Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. “Devon-ar-risolat”ning vazifalari haqida ma’lumot bering?
2. Arab diplomatiyasida nima uchun chet davlatlariga ikki nafar elchi 
yuborilgan? 
3. Buyuk Karl va Xorun ar-Rashid o’rtasida elchilik aloqalari haqida 
nimalarni bilasiz? 
4. Saljuqiy turklar va Xitoy o’rtasidagi elchilik munosabatlari nimadan 
iborat? 
5. O’rta asrlar diplomatiyasida savdoning o’rni haqida aytib bering? 
6. Abul Fazl Bayhaqiy o’zining esdaliklarida Arab xalifaligidagi elchilik 
munosabatlari haqida qanday fikrlar bildirgan? 
7. Nizomumulkning “Siyosatnoma” asarida elchi va uning faoliyati haqida 
so’zlab bering? 
8. Arab diplomatiyasida “Delegatsiyalar yili” qaysi yilni o’z ichiga oladi? 


53 
9. Qaysi Usmoniylar sultoni Fransiya bilan Gabsburglar imperiyasiga qarshi 
ittifoq tuzgan?
 
XVII – XVIII ASRLARDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. XVII asr boshlarida yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning 
keskinlashuvi. 
2. “O’ttiz yillik urush”dan so’ng xalqaro maydondagi siyosiy voqealar. 
3. Shimoliy urush tamom bo’lishidan to buyuk Fransiya burjua inqilobi 
boshlanguncha o’tgan davr ichidagi xalqaro munosabatlar. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Fransuz tili.
 
“O’ttiz yillik urush”. Yevangeliya 
uniyasi. Katoliklar ligasi. Vestfaliya sulhi. Pireniya sulhi. Kyurfiristlar. Ispan 
merosi. Shimoliy urush. “Vorislik urushi”. Pyotr I. Yekatirina II. Nikita Ivanovich 
Panin. Rossiya – Turkiya urushi. 
 
XVII asr boshlarida yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning 
keskinlashuvi.
XVII asrning xususiyati uning ilk yangi davrning qoq markazida 
bo’lganligidadir. Ushbu asrdagi xalqaro siyosatning mazmuni va tamoyillarini 
hosil qilgan davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, XIV asrning merosiga 
tayanardi, ikkinchi tomondan, ushbu siyosatning kelgusi asrdagi rivojlanishini 
ma’lum darajada belgilab berardi. Ushbu davrda diplomatiyaning tutgan o’rni 
yanada ahamiyatli bo’lib bordi, diplomatik xizmataing oyoqqa turishi va 
takomillashishi ro’y bermoqda edi. Fransuz tili diplomatik aloqalarning rasmiy 
tiliga aylangan. XVII asrda paydo bo’lgan dastlabki gazeta va jurnallardan siyosiy 
va diniy kurashda, demak xalqaro munosabatlarda ham, keng foydalanilgan. 
Bundan tashqari, diniy omilning xalqaro munosabatlar holatiga ta’sir ko’rsatishi 
davom etgan. XVII asrning o’rtalarigacha davlatlararo ittifoqlarning shakllanishi 
va harbiy to’qnashuvlarning yuzaga kelishi asosan diniy tamoyillar negizida ro’y 


54 
berardi. Ko’p hollarda xristian dinidagi turii konfessiyalar (yo’nalishlar va 
oqimlar)ning vakillari prinsipial raqiblar sifatida namoyon bo’lgan. Bu esa 
Yevropa mamlakatlarini o’zaro qarama-qarshiligiga olib kelgan. 
Qudratli buyuk davlat – Usrnoniylar imperiyasi xalqaro munosabatlarning 
yana bir omili edi. Ulkan harbiy va moddiy kuchga ega bo’igan Istanbul 
Yevropada yuzaga kelayotgan xalqaro munosabatlar tizimida tnuhim rol o’ynagan. 
Yevropa davlatlari Usmoniylarga qarshi ittifoqlar tuzish yo’lidan borishgan, 
garchand imperiyaga yaqin joylashgan mamlakatlar tinchlikni saqlashga moyillik 
bildirsa ham. 
Kuchlar muvozanatini saqlash g’oyasi xalqaro munosabatlar tizimida 
belgilovchi tamoyillardan biriga aylangan. Yirik davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar 
alohida ahamiyatga ega edi. Ushbu davlatlar o’zlarining atrofiga o’rta va kichik 
mamiakatlarni jalb etib, turii ittifoqlar tuzishardi. Shu tarzda ko’plab mamlakatlar 
diplomalik va harbiy nizolarga tortilardi. Asosiy maqsad, birorta davlatning boshqa 
davlat evaziga haddan tashqari kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va mavjud 
vaziyatni saqlash edi. 
Tashqi siyosatning asosiy ko’rinishlaridan biri bu – davlatlar tomonidan olib 
boriladigan urushlar edi. Xalqaro nizolarni keltirib chiqaradigan sabablar orasida 
chegara mojarolari, sulolaviy da’volar, savdo monopoliyasi uchun kurash va 
boshqalami ko’rsatish mumkin. Uzoqqa cho’ziladigan tavsifga ega bo’lgan harbiy 
operatsiyalarning ko’lami kengayib bordi. Bu esa asosan yollanma askarlardan 
iborat doimiy armiyalarning mavjud bo’lishini talab qilardi. 
“O’ttiz yillik urush” (1618–1648- yy.) XVII asrdagi xalqaro hayotning eng 
yirik voqeasi bo’ldi. Bu urush umumyevropa miqyosdagi birinchi urush edi. Uning 
girdobiga ko’plab mamlakatlar tortilib ketdi. 
“O’ttiz yillik urush”ning boshlanishidan oldin Germaniyada ichki kurash ayj 
oldi. XVII asr boshida kontrreformatsiyaning hujumi kuchayib bordi. Protestantlar 
tomonidan erishgan mavqelarini birin-ketin yo’qotib borishi nafaqat umumgerman, 
balki xalqaro ta’sirga ega edi. Germaniyada diniy-siyosiy vaziyatning 


55 
keskinlashuvida Yevropa davlatlari orasidagi murakkab o’zaro bog’liklar va 
ziddiyatlar katta rol o’ynadi. 
1608–1609- yillarda bu yerda nemis knyazlarining, konfessional (diniy) 
negizdagi ikki harbiy-siyosiy ittifoqi yuzaga keldi: Yevangeliya uniyasi (Injilchilar 
ittifoqi) va Katolik ligasi. Ikkala ittifoq ham xorijiy davlatlarning ko’magini oldi. 
Natijada Germaniyadagi har qanday harbiy to’qnashuv, davlatlar orasidagi 
keskinlashgan munosabatlar sharoitida, xalqaro nizoga aylanib ketishi mumkin edi. 
Aynan shunday holat “O’ttiz yillik urush”ning boshida ro’y berdi va Germaniya 
harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 
G’arbiy Yevropaning siyosiy hayotidagi asosiy to’qnashuvi – bu Ispaniya va 
Avstriya Gabsburglari ittifoqining Fransiya bilan qaytadan boshlanib ketgan 
kurashi edi. Ikkala kuch ham qit’aning ushbu qismida uslivorlikga da’vogarlik 
qilardi. Chexiyadagi iokal nizodan boshlangan urush Shimoliy Germaniyaga 
yoyildi, keyinchalik esa Markaziy Yevropaning ulkan hududlarini qamrab oldi. 
Yevropa mamlakatlarining muayyan tnanfaatlari urushning turli bosqichlarida 
ularning qatnashuvini belgilab berdi. “O’ttiz yillik urush” to’rtta davrdan iborat: 
“Chexiya davri” (1618–1629- yy.), “Daniya davri” (1625–1629- yy.), “Shvedlar 
davri” (1630–1635- yy.) va “Fransuz-shvedlar davri” (1635–1648- yy.). Dastlabki 
uch davrda Gabsburglarning qo’li baland keldi. Oxirgisida esa imperiya va uning 
ittifoqchilari mag’lub etildilar. 
Kurashayotgan tomonlarning tinkasi quridi, asosiy harbiy harakatlar olib 
borilgan Germaniyada aholi xonavayron etildi. Natijada armiyalarning ta’minotini 
amalga oshirish imkonsiz bo’lib qoldi. Qolaversa, urushayotgan mamlakatlarning 
o’zida ijtimoiy vaziyat keskinlashib bordi. Urushni to’xtatish zaruriyati yuzaga 
keldi. 
1638- yilning o’zidayoq Rim papasi va Daniya qiroli urushni to’xtatishga 
da’vat etishdi. Ikki yildan so’ng Regensburgdagi German reyxstagi tinchlik 
muzokaralarini boshlash g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Biroq, sulhni diplomatik 
tarzda tayyoriashga kechroq kirishildi. Faqatgina 1644- yilda Myunsterda tinchlik 
kongressi ochildi; bu yerda imperator va Fransiya o’rtasida muzokaralar olib 


56 
borildi. 1645- yilda Vestfaliyaning Osnabryuk shahrida esa shved-german 
munosabatlari muzokaralar orqali muhokama qilindi. 
1648- yil 24- oktyabrda Myunster va Osnabryukda imzolangan tinchlik 
shartnomalari nafaqat ushbu o’ttiz yiilikka, balki reformatsion kuchlari va ularning 
raqiblari o’rtasidagi qarama-qarshiligi davriga yakun yasadi. Vestfaliya sulhida 
Yevropada hududiy o’zgarishlar masalalari hal etilgan edi. Bundan tashqari, 
Germaniya imperiyasining siyosiy tuzilishi, uning hududlaridagi din masalasi, 
Gollandiya va Shveytsariyaning mustaqilligini xalqaro huquq tomonidan 
tasdiqlanishi ham sulhida o’z aksini topdi. Tinchlik Yevropa davlatlari tartibiga va 
Germaniyadagi vaziyatga sezilarli o’zgarishlarni kiritgan majburiy yon berishlar 
natijasida tuzildi. 
Hududiy jihatdan hammadan ko’proq Shvetsiya foyda ko’rdi. Bundan 
tashqari, Shvetsiya katta pul to’lovini qoiga kiritdi va o’zining xalqaro mavqeini 
oshirdi. Shvetsiya Boltiqda hukmronlik qilish maqsadiga erishdi va Yevropaning 
buyuk davlatiga aylandi. 
Fransiya ham o’ziga kerakli siyosiy natijaga erishdi – Germaniya 
imperiyasining siyosiy mavqei zaiflashdi va uning hududiy tarqoqligi saqlanib 
qolindi. Hududlarga ega bo’lish masalasida esa Fransiya imperiya hisobidan 
nisbatan oz yerlarni qoiga kiritdi. 
Vestfaliya sulhi (1648- yil, 24- oktyabr’) Germaniyaning siyosiy tarqoqligini 
ikki yuz yilga mustahkamladi. Nemis knyazlari o’zaro ittifoqlar va xorijiy davlatlar 
bilan shartnomalar tuzish huquqini qo’lga kiritishdi. Bu esa ularning suverenligini 
ta’minladi. Vestfaliya sulhidan so’ng imperiyaning o’zi, rasman saylanadigan 
monarx va doimiy reyxstaglari mavjud davlatlar ittifoqi bo’lib qolib, amalda 
“imperiya mansabdorlarning” quramasiga aylandi. Katolitsizm va lyuteranlik bilan 
bir qatorda kalvinizm ham imperiyada rasmiy din maqomini oldi. Vestfaliya sulhi 
natijasida Ispaniya urushlarining bir qismini yakunladi, xolos: Fransiyaga qarshi 
harbiy harakatlar davom ettirildi. Ular orasidagi tinchlik faqatgina 1659- yilda 
tuzildi. Gabsburglarning Yevropadagi ustuvorligiga Vestfaliya sulhi barham berdi. 
Yagona xristian imperiyasini barpo etish g’oyasi, hamda Ispaniyaning katolik 


57 
zo’ravonligi puchga chiqdi. Shunday bo’lsa ham, Avstriya imperiyasining o’zi 
urushda mag’lubiyatga uchramadi, nemis knyazlari esa (ham katoliklari, ham 
protestaritlari) o’zlning to’la suverenligida mustahkamianishdi. Vestfaliya sulhi, 
Yevropada kuchlarning yangi nisbatini o’rnatib, ikki yirik tarixiy davrning 
chegarasiga ayiandi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin