Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi Rimda fetsiallarning vazifalari haqida ma’lumot bering? 
2. Qadimgi Rim diplomatiyasida fetsiallikka o’tish tartibi qanday bo’lgan? 
3. Rim davlatida boshqa davlat elchilarini qabul qilish bo’yicha maxsus 
tartib qachon joriy etilgan? 
4. Puni urushlari davrida O’rta Yer dengizi mamlakatlari nechta lagerga 
ajralgan edi? 
5. “Divide et impera” iborasi mohiyatini tushuntirib bering? 
6. Imperiya davrida Rimda diplomatik aloqalar nazorati kimlar tomonidan 
amalga oshirilgan? 
7. Klavdiy imperatorligi davrida o’tkazilgan islohotlar haqida nimalarni 
bilasiz? 
8. Imperiya davrida tashkil etilgan diplomatlar tayyorladigan maxsus 
maktablarda asosan qanday fanlar o’qitilgan? 
9. Fetsiallikka o’tish bosqichlar haqida ma’lumot bering? 
10. Imperiya davrida ichki diplomatik aloqalar qanday ko’rinishda edi? 


30 
 
O’RTA ASRLARDA YEVROPADA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Vizantiya diplomatiyasi. 
2. Papa diplomatiyasi. 
3. Feodal tarqoqlik davrida diplomatiya. 
 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: 
Sharqiy Rim imperiyasi. Vizantiya. 
Konstantinopol. Yustinian islohotlari. Apokrisiarlar. langobardlar qirolligi. 
Grigoriy VII. Innokentiy III. Buyuk Karl. Strasburg qasami. Verden shartnomasi. 
Gerol’d. 
 
 
Vizantiya diplomatiyasi. 
Ibtidoiy demokratiyaga asoslangan asosan, diniy 
xarakterga ega bo’lgan qadimgi Sharq mamlakatlari hamda huquqiy jihatdan ancha 
yuksalgan Yunoniston va Rim diplomatiyalari ta’sirida shakllangan Vizantiya 
diplomatiyasi ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlar tizimida yetakchi mavqega 
ega bo’lgan.
G’arbiy Rim imperiyasi german qabilalari tomonidan istilo etilgach, uning 
sharqiy hududi uzoq vaqt hukm surdi. Sharqiy imperiyani rasmiy suratda Rim 
imperiyasi deb atash davom etdi. Bora-bora bu nom yo’qolib, uning o’rnini 
“Vizantiya imperiyasi” degan nom egalladi (Imperiyaning poytaxti qadimda 
Vizantiya deb nomlangan bo’lib, 330- yilda imperator Konstantin Buyuk unga 
Konstantinopol deb nom bergan). Bolqon yarim oroli, Egey dengizidagi ko’plab 
orollar, Kichik Osiyo, Suriya va Falastin, Misr va Mesopotamiya, Kavkazortining 
bir qismi, Qrimning janubiy qirg’oqlari imperiya tarkibiga kirgan. Bunday ulkan 
hududlarga ega bo’lgan davlatni saqlab qolish va rivojlantirishda nafaqat harbiy 
salohiyat, shu bilan birga diplomatiya ham alohida ahamiyatga ega edi.
Rimning qulashi va feodalizmning ilk elementlarining paydo bo’lishi 
xalqaro munosabatlar tizimiga katta ta’sir ko’rsatgan. Feodal munosabatlarga 


31 
asoslangan varvarlar jamiyatida tashqi siyosat muhim ahamiyat kasb etgan. Harbiy 
o’ljalar va imkon qadar yangi yerlarni egallashni maqsad qilgan hukmdorlar bir-
birlari bilan tinimsiz urushlar olib borganlar. Oxir oqibat tashqi aloqalarni tartibga 
solish maqsadida qabilalar o’zaro murosaga kelishga, shu maqsadda turli 
shartnomalar imzolashga majbur bo’lganlar. Shu tariqa yangi tartibdagi o’ziga xos 
bo’lgan xalqaro munosabatlarning shakllanishiga asos solganlar.
Varvarlar vaqti-vaqti bilan Sharqiy Rim imperiyasi hududlariga ham xavf 
sola boshlaganlar. O’zida Rim imperiyasi an’analarini saqlab qolgan Vizantiya 
yosh varvar davlatlarining ichki va tashqi siyosatiga kuchli ta’sir o’tkaza olgan. 
Vizantiya 
diplomatiyasidagi 
dabdababozlik, 
uddaburonlik, 
ayyorlik, 
o’z 
maqsadlari yo’lida savdo, madaniy, diniy aloqalardan samarali foydalana olish 
qobiliyati ilk o’rta asrlar diplomatiyasining umumiy sifatlarining shakllanishida 
katta rol o’ynagan.
Vizantiya tashqi siyosati Yustinian I (527–565) davrida eng gullagan davrini 
boshdan kechirgan. Uning varvarlar tomonidan bosib olingan G’arbiy hududlarni 
qaytarib olinishida diplomatik ustamonlik eng katta rol o’ynagan. Vizantiya 
diplomatiyasining asosiy maqsadi varvarlarni qo’rqitishga emas, balki ularni 
imperiya manfaatlariga xizmat qildirishga qaratilgan edi. Yustinian varvar 
qabilalarini bir-biriga gij-gijlash va o’zaro urushlar keltirib chiqarish orqali ularni 
kuchsizlantirishga erishgan. Ko’plab tarixchilar Vizantiyaning varvarlarga nisbatan 
siyosatini shaxmat donalarini boshqarishga qiyoslaydilar. Sharqiy Rim 
imperiyasining diplomatik xizmati varvar qirolliklari uchun andoza qilib olingan. 
Bundan tashqari, boshqa davlatlarning ichki ishlariga harbiy aralashuv 
Yustinian siyosatining vositalaridan biri edi. Bunday siyosat vandallar va ostgotlar 
bilan bo’lgan urushlarda yorqin ifodasini topgan. 
Xristian dinini yoyish ham Vizantiya imperatorlarining eng muhim 
diplomatik qurollaridan biri edi. Konstantinopoldagi saroyda apokrisiarlar deb 
nomlangan papaning doimiy vakillari faoliyat ko’rsatganlar. Ular Vizantiya 
hududidagi diniy marosimlarni tashkil etish, cherkov va monastirlar barpo etish 
ustidan nazorat olib borardilar. Shu bilan birga ularga saroydagi voqea-hodisalarni 


32 
zimdan kuzatish va yangiliklardan papani xabardor etib borish vazifasi ham 
yuklatilgan. Rus davlatida xristianlikning yoyilishi Vizantiyaning diplomatiyasi-
ning katta g’alabasi bo’lgan. Xristianlikni qabul qilgan mamlakatlarda 
Vizantiyaning ta’siri o’rnatilgan. Vizantiyaga qaram bo’lgan ruhoniylar qatlami, 
savodlilikning yagona sohibi sifatida varvarlar davlatlarida katta rol o’ynagan. 
Birinchi vazir boshqaruvi ostida tashqi ishlar vaziri va uning idorasi 
(magister officiruem, keyinchalik “logofet droma”) faoliyat ko’rsatgan. Ushbu 
idora katta tarkibga ega bo’lib, uning ixtiyorida barcha tillardan tarjimonlar mavjud 
edi. Alohida qonun asosida elchilarni qabul qilish bo’yicha marosimlarning 
murakkab tartibi ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu tartiblarga qat’iy amal qilinishi 
shaxsan imperator nazoratida bo’lgan. 
Konstantinopol saroyi qoshida elchilik xizmatining ham ma’lum qoidalari 
ishlab chiqilgan. Elchi hukmdorning vakili hisoblangan va muzokaralarni 
faqatgina berilgan vakolatlar doirasida olib borishi mumkin edi. Ushbu qoidani 
buzgan elchi qattiq jazoga tortilgan. Faqatgina kamdan-kam hollardagina imperator 
vakillariga butun ma’suliyatni o’z bo’yniga olib, mustaqil muzokaralar olib 
borishga ruxsat berilgan. Elchilarga imperator tomonidan alohida yorliq taqdim 
etilib, unda elchining vakolatlari aniq ko’rsatilgan. 
Odatda, elchilar yuqori martabali kishilar orasidan saralab olinib, ularga 
unvonga egalik qilmagan bo’lsa, yuqori unvonlar maxsus berilgan.
Vizantiya elchilariga o’zga mamlakatlarda xatti-harakat va yurish-turishning 
aniq qoidalariga rioya qilish buyurilgan. Elchi xushmuomalalik bilan o’zga 
saroyda ko’rgan barcha narsalarni qoyilmaqom darajada maqtay olish qobiliyatiga 
ega bo’lishi talab etilgan. Ammo, buni shunday amalga oshirishi lozim ediki, bu 
Vizantiya tartiblariga nisbatan gina sifatida namoyon bo’lmasligiga e’tibor 
qaratilgan. 
Rasmiy jihatdan elchilarga davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
buyurilgan. Lekin, amalda har doim ham bunga rioya qilinmagan. Elchilar tuzgan 
shartnoma faqatgina imperator ratifikatsiya (tasdiqlangandan) qilganidan so’ng 
kuchga kirgan. 


33 
Elchilar daxlsizligi tamoyili varvarlar tomonida tez o’zlashtirib olingan. 
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, varvar qirollarining elchiliklarida Vizantiya 
odatlariga xos bo’lmagan xususiyatlar ham uchraydi. Varvar a’yonlari orasida 
muzokaralarning yozuv-chizuv qismini mustaqil olib borishga qodir ma’lumotli 
insonlar kam edi. Varvar davlatlari elchilari asosan ruhoniylardan tayinlangan 
bo’lib, ular bilimli va uddaburon Vizantiya elchilari oldida “ip esha olmaganlar”.
Rim diplomatiyasiga qaraganda huquqiy jihatdan yanada mustahkamlan- 
gan Vizantiya diplomatiyasi ilk o’rta asrlardagi xalqaro munosabatlarda muhim rol 
o’ynashi bilan birga arab va fors, shuningdek, rivojlangan o’rta asrlar 
diplomatiyasida o’chmas iz qoldirgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin