21
fivaliklar Sparta qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratishgan va ushbu voqea
Spartaning yengilmasligi to’g’risidagi afsonani yo’qqa chiqargan. Mantiney
yonidagi jangda (mil. avv. 362- y.) fivaliklar sarkardasi Epaminondning o’limidan
so’ng Fiva shahrining qisqa muddatli yuksalishi yakunlangan. Bunga Fivaning
kuchayishidan qo’rqib qolgan Afinaning fivaliklarga nisbatan g’arazli munosabati
sabab bo’lgan. Biroq, Afinaning Ikkinchi Afina dengiz ittifoqida o’z ustuvorligini
o’rnatishga qaratilgan urinishlari ittifoqchilarning qarshiligiga uchragan va
"Ittifoqchilar urushi”ga olib kelgan (mil. avv. 357–355- yy.). Ushbu urush
ittifoqning tarqalib ketishi bilan yakunlangan.
Dostları ilə paylaş: