Shimoliy urush tamom bo’lishidan buyuk Fransiya burjua inqilobi
boshlanguncha o’tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar.
XVIII asrda
Rossiya qudratining oshishi Yevropadagi butun xalqaro vaziyatning o’zgarishiga
olib keldi. Rossiya Boltiq dengizi bilan Tinch okean o’rtasidagi territoriyalarni o’z
ichiga olgan g’oyat katta imperiyaga aylandi. Yevropa tarixida bunday imperiya
hali tuzilmagan edi.
Rossiya juda katta o’lkalarga ega bo’lishga qaramay, uning hududi tobora
kengayib bormoqda edi. Rossiyaning G’arb bilan, shuningdek, Eron bilan
kattagina savdo sotiq aloqalari bor edi. Hukmron pomeshchiklar sinfi bilan rus
savdogarlari savdo yo’llarini mustahkamlab borishga, chegaralarni strategiya
jihatdan mustahkam joylardan o’tkazishga va Rossiyaning territoriyasini tobora
kengaytirib va xalqaro ta’sirini oshirib borishga intilardi. Shimolda Rossiya oldida
Boltiqdagi pozitsiyalarni mustahkam himoya qilish vazifasi turar edi. Pyotr I ning
66
g’alabalaridan keyin Shvetsiya Yevropaning shimolida juda kuchli davlat
bo’lmasada, poytaxtga Shvetsiya tomonidan tahdid qilish xavfi mavjud edi.
Rossiyaning Pol’shadagi ta’sirini kuchaytirish masalasi ruslarning G’arbdagi
siyosatida muhim o’rin tutardi. Janubdagi vazifa – Azovni ishg’ol etish, Qora
dengizda savdo qilish huquqini qo’lga kiritish, Turkiyaga qarshi yana kurash olib
borishdan iborat edi.
Mustamlakalar uchun va Yevropa qit’asida ta’sir kursatish uchun Angliya va
Fransiya manfaatlari to’qnashadigan joy dengizorti mamlakatlari edi. Bu
mamlakatlar Kanada va Ost-Indiya bo’lib, Kanadani fransuzlar XVII asrdayoq
bosib olgan edi. Ost-Indiya territoriyasida esa ingliz va fransuz istilochilari qattiq
kurash olib borardi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida Yevropadagi ayrim hududlar
uchun ham keskin ziddiyatlar bor edi. Angliya hukumati Fransiyaning Avstriya
Niderlandiyasini va uning eng muhim qal’asi Antverpenni egallab olishga yo’l
qo’ymaslikka intilar edi. Antverpenning fransuzlar qo’lida bo’lishi Angliya uchun
xavf tug’dirishi mumkin edi. Antverpen fransuzlar qo’lida bo’lsa, Britaniya
flotining kuchlari Yevropada band bo’lib, Angliyaning mustamlakachilik
agressiyasi
muvaffaqiyatli
avj
olmasdi.
Mudofaa
maqsadida
emas,
mustamlakalarni talash maqsadida Angliya burjuaziyasi va aristokratiyasi
Niderlandiyani Fransiyaning ta’siri ostida bo’lishga yo’l qo’yishni istamasdi. Shu
maqsadga erishish uchun Angliya burjuaziyasi Yevropada Fransiyaning
quruqlikdagi kuchlarini band qilib tura oladigan ittifoqchi topishga kirishdi.
Angliya hukumati 1713- yilda Ispaniya merosi uchun bo’lgan urushdan
so’ng Niderlandiyaning Avstriyaga berilishiga erishgach, XVIII asrning birinchi
yarmida Avstriya gabsburglarini, ya’ni Fransiya raqiblarini qo’llab keldi. Angliya
Gollandiyaga ta’sir ko’rsatish uchun Fransiyaga qarshi kurashdi. Gannover
siyosatini murakkablashtirib yubordi. Fransiyaning Gannoverni bosib olish
mumkinligi Fransiyaga qarshi kurashish uchun Angliyaning ittifoqchilar orttirish
ehtiyojini yanada kuchaytirdi. Angliya o’zining savdo va mustamlakalaridan
kelgan foyda orqali Fransiyaga qarshi birovlarning kuchi bilan kurash olib bordi.
67
Angliyaning boshqa bir dushmani Ispaniya esa Gibraltar bo’g’ozi va
Menorkaning inglizlar tomonidan bosib olinganligini tan olmay kelayotgandi.
Ingliz burjuaziyasi Ispaniya mustamlakalarida savdo huquqiga erishmoqchi va
Ispanlarning Shimoliy Amerikadagi yerlarini egallab olmoqchi edi. Angliyaga
qarshi kurash Ispaniyani Fransiya bilan birlashtirdi. Burbonlar sulolasining
Ispaniya taxtiga o’tirishi ham bunga yordam berdi.
XVIII asrning birinchi yarmida Ispaniya bilan Fransiya Avstriya
Gabsburglarining ashaddiy dushmanlari edi. Gabsburglarga qarshi kurashda
Shvetsiya va Turkiyadan Fransiya o’z ittifoqchilari sifatida foydalanishga intildi.
Fransiyaning urinishi Rossiya dushmanlarining ittifoqchisi sifatida noqulay
ahvolda qoldi. Gabsburglarga qarshi qaratilgan “Sharqiy g’ov” degan mash’um
tizim uzoq vaqtgacha Fransiyani Rossiya dushmanlarining ittifoqchisi deb hisoblab
keldi. Ispaniya Italiyadagi o’lkalari uchun Gabsburglarga qarshi kurash olib bordi.
Ispaniya Burbonlari Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushdan keyin Avstriya
Gabsburglarining qo’lida qolgan ulkan Sitsiliya qirolligining o’z qo’llariga
o’tishini talab qildilar. Italiyadagi bu davlatning Ispaniya Burbonlari qo’liga o’tishi
Ispaniyaning O’rta dengizdagi mavqeini mustahkamladi va Angliyaga qarshi
kurashishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushdan keyin 1733- yilda Pol’sha
tufayli birinchi katta xalqaro janjal boshlandi. Shlyaxta Pol’shasi juda ham
zaiflashib qolgan edi.
XVI asrdayoq shlyaxta Pol’shani G’arbiy Yevropa uchun g’alla yetkazib
beruvchi mamlakatga aylantirib, Niderlandiya ingliz va nemis mollarining bojsiz
keltirilish uchun chegaralarni keng ochib bergan edi. Bu hol polyak sanoatini
bo’g’di, burjuaziyaning rivojiga yo’l bermadi. Shaharlarning pul bilan yordam
bermasligi qirol hokimiyatining mustahkamlashiga yo’l qo’ymadi. Qirol
hokimiyatining moliyaviy imkoniyatini ham, armiyasi ham juda zaif edi. Polyak
magnatlarining va shlyaxtaning tashqi siyosati ham mamlakatning inqirozga yuz
tutishiga sabab bo’ldi.
68
XVI–XVIII asrlarda pol’yak magnatlari va shlyaxta sharkdan shiddatli
agressiya olib bordi, u bir necha davlat qirollari bilan til biriktirib ish ko’rdi.
Bunday halokatli siyosat pol’yak xalqining manfaatlariga zid kelib, Pol’shaning
G’arbdagi o’z yerlarini qaytib olishga xalal berdi. XVIII asrda Pol’sha shu qadar
zaiflashgan ediki, kuchli davlat, ya’ni Rossiyaga qarshi davlatlar Pol’shadan
istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin edi. Pol’shani o’z vassaliga aylantirishga
va uning taxtiga o’z odami Stanislav Leshchinskiyni o’tkazishga uringan Karl XII
ning qo’shinlari Pol’shani strategik nuqtalarini egallashga muvaffaq bo’lgan edi.
Avstriyaning eng xavfli dushmani Prussiya edi. Prussiyaning bosqinchilik siyosati
qirol Fridrix II zamonida juda ham avj olib ketdi. Prussiyaning tashqi siyosati
qo’shni davlatlarga nisbatan hiyla ishlatishga va o’z ittifoqchilariga nisbatan
hayosizlik bilan xiyonat qilishga asoslangandi. Fridrix II o’zining nihoyatda
surbetligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 1740- yilda Karl VI vafot etgach,
uning o’rniga Mariya Tereza o’tirdi. Fridrix II hukmronligining birinchi yilidayoq
urush e’lon qilmay turib, Avstriyaning eng boy va sanoat jihatdan taraqqiy etgan
viloyati Sileziyani bosib oldi. Prussiya tomonidan bosib olingan yerlarga o’xshash
Sileziya ham polyaklarning qadimiy yeri edi.
Bavariya bilan Fransiya Fridrix II ning ittifoqchilari bo’lib, bu ikkisi
Avstriya qo’lidagi Niderlandiyani bosib olishga bel bog’lagandi. Avstriyaning
dushmanlari uni zaiflashtirish maqsadida Bavariya kyurfyurstining imperator qilib
saylanishga va Chexiyaning Bavariyaga qo’shib olinishiga erishmoqchi edi.
Kyurfyurst Saksonskiy va Pol’sha qiroli Avgust III Fridrix II ning ta’siriga berildi.
U Rossiya va Avstriya bilan tuzilgan ittifoqqa xiyonat qildi va Moraviyani bosib
olish maqsadida Prussiya tomonida turib urushga qatnashdi. Ispaniya ham
Avstriyaning dushmanlari qatoriga qo’shildi.
1763- yilda Avgust III Saksonskiy vafotidan so’ng Pol’shaga yangi qirol
saylanishi kerak edi. Yangi qirol saylash hamisha shunday bir holga olib kelardiki,
qo’shni davlatlar Pol’sha taxtiga o’zlariga yoqadigan nomzodning o’ltirishi uchun
kurashardilar. Fransiya bilan Avstriya yangi qirolni o’z siyosatining quroliga
aylantirish umidida yana Saksonskiy xonadonidan nomzodlar ko’rsatishdi.
69
Yekaterina boshqacha reja tutdi. Pol’sha taxtiga Yekatirina o’zining sobiq mahbubi
Stanislav Ponyatovskiyning o’tirishni ta’minlasga intildi, u eski Pol’sha
qirollarining Giestlar xonadoniga mansub edi. Yekaterina bu nomzodni taxtga
o’tqazish yolg’iz o’ziga qiyin bo’lishini anglab, o’z rejasining muvaffaqiyatli
amalga oshishini ta’minlash uchun Prussiya bilan inoqlasha boshladi.
1764- yilda Fridrix II bilan Yekaterina o’rtasida Pol’sha ishlariga umumiy
aralashish zamirida ittifoq tuzildi. Rossiya Turkiyaga yordam berish majburiyatini
o’z zimmasiga oldi. Fridrix II esa Rossiya–Fransiya munosabatlarining
keskinlashuvidan o’zining Yevropadagi ahvolini yaxshilash uchun foydalandi.
Rossiyaning tazyiqi natijasida Stanislav Ponyatovskiy Pol’sha qiroli qilib
saylandi. 1767-yili esa dissidentlarning huquqini katoliklar huquqi bilan
tenglashtirish haqida qonun chiqarildi. Pol’shani tobora zaiflashtirish, uning
Rossiyaga qaramligini kuchaytirish maqsadida Yekaterina Pol’sha bilan shartnoma
tuzdi. Shuni aytish lozimki, dastlab Yekaterina Pol’shada qirol hokimiyatining bir
muncha kuchayishiga erishmoqchi va shu tariqa mustahkamlangan Pol’shadan
Turkiyaga qarshi o’zining ittifoqchisi va vassali sifatida foydalanmoqchi bo’ldi.
Lekin Fridrix II pol’yaklarning vatanparvarlik intilishlariga dushmanlik
pozitsiyasida bo’lib, u Pol’sha bilan Rossiyaning inoqlashishidan qo’rqib,
Pol’shada reforma o’tkazmasligini talab qildi.
Fridrixga yon berib Yekaterina polyaklarga reforma o’tkazishga ruxsat
bermadi, bu hol pol’yaklarni ruslarga qarshi qattiq g’azablantirdi.
XVIII asrning 60-yillarida o’z zamonining eng katta diplomatlaridan biri
bo’lgan Nikita Ivanovich Panin Yekaterinaning eng yaqin yordamchisi edi. U
yekaterina bilan birga rus siyosatining shimoliy tizimi degan tizimni ishlab chikdi.
“Shimoliy Tizim” “Yettiyillik urush”ning oxirlarida ro’y bergan
ziddiyatlarning kuchayishidan kelib chiqqan muqarrar natija edi. Bu tizim
“janubiy” davlatlarning – Fransiya, Avstriya va Turkiyaning Rossiyaga
dushmanligi sababli vujudga kelgan bo’lib, uning mohiyati “shimoliy davlatlar”
bilan, birinchi navbatda Prussiya va Daniya bilan inoqlashishdan iborat edi.
yekatirina bilan Panin janubda o’z mayliga ish ko’rib, “shimoliy davlatlar”ning
70
qo’llashidan foydalanib, Rossiyaning Pol’sha va Yaqin Sharkdagi ta’sirini
mustahkamlash niyatida edi. Yekatirina II Prussiya bilan ittifoq tuzishdan tashkari
Daniya bilan ham ittifoq tuzdi (1765) va Angliya bilan savdo shartnomasini tuzdi.
(1766) Bularning hammasi Rossiyaning xalqaro ahvolini yaxshilash uchun qilindi.
Rus diplomatiyasining Pol’shadagi yutuqlari Fransiya bilan Avstriyani
Rossiyaga qarshi ish ko’rishga sabab bo’ldi. Natijada 1768-yilda Turkiya
Rossiyaga hujum qildi. Urush boshlanib ketdi, bu urushda Turkiya batamom
mag’lubiyatga uchradi va fransuz diplomatiyasining hamma rejalari barbod bo’ldi.
Turkiyaning mag’lubiyatga uchraganligi butun Yevropaga ma’lum bo’ldi.
Yekatirina II Rossiya dvoryanlari imperiyasining Qora dengizga chiqishini,
rus pomeshchiklari va savdogarlarning harbiy savdo-sotiq maqsadida Qora
dengizda suzish erkinligiga, dengizdan boshqa dengiz va okean yo’llariga
chiqishni ta’minlab bermoqchi edi. Qora dengiz bo’yidagi dashtlarni o’zlashtirib
bo’lmasdi, chunki Qrim tatarlarining bosqinlari va Turkiyaning doimiy xavf solib
turishi bu serhosil erlarni egallash imkonini bermasdi.
Lyudovik XV va Mariya-Terezaning Turkiyadan kutgan umidlari puchga
chiqdi, rus qo’shinlari va floti Turkiyaga zarba berdi. Arxipelag yonida rus floti
turk flotini mag’lubiyatga uchratdi (1770). Turkiyaning dengiz kuchlariga barxam
berildi. Rossiya quruqlikda, Dunay knyazligi va Zakavkazeda ulkan g’alabalarga
erishdi.
O’sha vaqtda graf P. A. Rumyansev Rus harbiy mahoratini o’stirishda juda
katta rol o’ynadi, u rus otliq askarlarini qayta tuzish va piyoda askarlar harakatida
kolonna-kolonna bo’lib yurishdan iborat jangovor tartibni va yoyilib saf tortishni
birinchi bo’lib qo’lladi. Rumyansevning asosiy strategik maqsadi dushman
armiyasini yo’q qilishdan iborat deb hisoblardi, bu maqsadga u ustalik bilan ya’ni
tashabbusni ko’lga olish va dushman qo’shinlarini bo’lak bo’lak qilib tor-mor etish
orqali erishishga intilardi.
Pol’shani taqsimlashni boshlovchi Prussiya edi. Lekin XIX asrda Vena
kongressidan keyin Pol’shaning asosiy o’lkalari Rossiya imperiyasi asoratiga
71
tushib qolgach, pol’yak va ayniqsa, prus publitsistlari, Pol’shani taqsimlash
Peterburgda ishlab chiqilgan degan fikrlarni bildirgan edilar.
Pol’shani birinchi taqsimlashda (1772) Fridrix II Pol’shaning dengiz bo’yini
bosib oldi. U olgan yerlar Avstriya va Rossiya olgan yerlardan kam, biroq
ahamiyati jihatdan yuqori edi. Fridrix II sharqiy Prussiyani boshqa hududlari bilan
butun qilib birlashtirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Rossiyaga Belorussiyaning bir
qismi – eng katta, lekin aholisi eng kam qismi berildi. Avstriyaga berilgan qismida
esa aholisining soni kam, iqtisodiy rivojlanishi past edi.
Pol’shaning birinchi parchalab yuborilishi Pol’sha davlatining Prussiya,
Rossiya va Avstriya tomonidan batamom yo’q qilinishining boshlanishi edi.
1772-yilgi taqsimlashni yakunlashda shuni aytish lozimki. Rech
Pospoliyataning qolgan butun hududi Rossiya imperiyasi ta’siriga o’tdi.
1768 – 1772-yillardagi Rossiya – Turkiya urushi Turkiyani taqsimlashni
umum Yevropa miqyosidagi masalaga aylantirdi. 1774-yili Kuchuk-qaynarjada
Rossiya bilan Turkiya o’rtasida sulh tuzildi. Rossiya Qora dengiz bug’ozlarida
savdo kemalarining yurish huquqiga ega bo’ldi, Azov va Kerchni oldi. Turkiya
Qrimni mustaqilligini tan oldi, pravoslav cherkovini ta’qib qilmaslikni o’z
zimmasiga oldi. Bu sulh Rossiyaning tashqi syyosat sohasida erishgan juda katta
yutug’i edi.
1787-yili Rossiya – Fransiya savdo shartnomasi tuzildi, bu shartnomaga
muvofiq Marselda rus tovarlari eng og’ir bojlardan xalos bo’ldi, fransuzlar ham
imtiyozga ega bo’ldilar.
Fransiyada burjua inqilobi yetilib kelayotgan vaqtda, Yevropaning
markazida Avstriya bilan Prussiyaning kurashi davom etmoqda edi. 1778-yil
Kurfyurst Bavarskiy vafotidan keyin, Iosif II Gabsburg Bavariyani Avstriyaning
meros mulklariga qo’shib olish maqsadida, bosib olishga urindi, ammo u
Prussiyaning qarshiligiga uchradi. Meros uchun janjal boshlandi, vositachi Rossiya
bu janjaldan foydalandi. Diplomatlarning Teshindagi kongressida (1779) u
Avstriyaning Bavariyadan voz kechishga majbur qildi, Vestfaliya shartnomasiga
72
ko’ra Rossiya german davlatlari o’rtasidagi janjallarga aralashish huquqiga ega
bo’ldi. Ruslarning ta’siri butun Germaniyaga yoyildi.
1784-yili Avstriya yana mag’lubiyatga uchradi, imperator Iosif II
Gollandiyadan
Shelda
daryosining
quyilish
joyida,
ya’ni
Avstriya
niderlandiyasining asosiy savdo yo’lini Belgiya savdosi uchun ochib qo’yishni
talab kildi. Shelda daryosining quyilish joylari XVII asrdan boshlab, Belgiya
savdosi uchun yopib qo’yilgan edi. Bu Belgiyadagi viloyatlarning iqtisodiy
rivojlanishiga to’sqinlik qildi. Fransiyaning yordami bilan gollandlar Iosif II dan
10 mln. florin pul to’lab qutuldilar, bundan 4,5 florinini fransuz saroyi to’ladi.
Iosif II bu mag’lubiyatidan keyin o’zining qolgan o’lkalaridan uzoqda
bo’lgan zaif Niderlandiya viloyatlaridagi hukmronligini mustahkamlashdan
umidini uzib, Avstriya Niderlandiyasini Bavariyaga almashtirmoqchi bo’ldi.
Fridrix II bu maxfiy rejani bilib qoldi va 1786-yili Avstriyaga qarshi Shimoliy
Germaniya bilan O’rta Germaniyaning “knyazlar ittifoqini” tuzdi. Iosif II
chekinishga majbur bo’ldi. Ittifoq tarqaldi.
1772-yilda Iosif II bilan Yekatirina II Usmon imperiyasini taqsimlab olish
fikriga keldilar. 1781-yilda ular Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzdilar. Iosif II
Serbiyani bosib olish va Avstriyaning Adriatika dengiziga chiqishga erishish
niyatida edi Avstriya bilan ittifoq tuzilishi Rossiyaning sharqda keskin hujumga
o’tishi imkonini berdi. 1783-yildayoq Qrim qo’shib olindi va Gruziya ustidan rus
protektorati o’rnatildi.
Usmon imperiyasida rus va avstriys savdogarlarining huquqlari fransuz
savdogarlarining huquqlari bilan tenglashtirildi. Qora dengiz bo’yining, shu
jumladan, Turkiya hukmronligi zamonida Rossiyani vayron qiluvchi bosqinlar
kilib turgan qrim tatarlarning tayanchi bo’lib kelgan Qrimning Rossiyaga qo’shib
olinishi, Rossiya janubida ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlantirishga imkon
yaratdi.
Qurolli betaraflik ittifoqining vujudga kelishi, Rossiyaning faol siyosat
yurgizishi va Pol’shaga va yaqin sharqqa ta’sir o’tkazish
sohasida erishgan
muvaffaqiyatlari Angliya – Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab
73
bo’ldi. Uilyam Pitt Rossiyaga qarshi Usmon imperiyasini qo’llab-quvvatlay
boshladi. 1788-yili tuzilgan Angliya – Prussiya – Gollandiya ittifoqi
Yekaterinaning tashqi siyosatiga qarshilik ko’rsatdi. Yekaterina “Uch davlat
ittifoqi”ga qarshi to’rt davlat koalitsiyasini ya’ni (Fransiya, Ispaniya, Rossiya,
Avstriya) ittifoqini tuzmoqchi bo’ldi. Ammo bunga erisha olmadi.
Angliya, Prussiya va Pol’shani gij-gijlayotgan Turkiya 1787-yili Rossiya
tomonidan siqib qo’yilgandi. Vengriyada va Belgiyada unga qarshi qo’zg’olon
ko’tarilishi xavfi bor edi. O’z raqibidan qasdini olish uchun qulay fursat poylab
turgan Prussiya hujum kilib qolishi mumkin edi.
1788-yili Avstriya qo’shinlari turklar tomonidan tor-mor keltirildi.
Sarosimaga tushib, qochish vaqtida kechasi imperatorning o’z soldatlari tomonidan
o’ldirilishiga sal qoldi. 1788-yil 3-iyunda ruslarning F. F. Ushakov rahbarligidagi
Qora dengiz floti Feodosiya yonida turk flotini yengdi. Ushakov Ochakov qal’asini
uzoq vaqt qamal qilib, 1788-yilning dekabrida ishg’ol qildi. 1789-yilning 23
sentyabrida esa buyuk sarkarda A.V.Suvorov boshchiligida Rimpik daryosi yonida
Turk armiyasini tor-mor qildilar.
Natijada rus harbiy san’ati Yevropada birinchi o’ringa ko’tarildi. “Yettiyillik
urush” vaqtida rus armiyasi Prus armiyasidan ustunligini isbot qildi. O’z tarkibi
jihatidan milliy armiya bo’lgan rus armiyasi qariyib uchdan bir qismi yollanma
askarlardan tuzilgan Prus qo’shinlaridan farq qilardi hamda Avstriya va Fransiya
qo’shinlaridan ancha ustun turardi. Suvorov manevr va shiddatli urushga ahamiyat
berardi. Suvorovning ajoyib sarkardalik talanti 1787 – 1791-yillardagi Rossiya-
Turkiya urushida ravnaq topdi va rus diplomatiyasining muvaffaqiyatlariga muhim
omil bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |