15
boshqa podsholiklardan etib kelgan barcha maktublarni qabul qilish hamda kelgusi
muzokaralar uchun ma’lumotlar tayyorlash bilan shug’ullanganlar. Davlatlararo
munosabatlar nazariyasi va amaliyoti “Szun xen” maktabining faoliyati bog’liq.
Ushbu maktabning vujudga kelishi donishmand Guy Gutszi (mil. avv. IV–III
asrlar) nomiga borib taqaladi. Maktabning nomi
ikki turdagi davlatlararo
ittifoqlarning nomidan kelib chiqadi – “szun” (vertikal bo’yicha ittifoq yoki
shimol-janub ittifoqi) va “xen” (gorizontal bo’yicha ittifoq yoki sharq-G’arb
ittifoqi).
Miloddan avvalgi 221- yilda Sin podsholigi birinchi bor butun Xitoyni
birlashtirgan. Istilolarni amalga oshirish Sin Shi Xuandi tashqi siyosatining asosiy
vazifasiga aylangan. Miloddan avvalgi 202- yilda Sin sulolasi xalq qo’zg’olonlari
natijasida ag’darilgan. Imperiyada hokimiyat tepasiga Xan sulolasi kelgan. Xan
imperiyasining qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bo’lib
qolgan oykumena egosentrik (o’ta manmanlik, o’zini dunyoga ustun deb bilish)
konsepsiyasi katta rol o’ynagan. Ushbu rasmiy tashqi
siyosiy doktrinaga qarshi
“daosizm” falsafasiga oid asarlarda o’zgacha konsepsiya uchraydi.
Qadimgi Xitoyning deyarli 2000 yillik tarixi davomida yaqin va uzoq
qo’shnilar bilan tashqi munosabatlarni amalga oshirishning muayyan tamoyillari
ishlab chiqilgan. Qadimgi Xitoy diplomatiyasida ikki muhim konsepsiya o’ziga
xos ahamiyatga ega.
Birinchi konsepsiyasi avvalo, teng huquqli davlatlar
o’rtasidagi munosabatlarga bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchi konsepsiyaga ko’ra
barcha o’zga mamlakatlarga Xitoyning ehtimolli o’lpon to’lovchisi sifatida
qaralgan.
Garovga olish amaliyoti Xan imperiyasining qo’shni
mamlakatlar bilan
munosabatlaridagi odatiy hol bo’lgan. Bu davrda elchilarni qabul qilishning
maxsus marosimi ishlab chiqilib, uning maqsadi – elchilik yuborgan hukmdorning
Xan imperatoriga nisbatan tobelik holatini aks ettirishi kerak bo’lgan. Saroyda
o’rnatilgan qoidalarga bekami-ko’st rioya qilinishiga katta ahamiyat berilgan.
Elchilar albatta, sovg’alar bilan yetib kelardilar va Xan imperiyasi ham in’omlar
berishga qizg’anmagan. Elchilarni qabul qilish va ular tomonidan sovg’alarni
16
topshirish marosimi xorijlik vakillarni kamsitadigan va o’zga
yurtlar
hukmdorlarining tobe holatini aks etirishga qaratilgan bo’lsada, imperiyaning
qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlari do’stona bo’lishiga katta e’tibor
qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: