40
vakillari ishtirokidagi nizolar va tortishuvlar qanday yakunlanishini oldindan
bexato aytib bera olardi.
Lyudovik XI ning o’z diplomatlari bilan ish olib borish uslubi ham o’ziga
xos ko’rinishga ega bo’lgan. Qirol ularga faoliyat yuritishlarida barcha
yerkinliklarni berib qo’ygandek o’zini tutar, ulardan doim maslahat so’rar, aslida
esa barcha ishlarni zimdan kuzatib borardi. U o’z diplomatlaridan biriga shunday
maslahat bergan: - “Agar ishlar ko’ngildagidek ketayotgan bo’lsa, meni har
zamonda habardor qilib turishing kifoya, aks holda, senga yordam berishim uchun
barcha ma’lumotlardan ipidan-ignasigacha meni habardor qilishing shart”.
Lyudovik XI o’z elchilariga imkon qadar ko’proq tarafdorlarni sotib olishni
maslahat berardi. Ularga qarata: “ko’ryapsanlarmi, ular sizni aldamoqda, mayli,
lekin sizlar ko’proq aldanglar” degan so’zlarni ko’p ishlatardi. Bunday qonun-
qoidalar Lyudovik XI diplomatiyasining asosiy mazmunini anglatardi. Uning qo’l
ostidagi 70 dan ortiq diplomatlarning nomlari butun Yevropada mashhur bo’lgan.
Komminning yozishicha, diplomatlarining birortasi ham qirolga xiyonat qilishni
xayollariga ham keltira olmaganlar. Chunki, har bir diplomat orqasida, albatta,
alohida qirol ayg’oqchisi bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: