4
Eron, Rim–Karfagen munosabatlarida yaqqol namoyon bo’lganligini ko’rish
mumkin.
Yunon–Rim jamiyatida zamonaviy elchilikning dastlabki kurtaklari
shakllangan, diplomatik munosabatlarni tartibga soluvchi alohida davlat
tashkilotlari vujudga kelgan, professional diplomatlar yetishib chiqqan,
diplomatiga oid bilimlar takomillashib borgan. Elchilarning daxlsizligini
ta’minlashga qaratilgan, ularning huquq va majburiyatlarini ifodalovchi dastlabki
qonun hujjatlari yaratilgan. Yunon-Eron, Peleponess, Puni urushlari davomida
nafaqat harbiy kuch-qudrat, shuningdek, diplomatiya ham urushlar taqdirini hal
qiluvchi muhim kuchga aylanganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Ayniqsa, Rim
diplomatiyasiga oid bilim va tajribalar asosida o’rta asrlar so’ngida zamonaviy
diplomatiya shakllangan. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yangi
me’yorlar, tamoyillar, qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. “Bo’lib tashla va
hukmronlik qil” deb nomlangan Rim tamoyili keyingi davrlarda ham eskirmagan
holda dunyoga hukmronlikni da’vo qiluvchi yirik davlatlarning asosiy tamoyiliga
aylangan.
Yangi va eng yangi davrga kelib xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda
diplomatiya yagona yechim sifatida tan olinadigan bo’ldi. Birinchi va ikkinchi
jahon urushi davrida, “sovuq urush” munosabatlari avj olgan yillarda va yadro
urushi xavfi susaymagan bugungi kunda ham diplomatiyaga bo’lgan ehtiyoj
o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Insoniyat jamiyatining saqlanib qolishi va
kelgusida ham mavjud bo’lishi xalqaro munosabatlardagi muammo va
kelishmovchiliklarni faqat va faqat diplomatiya yo’li bilan hal etishga bog’liq
bo’lib qolganligi bugun hech kimga sir bo’lmay qoldi.
Hozirgi kunda jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab
jarayonlarni to’liq anglab etish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga
oid bilimlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan o’quv-
uslubiy qo’llanma qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xalqaro munosabatlar va
diplomatiyaga oid tarixiy jarayonlarni tahlil etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: