milliy goya, manaviyat asoslari va huquq talimi

26. Ta’lim tarbiya jarayonida normativ huquqiy xujjatlar fanidan savollar.

  1. Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi.

  2. Normativ xujjatlarning loyixasini tayyorlash.

  3. Normativ xujjatlarning turlari.

  4. Ta’lim sohasini isloh qilishda qabul qilingan konsepsiyaning mazmun-mohiyati.

  5. Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil etish.

  6. Normativ-huquqiy hujjatlarni baholash va umumlashtirish.

  7. Normativ -huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishiyu

  8. Normativ xukukiy xujjatlar to’grisidagi konunni o’rganish va taxlil kilish.

  9. Oliy ta’limga tegishli bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

  10. Normativ-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim va tarbiya jarayonlarini boshqarish.

IV. ATTESTATSIYA SINOVI NATIJALARINI
BAHOLASH MEZONI
11. Attestatsiya sinovi bo’yicha talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
12. Attestatsiya sinovi bo’yicha talabalar bilimini baholashda 5 baholik tizim qo’llaniladi.
13. Talabaning Attestatsiya sinovidagi natijalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, o’z bilimlarini amalda qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “5” (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, o’z bilimlarini amalda qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “4” (yaxshi) baho;
Talaba o’z bilimlarini amalda qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “3” (qoniqarli) baho;
Talaba mazkur Dasturni o’zlashtirmagan, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – “2” (qoniqarsiz) baho.
14. Yozma ish tartibida o’tkaziladigan Attestatsiya sinovida har bir talabaga 5 (besh) tadan kam bo’lmagan savol (topshiriq)dan iborat yozma ish variantlari taqdim etiladi.
Har bir yozma ish variantida mazkur Dasturga kiritilgan fanlardan faqat bittadan savol (topshiriq) bo’lishi mumkin.
Talaba Attestatsiya sinovining har bir topshirig’i bo’yicha alohida baholanadi hamda umumlashtiruvchi baho ularni o’rtachalashtirish asosida shakllantiriladi va butun sonlarda qayd qilinadi.
Topshiriqlar bo’yicha baholar umumlashtirilganda kelib chiqadigan qoldiq sonlar matematik qoidalarga ko’ra yaxlitlanadi.
Yozma ish tartibida o’tkaziladigan Attestatsiya sinoviga 3 (uch) soat vaqt beriladi.
Yozma ish tartibida o’tkaziladigan Attestatsiya sinovi talabalar sig’imiga qo’yiladigan texnik talablarga mos o’quv xonalari (hudud)da o’tkaziladi.
15. Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lgan taqdirda Attestatsiya sinovilari natijalari Komissiya tomonidan e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 (yigirma to’rt) soat davomida apellyasiya berishi mumkin.
Talabaning apellyasiya murojaati universitet rektori buyrug’i asosida tuziladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 (ikki) kun ichida ko’rib chiqiladi va uning natijasi bo’yicha qaror qabul qilinadi.

Yüklə 206 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin