Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


O’rta asrlarda Xitoyning xalqaro aloqalar tizimida tutgan o’rni



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
O’rta asrlarda Xitoyning xalqaro aloqalar tizimida tutgan o’rni. 
Xan 
imperiyasi parchalanib ketgandan so’ng Xitoy hududi bir nechta mayda davlatlarga 
bo’linib ketgan. 618- yildagina Shimoliy-G’arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li 
Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi jihatidan chala turk edi) hokimiyatni qo’lga 
kirigan va Tan sulolasiga asos solgan. Tan imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, 
ya’ni 618- yildan 907- yilgacha hukmronlik qilgan. Mamlakatning birlashtirilishi, 
xo’jalikning jonlanishi, harbiy qudratning o’sishi Suy va Tan imperiyalarining 
siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga yordam bergan edi. 
Markaziy Osiyoning ulkan kengliklarida ko’chmanchi qabilalarning ittifoqi 
bo’lgan Turk xoqonligining yuzaga kelishi Xitoy yerlariga jiddiy tahdid 


47 
hisoblangan. Xitoy imperiyasi xali o’ta zaif bo’lganligi sababli Turk xoqonlarining 
turli ustunliklarini tan olgan va hatto uzoq muddatga tinchlikni saqlash uchun 
o’lpon to’lab turishga rozi bo’lgan. 
Shimoliy-sharqda esa siyosat o’zgacha ko’rinish kasb etgan. Bu yerda Suy 
imperatorlari Moxe qabilalari va shimoliy koreys davlati Koguryoga qarshi uzoq 
davom etgan va unchalik muvaffaqiyatli bo’lmagan urushlarni boshlaganlar. 
Asosiy maqsad, Lyaoninni va koreyslar o’sha paytlarda ustunlik qilgan Sariq 
dengizga olib boruvchi dengiz yo’llarini qo’lga kiritish edi. Koreyaga qarshi 
urushlar deyarli bir asr mobaynida davom etgan. 
Imperiya mustahkamlanib borgan sari ilgari turk xoqonlari bilan do’stona 
munosabatlarda bo’lgan hukmdorlar qo’shnilariga qarshi urushlar olib borishga 
o’tganlar. 
VII asrning 30–40- yillarida Xitoy qo’shinlari mo’g’ul dashtlariga va Buyuk 
ipak yo’li bo’ylab harbiy yurishlarni amalga oshirgan.
O’rtadagi imperiyaning hududiy jihatdan kengayishi turk va tibet 
qabilalarining doimiy bosimi, hamda arab istilochilarining tahdidi ostida bo’lgan 
xalqlarning 
xitoyliklar 
bilan 
yaqinlashishlariga 
sabab 
bo’lgan. 
Hatto 
Sosoniylarning so’nggi podshosi Yozdagir III arab istilochilaridan qochib, Eronni 
tark etgan va Xitoydan ko’mak so’ragan. Uning o’g’li va nabirasi o’zlarini Tan 
davlatining vassallari deb tan olganlar. 
VII asrda Tibetda dastlabki davlat vujudga kelgan va uning podshosi 
Sronszangbo o’zining katta qo’shini bilan Hitoyga yurish boshlagan. 641- yilda 
Sronszangbo va Xitoy imperatori Li Shamin o’rtasida tinchlik bitimi tuzilgan. 
Tibet hukmdori o’zini Xitoy vassali deb tan olgan.
Endigina asos solingan Lxasaga ham xitoylik amaldorlar, savdogarlar va 
harbiylar kirib kela boshlagan. Xitoy va Hindiston bilan aloqalarda Lxasa hududiy 
jihatdan muhim ahamiyat kasb etardi. 641- yilda Shimoliy Hindiston hukmdori 
Xarsha Xitoyga elchilik yuborgan va tuhfalar bilan etib kelgan ushbu elchilik 
Chan’an saroylarida izzat bilan kutib olingan. Ikki yildan so’ng Li Shamin javob 
elchiligini jo’natgan. Ushbu elchilik ishtirokchisi, o’qimishli buddist, saroy 


48 
gvardiyasi boshlig’i Van Syuanse Lxasada imperator vakili sifatida qoldirilgan. U 
647- yilda yana bir bor Hindistonga safar qilganda Xarsha vorisi Arudjinaning 
qo’shini elchilarga hujum qilgan. Van Syuanse, Tibetga qaytib kelib, tibetliklar, 
xitoyliklar va gurkaslardan (Nepal aholisi) iborat qo’shin to’plagan va Gang 
bo’ylab yurish qilgan. Arudjina mag’lub etilib, asirlar qatori Chan’anga 
jo’natilgan. Ushbu voqeadan keyin shimoliy-sharqiy Hindiston zodagonlari, Tan 
imperiyasi bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xitoyga sovg’alar 
sifatida otlar, qurollar, qimmatbaho buyumlarni yuborganlar. Ikki mamlakat 
o’rtasida savdo aloqalari o’rnatilgan. Van Syuanse elchiliklar tarkibida yana ikki 
marotaba Hindistonga safar qilgan. 668- yilda Hind elchiligi Xitoydan harbiy 
yordam so’ragan. Keyinroq Tibet orqali olib boradigan yo’l uzilib qolgan va ikki 
mamlakat o’rtasidagi aloqalar Birma va dengiz orqali davom etgan. 
907- yildan Tan imperiyasi inqirozga yuz tutgach, bir necha o’n yilliklar 
davomida Xitoyda to’la tarqoqlik hukm surgan. 960- yilda Sun sulolasi hokimiyati 
ostida Xitoy qaytadan birlashtirgan. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi. 
Sun imperiyasi Tan imperiyasi singari kuchli bo’lmagan. Turk, mo’g’ul 
qabilalari va G’arbdagi boshqa ko’chmanchi qabilalar Sun imperiyasi 
chegaralariga borgan sari kuchliroq xavf solib turganlar. Sun imperatorlari 
uyg’urlar, tangutlar va kidanlarga qarshi urushlar qilishga majbur bo’lgan. Biroq, 
bu mamlakatlarni Xitoyga bo’ysundira olmaganlar. Shunga qaramasdan, Sun 
sulolasi davrida Xitoyning xalqaro aloqalari qaytadan mustahkamlangan. O’rta 
Osiyo, Hindiston va Hindi-Xitoy bilangina emas, balki Koreya, Yaponiya va 
Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqi savdo aloqalari olib borilgan. 
. XII asrda Sun sulolasining ahvoli og’irlashgan. 1127- yildan boshlab 
Sunlar faqat Janubiy Xitoyni o’z nazorati ostida ushlab turganlar, xolos. Shimoliy 
Xitoy chjurchjenlarning Szin deb atalgan yangi bir katta davlati tarkibiga kirgan. 
XIII asr boshlarida Shimoliy Xitoy mo’g’ullar tomonidan bosib olingan. Faqat 
janubiy Xitoydan iborat bo’lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o’shanda ham 
hamma viloyatlar uning tarkibiga kirmas edi) 1279- yilgacha, ya’ni 


49 
Chingizxonning nabirasi Xubilay zabt etmaguncha umr ko’rgan. Xubilay yangi 
mo’g’ul sulolasiga asos solib, bu sulola xitoycha Yuan deb nomlangan. 
XIII
asrning 50–60- yillarida butun mamlakatda mo’g’ul istilochilariga 
qarshi qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan. 1368- yilda qo’zg’olonchi dehqon armiyasining 
rahbarlaridan biri bo’lmish Chju Yuan-Chjan imperator deb e’lon qilinib, Min 
sulolasi hukmronligi boshlangan. Ushbu sulola Xitoyni 1368- yildan to 1644-
yilgacha idora qilgan. 
XIV asrning oxirgi choragi – XV asrda Min sulolasi Koreya, Tibet, 
V’yetnam, Indoneziya, Hindi-Xitoy, Malakkaga nisbatan faol tashqi siyosat olib 
borgan. Ushbu mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan. 
Ayniqsa, 1403–1433- yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi yettita 
dengiz ekspeditsiyalarining ko’lami katta bo’lgan. Min hukumati elchiliklar 
almashish vositasida Yaponiya, Kampuchiya, Hindiston, Temuriylar davlati kabi 
mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni ta’minlashga uringan.
XVI asrda Min sulolasi mo’g’ul xonlarining mamlakat chekka hududlariga 
qilgan hujumlarini bir necha bor qaytargan. 1570- yilda tuzilgan uzoq muddatli 
tinchlik bitimidan so’ng bosqinlar to’xtatilgan. Tinchlik shartnomalari xonlar va 
imperatorlar o’rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan, biroq ular doim Xitoy 
uchun manfaatsiz bo’lgan. Mo’g’ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul 
qildirganlarki, bunday savdo Xitoyga faqat zarar yetkazgan. Xitoyliklar qimmat 
mahsulotlarni (ipak, don, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga, 
chorva mollarini esa ularning haqiqiy qiymatiga ko’ra yuqoriroq narxlarda harid 
qilishga majbur bo’lganlar. 
Min imperiyasi ayrim davlatlar bilan tinch savdo aloqalariga ega bo’lgan. 
Xitoy hunarmandlarining mahorat bilan ishlangan buyumlari mamlakatdan 
anchagina tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin