Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Rimning Karfagen, Makedoniya va ellin davlatlari bilan xalqaro



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Rimning Karfagen, Makedoniya va ellin davlatlari bilan xalqaro 
aloqalari.
Rim davlatining keng miqyosdagi xalqaro aloqalari miloddan avvalgi 
VI asrlarda boshlangan. Dastlabki yirik shartnomalar Karfagen bilan imzolangan. 
Shartnomalar asosan savdo-sotiq, Rim kemalarining Afrika qirg’oqlaridagi yerkin 
harakatlarini ta’minlashga qaratilgan. Rim kemalariga faqatgina Karfagen 
portlariga qadar suzib kelishga ruxsat berilgan, Afrikaning boshqa sohillariga suzib 
borish esa qat’iy ta’qiqlangan. Agar Rim kemalari bo’ron tufayli Karfagen 
qirg’oqlarida to’xtashga majbur bo’lgan hollarda, bo’ron tingach, Italiyaga jo’nab 
ketishlari uchun qisqa va qat’iy muhlat belgilangan. Belgilangan muddatda jo’nab 
ketishga ulgurmagan kema a’zolari qatl etilgan. 


27 
Rimning ellin davlatlari bilan aloqalari miloddan avvalgi III asrda to’la 
o’rnatilgan. Ayniqsa, Ptolomeylar podsholigi bilan aloqalar juda mustahkam 
bo’lgan. Xuddi shu davrda Sitsiliya uchun Karfagen bilan Adriatika dengizi 
qirg’oqlaridagi hududlar uchun Makedoniya bilan keskin raqobatlashayotgan Rim 
uchun Ptolomeylar podsholigidaek kuchli ittifoqchiga ega bo’lish katta ahamiyatga 
ega bo’lgan. O’z navbatida, Afrikada Karfagenning kuchayishi Misrga ham xavf 
solar edi. Makedoniya esa Misrning yana bir jiddiy dushmani hisoblangan 
Salavkiylarning yaqin ittifoqchisi edi. 
Shu tariqa Puni urushlari davrida O’rta yer dengizi mamlakatlari ikkita katta 
lagerga ajraganlar: 
1) Rim, Ptolemeylar, Pergam va Rodos; 
2) Makedoniya, Salavkiylar va Karfagen. 
Miloddan avvalgi 216- yilda Gannibal rahbarligidagi Karfagen armiyasi 
Kann shahri yaqinida Rim armiyasini tor-mor etgach, Gannibal Rimga o’z 
elchilarini jo’natib, og’ir shartlar evaziga tinchlik shartnomasini taklif etgan. Senat 
esa bu taklifni rad etgach, Gannibal Makedoniyaga o’z elchilarini jo’natib, uni 
Rimga qarshi urushga qo’shilishga da’vat etgan.
Gannibal jo’natgan elchilarning tashabbusi bilan Kafagen va Makedoniya 
Rimga qarshi ittifoqqa birlashish to’g’risida o’zaro bitim imzolaganlar va urush 
vaqtida Rim bilan alohida separat sulh tuzmaslikka o’zaro va’da berganlar. Ushbu 
shartnomaga ko’ra, Rim mag’lubiyatga uchragandan so’ng, Bolqonda joylashgan 
davlatlar hududlari Makedoniya, Italiya hududlari esa to’laligicha Karfagen 
ixtiyorida bo’lishi belgilab olingan. Yozma shartnomadan tashqari Makedoniya 
shohi og’zaki tarzda o’z qo’shinlarini zudlik bilan Apeninga yuborishga va’da 
bergan. Polibiyning yozib qoldirishicha, Rim diplomatlari Yunonistondagi Etoliy 
ittifoqi davlatlarini Makedoniyaga qarshi urush e’lon qilishga ko’ndirganlar hamda 
ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga va’da berganlar. Yunoniston hududida 
boshlanib ketgan urush tufayli Makedoniya Apenninga qo’shin jo’natish 
imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Dahshatli natijalarga sabab bo’lishi mumkin 


28 
bo’lgan katta hajmdagi makedon qo’shinlarining Rimga yurish boshlash ehtimoli 
diplomatik harakatlar tufayli butunlay barham topgan. 
Puni urushlari davomida rimliklar bir necha marta dengizda Makedoniyaga 
qarshi kichik to’qnashuvlar bilan cheklanganlar..
Makedoniyaning Yunonistondagi urushlar bilan bandligidan foydalangan 
Rim qo’shinlari miloddan avvalgi 215–205- yillarda Gannibal armiyasini 
Italiyadan quvib chiqarishga erishgan. Karfagenning chekinishi oqibatida 
Makedoniya podshosi Filipp V o’zaro shartnomaga xiyonat qilgan holda miloddan 
avvalgi 205- yilda Rim bilan separat sulh shartnomasi imzolagan. Shundan so’ng 
miloddan avvalgi 202- yilda rimliklar Karfagen qo’shinlarini qattiq mag’lubiyatga 
uchratganlar va uni og’ir shartlar evaziga sulh tuzishga majbur qilganlar. Miloddan 
avvalgi 200- yilda esa bir vaqtlar Karfagen bilan ittifoq tuzgan Filipp V ni jazolash 
maqsadida Makedoniyaga qarshi urush e’lon qilingan. Biroq, asosiy maqsadni 
oshkor qilmagan holda Yunonistondagi shahar davlatlarni himoya qilish 
bahonasida urushga kirishganlar. Urush davomida Rim elchilari Salavkiylar 
podshosi Antiox III (mil. avv. 223–187) huzuriga yuborilib, uni Makedoniyani 
qo’llab-quvvatlamaslikka ko’ndirganlar. Buning uchun Rim Antiox III ga Suriya
Finikiya va Falastin hududlarini egallashi uchun qarshilik ko’rsatmaslikka va’da 
bergan. Urushda og’ir ahvolga tushib qolgan Filipp V ning qayta-qayta iltimoslari 
Antiox III tomonidan rad etildib, harbiy yordam ko’rsatilmagan. Shu tariqa, 
miloddan avvalgi 197- yilda Makedoniya og’ir shartlar asosida Rim bilan sulh 
tuzishga majbur bo’lgan. Unga ko’ra, Filipp V Yunonistondagi mayda 
davlatlarning mustaqilligini tan olgan, Rimga katta miqdorda tovon puli to’lagan 
hamda o’z armiyasi sonini keskin qisqartirishga (5 ming kishiga) rozi bo’lgan. 
Yunon davlatlari makedon zulmidan ozod bo’lib, Rim asoratiga tushganlar va 
ularni nazorat qilish maqsadida ushbu davlatlar hududlarida katta miqdorda Rim 
qo’shinlari o’rnashib olganlar.
Oradan ko’p o’tmay Rim Senati Tiberiy Samproniy Grakx (mil. avv. 163–
133) mashhur aka-uka Grakxlarning otasi) boshchiligidagi elchilarni Makedoniya 
shohi huzuriga yuborgan. Bundan asosiy maqsad, Rimning Antioxga qarshi 


29 
boshlashida Makedoniyaning betarafligiga erishish edi. Salavkiylarga nisbatan 
yuragida adovat o’ti uyg’ongan Filipp V ma’lum yengilliklarga erishish maqsadida 
urushda betaraf bo’lishga ko’ngan, hattoki Rim armiyasiga Makedoniya hududidan 
o’tishga ruxsat bergan. Bundan tashqari, rimliklarga oziq-ovqat borasida ham 
yordam berishga rozi bo’lgan.
Miloddan avvalgi 190- yilda Salavkiylar qo’shinlari Rim tomonidan tor-mor 
etilib, uning Kichik Osiyodagi mulklari tortib olingan hamda katta miqdorda tovon 
undirilgan. Salavkiylarning mag’lubiyatidang so’ng Rim Makedoniyaga bergan 
va’dalaridan voz kechgan. Aldangan Filipp V noiloj qolgan holda o’ziga 
yuklatilgan majburiyatlarni ado etishni davom ettirgan. 
Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, Rim o’z diplomatiyasining 
ayyorligi va ishbilarmonligi evaziga ulkan yutuqlarni qo’lga kiritgan. “Divide et 
impera” – “bo’lib tashla va hukmronlik qil” qoidasi Rimning asosiy quroli bo’lib 
xizmat qilgan.. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin