Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Papa diplomatiyasi. 
G’arbiy Rim imperiyasining qulashi va Italiyada 
varvarlar 
hokimiyatining 
o’rnatilishi 
papalikning 
xalqaro 
ahvolini 
murakkablashtirgan. Shu sababli papalar varvarlardan himoyalanish maqsadida 
Vizantiya bilan yaqinlashganlar. Konstantinopol saroyida papalarning doimiy 
vakillari – apokrisiarlar faoliyat ko’rsatganlar. Ularga sof cherkov masalalaridan 
tashqari, Vizantiya saroyidagi siyosiy kayfiyatlarni kuzatish vazifasi ham 
yuklatilgan. Aporisiarlar muntazam ravishda shaxsan papaga hisobot jo’natib 
turganlar. 
Papalar faqat nomigagina Vizantiya imperatoriga bo’ysunganlar, aslida esa 
deyarli mustaqil edilar. Vaqt o’tgan sayin Vizantiyaning ta’siri asta-sekin 
zaiflashib borgan. VII asrda arablar istilolari natijasida zaiflashgan Vizantiya Rim 
papalariga qarshilik qila olmagan. Papalar Vizantiya imperatorlariga qaramlikdan 
qutulib, mustaqil hukmdorlarga aylanganlar. 
VII–VIII asrlarda Rim papalari, langobardlardan o’zini himoya qilish uchun 
yordam so’rab, franklarga murojaat etganlar. VIII asrning o’rtalarida Italiyaga 
bostirib kirgan franklar langobardlarni tor-mor qilganlar. 754- yilda franklar va 
langobardlar o’rtasidagi shartnomaga ko’ra langobardlar qiroli nafaqat Rimni tinch 
qo’yish, balki papaga Ravenna, Urbino va boshqa shaharlarni topshirish 
majburiyatini olgan. Biroq, langobardlar qirolini o’z majburiyatlarini bajarishga 
majbur etish uchun yana bir harbiy ekspeditsiya zarur bo’lgan. Shundan so’ng 


34 
franklar qiroli va papa o’rtasidagi aloqalar mustahkamlangan. O’zaro elchiliklar 
tashkil etish bilan birga Vizantiya saroyiga qo’shma elchilik yuborilgan. Papa 
hokimiyati amalda franklar qirolligiga qaram bo’lib qolgan.
Papalik tashqi aloqalarda yerkin bo’lmagan va franklar hukmdorlaridan 
“maslahat” so’rashga majbur bo’lgan. Bunday qaramlik Buyuk Karl (768 – 814-
yy.) davrida yanada kuchaygan. Pap hokimiyatining markaziy muassasasi 
hisoblangan “kuriya”ni idora etishda, diniy mansabdorlarni tayinlashda papadan 
ko’ra Karlning roli katta bo’lgan. Falastindagi “muqaddas joylar” ham Karlning 
vasiyligiga o’tgan. Karlga toj kiydirish marosimida, itoat belgisi sifatida Quddus 
patriarxi unga “Iso payg’ambar qabri” ning kalitlarini, Quddus shahrining 
bayroqlari va kalitlariga qo’shib topshirgan. 
Franklar davlati parchalangandan keyin papa hokimiyati German 
imperatorlariga qaram bo’lib qolgan. XI–XII asrlarga kelib cherkovning mavqei 
kuchaygan. Bunda salib yurishlari ham muhim rol o’ynagan. Papa Grigoriy VII 
(1073–1085- yy) va Innokentiy III (1198–1216- yy)lar davrida cherkov 
Yevropadagi xalqaro munosabatlarda yetakchilikni o’z qo’liga olishga muvaffaq 
bo’lgan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin