Birinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar.
Imperializm
davridagi xalqaro munosabatlar kapitalistik davlatlarning tashqi siyosatida
kapitalistik monopoliyalar va moliya oligarxiyasining manfaatlari hukmronlik
qilishi bilan, dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bu davlatlar o’rtasida kurash
borishi bilan xarakterlanadi. Ayni bir vaqtda kapitalistlarning ittifoqchilari, ya’ni
yirik monopolistik birlashmalar o’rtasida dunyoni bo’lib olish, mol sotish
bozorlarini, xom-ashyo manbalarini taqsimlash uchun kurash olib borildi.
Imperializm davrida kapitalistik mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy
jihatdan notekis rivojlanishining keskin ravishda kuchayishi imperialistik davlatlar
o’rtasidagi muvozanatning tez-tez izdan chiqib turishiga olib keladi. Ayrim
imperialistik mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy qudratining nisbati o’zgarib turishi
natijasida ularning amaldagi kuchi mustamlakalar, bozorlar uchun yetmas edi.
Tezroq o’sayotgan davlatlar o’z monopolistlariga bozor va xom-ashyo manbalarini
to’la egallash, mustamlakalarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan juda katta ustama
foyda olishlarini ta’minlash uchun boshqa davlatlar hisobiga o’z mustamlakalarini
kengaytirishga intildilar. “Bo’sh”, ya’ni hech qaysi kapitalistik davlat tomonidan
egallanmagan territoriya qolmagandan so’ng, bu intilish mustamlakalar va ta’sir
doiralarini qayta bo’lish uchun urinib ko’rishga olib keldiki, bunda qurolli kuch
ishlatishdan ham tap tortilmaydi. Shunday qilib, imperializm muqarrar suratda
kapitalistik davlatlar o’rtasida ziddiyatlarning keskinlashishiga va urushlarni
keltirib chiqaradigan iqtisodiy zaminning yaratilishga olib keladi. Bunda zo’r berib
qurollanish va urushlarning o’zi kapitalistlar uchun ustama foyda olish manbai
bo’lib qoldi. Imperializmga qarshi kuchlar va avvalo butun dunyo ishchilar sinfi,
shuningdek ezilgan millatlarning ozodlik harakati yetarli darajada kuchli va
uyushgan bo’lmagan bir davrda, imperialistik urushlarning bo’lishi muqarrar edi.
XIX asrning keyingi o’n yilligi AQShning faol ravishda mustamlakachilik
siyosati maydoniga chiqishi bilan xarakterlanadi. Amerika ekspansiyasi ikki asosiy
tomonga Uzoq Sharqqa va Lotin Amerikasiga tomon rivojlanib bordi va AQSh
1893- yilda Gavay orollarini bosib oldi. AQShning G’arbiy qirg’og’idan Xitoy
120
qirg’oqlarigacha bo’lgan yo’lning qoq yarmida joylashgan bu orollar AQShning
Tinch okean markazidagi muhim tayanch punktiga aylandi.
1898- yilda AQSh Ispaniyaga qarshi urush boshlab, uning ustidan osongina
g’alaba qozondi. Ispaniya Filippin orollarini, Puerto-Riko va Kubani AQShga
berishga majbur bo’ldi. Ispaniya Amerika urushi bir kapitalistik davlat
(AQSh)ning ikkinchi imperalistik davlat (Ispaniya)ga qarshi, Ispaniya davlatining
mustamlakalarini egallash uchun olib borilgan urush bo’ldi. Bu dunyoni qayta
taqsim qilish uchun olib borilgan birinchi urush, birinchi imperialistik urush edi.
AQShning Uzoq Sharqdagi ekspansiyachilik siyosatining markaziy ob’ekti
Xitoy bo’lib qoldi. AQShning hukmron doiralari Xitoyga Amerika kapitalining
kelajakdagi muhim bozor sifatida qarardilar. Ammo Xitoy boshqa yirik davlatlar
ta’siriga allaqachon tushib qolgan edi. Shuning uchun AQSh 1899- yilda davlat
sekretari Xey orqali Xitoyda “Ochiq eshik” doktorinasi deb atilgan doktorinani,
ya’ni Xitoyga iqtisodiy sohada erkin kirib borish va barcha millatining kapitali
faoliyati uchun teng sharoit tug’dirishni e’lon qildi. O’zining iqtisodiy kuch-
qudratiga ishongan Amerika kapitali Xitoydagi barcha konkurentlarini yenga
olishga umid bog’ladi. AQSh hukumati Rossiyani o’zining Xitoydagi asosiy raqibi
deb hisoblab, shuning uchun AQSh hukumati, ingliz hukumati kabi Rossiyaga
qarshi Yaponiyani qo’llab-quvvatladi.
Ilgaridan mavjud bo’lgan xalqaro ziddiyatlar imperializm davriga ham o’tib
keldi. Monopolistik kapitalning davlatlar tashqi siyosatiga ta’siri bo’lgan sharoitda
bu ziddiyatlar yanada keskinlashib bordi. Masalan, Elzas va Lotaringiya masalasi
bo’yicha Fransiya bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlarni Lotaringiya temir
rudasi uchun german kapitaliga qarashli qudratli Reyn-Rur monopoliyalarining
fransuz og’ir sanoat monopolistlariga qarshi olib borgan kurashi yanada
keskinlashtirib yubordi. Bunda fransuz imperializmi Elzas va Lotaringiyaning
1871- yilda Germaniya bosib olgan qismini qaytarib olmoqchi bo’lsa, german
imperializmi Fransiya qo’lida qolgan Brie va Longvi havzalarini bosib olmoqchi
bo’ldi. German imperialistlarining Fransiyaga qarshi kurashi shu bilan birga
Germaniyaning Yevropada gegemonlik qilish uchun kurashi bo’ldi.
121
1873- yildagi iqtisodiy inqirozdan keyin Germaniyaning savdo sohasidagi
konkurensiyasi Angliyaning ta’bini xira qila boshladi. Shu bilan birga, german
imperiyasining yuksalishi kit’ada Germaniyaning gegemonligi o’rnatilishidan
qo’rqqan Angliyani xavfga solib qo’ydi.
Keyingi o’n yillikda Angliya bilan Germaniya o’rtasidagi munosabatlarni
yanada keskinlashtirgan faktorlarga mustamlakalar uchun kurash qo’shildi. 90-
yillarning o’rtalarida juda katta mustamlakasi imperiyani tuzish Germaniya tashqi
siyosatining asosiy vazifasi bo’lib qoldi. Shu davrdan boshlab, ingliz-german
ziddiyatlari g’oyat keskinlashib ketdi va xalqaro siyosatdagi ahamiyati juda katta
bo’ldi. Bu ziddiyatlarning keskinlashuviga shu narsa sabab bo’ldiki, ular
Yevropadagi sanoati eng kuchli bo’lgan davlatlar edi, buning ustiga bu davrda gap
“bo’sh” yerlarni bo’lib olish haqida emas, olgan hududni qayta taqsimlash ustida
borardi. Yosh german imperializmi juda qat’iy turib dunyoni butunlay yangidan
qayta bo’lish masalasini qo’ya boshladi. Angliya bilan Germaniya o’rtasidagi
ziddiyatlarning o’sib borishi munosabati bilan, do’stona munosabatlar 90-
yillarning o’rtalariga kelib tez keskinlashib ketdi. Germaniya imkoni bor joyda
Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi harakat qila boshladi. Raqobat
qilish hududlaridan biri Janubiy Amerika bo’lib qoldi, u yerda Germaniya
Angliyaga va uning Bur respublikalaridagi ta’siriga qarshi kurash boshladi.
Jensonning Transvaalga qilgan (1895) muvaffaqiyatsiz hujumidan so’ng 1896- yil
yanvarda Vil’gel’m II namoyishkorona prezident Kryugerga tabrik telegrammasi
yubordi. Transvaalni o’z mulki deb hisoblagan Angliyada Kayzerning bu
telegrammasi ig’vogarlikdan iborat qadam deb kutib olindi. Yaqin va o’rta Sharq
ham o’sha davrdagi ikki imperialistik yirtqichning raqobat doirasidan chetda
qolmagan edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kapitalistik dunyo mustamlakachilik
zulmiga qarshi qaratilgan kuchli xalq harakatiga duch keldi. 1900- yilda Xitoyda
xalq qo’zg’oloni boshlandi. Qo’zg’olonchilar Pekinni bosib olib, “elchixonalar”
kvartalini qamal qila boshladilar. Qo’zg’olonni bostirish uchun xalqaro jazo
korpusi yuborilib, uning sostavida barcha yirik kapitalistik davlatlar bor edi. 1900-
122
yil 15-avgustda xalqaro “jazolovchilar” Pekinni ishg’ol qildilar. Qo’zg’olon misli
ko’rilmagan sxavfqatsizlik bilan bostirildi. Pekindagi saroylar va ibodatxonalar
chet el ofitserlari tomonidan talandi. Xitoyning imperator hukumati imperialistik
davlatlarning hukumatlari bilan muzokara boshlashga va yakunlovchi protokol deb
atalgan shartnomaga qo’l qo’yishiga majbur bo’ldi. Xitoy hukumati Xitoyning
milliy iftixorini oyoqosti qilgan turli xil shartlarni qabul qilishdan tashqari,
imperialistik davlatlarga “qo’zg’olon natijasida chet elliklarning ko’rgan zarari
evaziga” anchagina kontributsiya to’lashga, shuningdek, Xitoyga qurol olib
kirishni man qilishga rozilik berdi. Qo’zg’olon paytida Rossiya o’z qo’shinlari
bilan Man’chjuriyaning bir qismini bosib oldi. Angliya Xitoyni asoratga solishda
chet el kapitalining faol ish ko’rayotgan asosiy markazi bo’lgan Shanxayni bosib
oldi. Ingliz imperializmi Shanxayni egallab turishi va Yanszi daryosi vodiysida
kuchli ta’sirga ega bo’lishga qoniqmay, chor Rossiyani Manchjuriyadan siqib
chiqarmoqchi bo’ldi. Ingliz hukumati shu maqsadda Germaniyadan foydalanishga
urinib ko’rdi, lekin bundan hech nima chiqmadi. Rossiyaga qarshi ittifoq
to’g’risida Germaniya bilan olib borilgan muzokaralar mutaffaqiyatsiz tugadi.
Biroq ingliz imperialistlari Rossiyaga qarshi chiqishga tayyor turgan ittifoqchi
sifatida Yaponiyani tayyorladilar. Yaponiya Koreya bilan Manchjuriyani bo’ysun-
dirib, ekspansiyasini yana davom ettirish uchun platsdarm tayyorlamoqchi edi.
1902- yilda tuzilgan ittifoqchilik shartnomasiga muvofiq, bu davlatlarning
birontasi uchinchi davlat bilan urush holatiga tushib qolsa, ikki tomon ham kat’iy
betaraflikka rioya qilishga va’da berdilar. Agar ittifoqdagi bir tomonga ikkita
davlat bilan urishishga to’g’ri kelib qolsa, ikkinchi tomon betaraf turishi emas,
balki qurol bilan yordam berishni va’da qilgan edi. Shartnomadagi bu qarorlar,
amalda, agar Rossiya bilan Yaponiya o’rtasida urush chiqib qolsa, Angliya boshqa
davlatlarni masalan, Fransiyani bu urushga aralashtirmaslik uchun Yaponiyani
kafolatlaydi, degan gap edi. Ittifoq haqidagi shartnomadan tashqari, Yaponiya
Angliyaning moliyaviy yordami bilan ta’minlandiki, busiz Yaponiya Rossiyaga
qarshi Yaponiyani qo’llab, AQSh ham faol diplomatik va moliyaviy yordam berib
turdi. Ingliz-yapon ittifoqi tuzilishi bilan ingliz imperialistlari Xitoyda ingliz
123
manfaatlarini boshqalar orqali ta’minlab turish imkoniyatiga ega bo’lib qoldi.
Bundan, tashqari, 1902- yilda ingliz imperializmining kuchini band qilib turgan
ingliz-bur urushlari tamom bo’lgan edi. Shu vaqtga kelib, mustamlakachilik
sohasidagi janjalli muammolarni hal qilish yuzasidan ingliz-fransuz muzokaralari
boshlangan edi, mustamlakachilik sohasidagi bu jaljallar Fashod inqirozi kunlarida
(1898- yil kuz) ingliz-fransuz urushini chiqarishga olib kelgan edi. XX asrning
dastlabki-yillaridagi strategik vaziyat ham Fransiya hukmron doiralarini Angliya
bilan yaqinlashishga undadi. Fransiyaning ittifoqchisi bo’lgan Rossiyaning qurolli
kuchlari va mablag’larining anchagina qismi 90- yillarning oxiridan boshlab Uzoq
Sharqqa jalb qilingan edi. Bu yerdagi rus ekspansiyasini Germaniya atayin
rag’batlashtirib Yaponiya bilan urush olib borishga undamoqda edi. Kuchlarning
Uzoq Sharqda jalb kilinishi Rossiyani Yevropada zaiflashtirar, Fransiya esa
Germaniya bilan urush boshlangan taqdirda yetarli kuchga ega bo’lmay qolardi.
To’g’ri, Fransiya Uchlar ittifoqini zaiflashtirib, o’z mavqeini bir muncha
mustahkamlab olishga muvaffaq bo’lgan edi. Bu maqsadda u Italiya bilan
yaqinlashish yo’li bilan erishdi. Italiya esa o’z navbatida Fransiya bilan olib
borilgan savdo urushida juda katta zarar ko’rdi. Iqtisodiy jihatdan yaqinlashgandan
so’ng Fransiya bilan Italiya o’rtasida yana ikkita bitim tuzildi. 1900- yildagi
bitimga muvofiq, Fransiya Tripolitaniyada manfaatdor emasligini, Italiya esa
Marokashda manfaatdor emasligini bayon qildilar. Biroq Italiyaning betarafligi
taminlangan bo’lsa xam, bu betaraflik Fransiya uchun kurash bo’lgan taqdirda
Rossiya bilan harbiy ittifoqning vaqtincha bo’lsa ham o’rnini bosa olmas edi. Bu
vaziyat ingliz-fransuz muzokaralari uchun qulay sharoit yaratdi.
Keyingi voqealar Fransiyaning german agressiyasidan qo’rqishi bejiz
emasligini ko’rsatdi. 1904- yil oxirida german hukumati Rossiyaning Uzoq
Sharqda mag’lubiyatga uchraganligidan foydalanib, faqat Germaniyaning o’zi
uchun qulay bo’lgan savdo shartnomasini tuzishga rus hukumatini majbur qildi.
Vil’gel’m II bu bilan cheklanmay Nikolay II bilan Rossiya va Germaniya o’rtasida
ittifoq tuzish haqida shaxsiy muzokaralar boshlab yubordi. Germaniya hukumati
mavjud ahvolni hisobga olib, ingliz-fransuz Antantasiga qarshi chiqdi. Kansler
124
Byulov Fransiyani qo’rqitishga va uni Angliya bilan hamkorlik qilishdan voz
kechdirishga hamda Fransiyaning Marokashda mustahkamlanib olishga yo’l
qo’ymaslikka urinib ko’rdi. Byulov Marokashning mustaqilligini himoya qilish
niqobi ostida uni Germaniya ta’siridagi davlatga aylantirib qo’ymoqchi bo’ldi.
Germaniya hukumati ig’vo va qo’rqitish yo’li bilan ish ko’rdi. 1905- yil 31-
martda Vil’gel’m II namoyishkorona ravishda Marokashning Tanjer portiga bordi
va u yerda nutq so’zladi. U o’z nutqida Marokashning “mustaqil” ekanligini
ko’rsatish bilan, Germaniya bu mamlakatda boshqa davlatlar bilan bir qatorda teng
“huquqqa” ega bo’lishni talab qilayotganligini ta’kidladi.
Buning ketidan Germaniya hukumati xalqaro konferensiya chaqirishni talab
qildi. Ushbu konferensiyadan Marokash haqidagi ingliz-fransuz bitimini bekor
qilish uchun foydalanishni nazarda tutardi. Agar Fransiya Germaniyaning
talablarini qabul qilmasa, u bilan urushish xavfi ostida qolardi. Marokash masalasi
bo’yicha xalqaro konferensiya 1906- yilning boshida Ispaniyaning Alxesiras
shahrida bo’lib o’tadi. Marokashning ingliz va fransuz mustamlakachilari kelishib
allaqachon belgilab qo’ygan taqdirini xalqaro konferensiyada ko’rishga,
Fransiyaning rozi bo’lishi Germaniyaning yutug’i bo’ldi. Bu konferensiyaning
natijalari
uning
mag’lubiyatga
uchraganligini
ko’rsatdi.
Konferensiyada
Germaniya yakka bo’lib qoldi. Angliya, Rossiya va hatto Germaniyaning rasman
ittifoqchisi bo’lib qolgan Italiya ham konferensiyada Fransiyani faol qo’llab-
quvvatladi. AQSh ham Fransiyani qo’llab-quvvatladi.
Marokash kriizisining oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, ingliz hukumati faqat
mustamlakachilik ekspeditsiyalarida emas, balki katta Yevropa urushida ham
ishtirok etish maqsadida Fransiya va Belgiyaga jo’natish mumkin bo’lgan quruqlik
qurolli kuchlari tashkil qilishga qaror qilganligi bo’ldi. 1905- yilda Angliyada
yangi tipdagi bronenosets kemasi qurila boshladiki, u kuchi va suzish tezligi bilan
bundan oldingi kemalardan ancha ustun turardi.
Shu xildagi birinchi kemaning nomi bilan yangi tipdagi kemalar dretnout
(inglizcha dreadnouht – qo’rqmas degani) deb atala boshladi. Drednoutlar paydo
bo’lgandan so’ng bir linkorni qurishga ketadigan xarajatlar ikki marta ko’paydi va
125
zo’r berib qurollanishning og’irligi borgan sari ko’proq xalq zimmasiga tusha
bordi. 1908- yildan 1912- yilgacha Germaniyada har yili to’rttadan drednout qurish
mo’ljallangan edi.
Ingliz hukumati Germaniya hukumatiga yangi harbiy kemalar qurishni
cheklashni bir necha marta taklif qildi. Biroq, shu tarzda bitimga kelish faqat
Angliyagagina foydali edi. Agar kemalar qurish cheklab qo’yiladigan bo’lsa,
Angliya, o’zining dengizdagi mavjud ustunligini saqlab qolgan bo’lardi.
Germaniya bu taklifni rad etdi. U shartnoma asosida ikki tomon floti kuchlari
nisbatini tenglashtirishni taklif qildi. Bunda Germaniya o’sha vaqtdagi ikki tomon
o’rtasida amalda mavjud bo’lgan nisbat bo’yicha emas, balki o’zi uchun foydali
bo’lgan nisbatda kelishmoqchi bo’ldi. Ikki tomon kelisha olmadi va shundan so’ng
ingliz hukumati Germaniyada qurilayotgan xar bir drednout uchun ikkita drednout
qurish bilan javob berishga qaror qildi. Qurollanishga ketayotgan sarflarning
miqdori misli ko’rilmagan darajada oshib ketdi.
1910- yilda keskin xalqaro inqiroz yuz bermadi. Biroq, bu yil bir qadar tinch
o’tgan eng so’nggi yil bo’ldi. 1911- yilning may oyida fransuz qo’shinlari
g’alayonlarni bostirish va fransuz fuqarolarini himoya qilish bahonasi bilan
Marokash poytaxti Fets shahrini bosib oldi. Fransuz imperializmi amalda
Marokashni bosib olmoqda edi.
Germaniya hukumati bunga to’sqinlik qilishga qodir bo’lmay, hech
bo’lmasa moddiy jihatdan manfaatdor bo’lib qolishga qaror qildi. 1- iyulda
Marokashning Atlantika qirg’og’idagi Agadir shahri yonidagi ko’rfazda “Pantera”
nomli german harbiy kemasi yakor tashladi. Agadir geografik jihatdan juda qulay
joylashganligi Gibraltar bo’roziga yaqin bo’lganligi uchun muhim startegik
ahamiyatga ega edi. Agadir o’ziga xos bir garov bo’lib, Germaniya bu shaxarni
egallash bilan Fransiyani jiddiy yon berishlarga majbur qilish niyatida edi. Agar
Germaniya hukumati Marokashning bir bo’lagini qo’lga kirita olmasa, buning
evaziga Fransiyaning ekvatorial Afrikadagi yerlariga ega bo’lmoqchi edi. Dastlab
u butun fransuz kongosini berishni talab qildi. Fransuz hukumati bu da’voni rad
qildi. Natijada urush ko’lankasi paydo bo’ldi.
126
Fransiya-Germaniya janjaliga Angliya aralashdi. 1911- yil 12- iyulda
kabinetning topshirig’i bilan jamoatchilik oldida so’zlagan nutqida Loyd Jorj
Angliya Marokash masalasida Germaniyaga qarshi urushdan ham tap tortmasligini
ochiq aytdi. Britaniya vazirining aytgan so’zlari Vil’gel’m II va uning hukumatini
o’z da’volarini kamaytirishga majbur etdi. 1911- yil kuzda Fransiya Marokashdagi
fransuz protektoratini tan oldi. Fransiya esa buning evaziga Kongodagi o’z
yerining uncha katta bo’lmagan qismini Germaniyaga berdi.
Agadir inqirozi tugamasdanoq Italiya-Turkiya urushi boshlanib ketdi. Italiya
Usmoniylar imperiyasining bir viloyati bo’lgan Tripolitaniyani bosib olishga
ko’pdan harakat qilib kelardi. 1900- yilda Fransiya-Italiya shartnomasiga binoan,
Italiya mustamlaka egallashga qaratilgan bu urushga Fransiyaning roziligini
ta’minlab qo’ygan edi.
Italiya qo’shinlari Tripolitaniyada joylashgan zaif turk garnizonlari ustidan
osonlik bilan g’alaba qozondilar. Lekin, Tripolitaniyani bosib olishini uzoq
vaqtgacha tan olishga ko’nmagan edi. Biroq, Bolqonda boshlanib ketgan urush
Turkiyani sulh shartnomasiga imzo chekishga va Tripolitaniyada italyan
imperialistlarga berishga 1912- yilda majbur qildi.
1912- yilda Bolgariya bilan Serbiya Rossiyaning, shuninglek, Antantaga
kirgan boshqa davlatlarning vositachiligi bilan o’zaro ittifoq bo’lish haqida
shartnoma tuzdilar, holbuki, bu ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar shu davrgacha
ko’pincha dushmanlik ruhida bo’lib kelgan edi. Ko’p o’tmay, Serbiya bilan
Bolgariyaga Gretsiya bilan Chernogoriya qo’shilib, Bolqon ittifoqini tashkil
etdilar. Bularning hammasini Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurashish uchun
birlashtirgan edi, chunki hali ko’pgina slavyanlar va greklar bu imperiya zulmi
ostida yashardilar.
Bolqon ittifoqi davlatlari Turkiyaga qarshi urushni 1912- yil oktyabrda
boshladilar. Rossiya bularning urush boshlanganliklarini ma’qullamadi, chunki
Rossiyaga Bolqon bloki Turkiyaga qarshi urush uchun emas, balki Germaniya va
Avstriya-Vengriyaga qarshi kurashish uchun zarur edi. Lekin, Rossiya o’zini katta
Yevropa urushiga tayyor emas, deb hisoblardi.
127
Turkiya tez fursatda tor-mor qilindi. Bolgar qo’shinlari Konstantinopol
tomon yo’l oldilar, yunon qo’shinlari Salonikini ishg’ol qildilar, serblar esa
Makedoniyaning katta qismini ya’ni Shimoliy Albaniyani va Novipadar hududini
bosib oldilar.
1912- yilda Turkiya sulh tuzishni so’radi. Bo’lajak sulh, shartlari haqida
muzokaralar boshlanib ketdi. Muzokaralar uzoq davom etdi, bir necha bor
kelishmovchiliklar chiqib, murakkablashdi va natijada Bolqonda yangi urush yoki
hatto Yevropa urushi boshlanib ketish xavfi tug’ildi. Serbiya dengizga chiqadigan
yo’lga ega bo’lish uchun Shimoliy Albaniyani talab qildi. Biroq, u Avstriya-
Vengriya Serbiyadan o’z da’vosidan voz kechishni talab qildi. Avstriya-Vengriya
hukumati Serbiyaga qarshi urushish bilan tahdid soldi va hatto o’z armiyasini
qisman safarbar qildi. Chor hukumati urushga tayyorgarligi bo’lmaganligi uchun,
Bosniya inqirozi kunlaridagidyoq, Avstriya-Vengriya bilan bo’lgan janjalda
Serbiyani quvvatlagan bo’lsa ham urush chiqarmaslikka harakat qildi.
Serbiya yana yon berdi. Serbiyaning dengizga chiqish yo’lini qo’lga
kiritmoqchi bo’lib, kelgusi 1913- yil kuzda qilgan yana bir urinishi bir tomondan
Avstriya-Vengriya va Germaniya, ikkinchi tomondan, Serbiya va uni qo’’lab-
quvvatlagan Rossiya o’rtasida yanada keskinroq, janjal chiqishiga olib keldi.
1913- yil yanvarda harbiy harakatlar yana boshlanib ketdi, lekin turk
qo’shinlari yangidan-yangi mag’lubiyatga uchrayverdilar. Turkiya yana sulh,
tuzishni so’radi.
O’sha davrdagi notinch vaziyatda har bir xalqaro janjal jahon urushiga olib
kelishi juda oson edi. 1911–1913- yillardagi siyosiy inqirozlar umumiy urushga
olib kelmadi, lekin har gal ham tinchlik qil ustida turardi. 1914- yildagi inqiroz ana
shu qilning uzilishiga olib keldi.
1914- yil 28- iyunda Serb millatchilik tashkilotining agentlari Sarayevoda
Avstriya taxt vorisi Frans-Ferdinantni o’ldirdilar. Avstriyadagi harbiy partiya ulug’
serbchilik harakatining bu yangi ko’rinishidan Serbiyani tor-mor qilish uchun
bahona sifatida foydalanishni talab qilib chiqdilar. Biroq avval german
hukumatining bu haqdagi fikrini bilishga qaror qilindi, chunki Serbiya bilan urush
128
boshlash Rossiyaning aralashuviga olib kelishi oson ekanligini Avstriya-
Vengriyada yaxshi tushunardilar.
25- iyulda Serbiya bosh vaziri Pashich Avstriya elchisiga javob qaytarib
unda serb hukumati ultimatumining Serbiya uchun juda haqoratli bo’lgan bitta
shartidan tashqari hamma shartlarini qabul qilishga rozi ekanligi aytilgan edi.
Serbiyaning yon berishiga qaramay, Avstriya-Vengriya elchisi diplomatik
aloqalarni uzib, darhol shu shartni bajarishni talab qildi. German harbiylari
tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Avstriya-Vengriya hukumati vositachilik
takliflarining hammasini rad qildi. Avstriya-Vengriya o’z qurolli kuchlarining
ko’pchilik qismini safarbar qilib, 28- iyulda Serbiyaga urush e’lon qildi. 29- iyulda
rus hukumati qisman safarbarlik o’tkazishga, Avstriya-Vengriyaga qarshi harakat
qilishi mo’ljallangan qismlar to’planadigan harbiy okruglarnigina, shuningdek,
Qora dengiz va Boltiq dengizi flotlarini safarbar kilishga qaror qildi.
29- iyulgacha Berlinda Angliyaning betaraf qolishiga umidvor edilar. Biroq
29- iyulda Angliya tashqi ishlar vaziri Grey Germaniya elchisiga, agar qit’adagi
urushga Germaniya bilan Fransiya ham tortilsa, Angliya Fransiya tomonida turib
urishadi, deb to’g’ridan-to’g’ri aytdi.
Agar shu kunga qadar Germaniya urush chiqarish uchun har tomonlama
harakat qilib kelgan bo’lsa, endi german kansleri, kechikib bo’lsa ham
avstraliyaliklarni biron-bir yo’l topib, kelishishga rozi qilish uchun urinib ko’rdi.
Ammo Betman-Golvegning qo’rqa-pisa qilayotgan harakati ham german bosh
shtabi tomonidan bo’g’ib qo’yilgan edi.
Bu shtabning boshlig’i kichik Moltke harbiy harakatlarni tezroq boshlashni
talab qilib chiqdi. U bunday muzokaralar hech qanday natija bermaydi va
foydasizdir, bu muzokaralarning cho’zilib ketishi Germaniyani urushning dastlabki
haftalarida imtiyozlardan, ya’ni ruslar safarbarligi cho’zilib ketganligi orqasida
qo’lga kiritiladigan imtiyozlardan mahrum qiladi, deb hisobladi.
29- iyulda german hukumati, Rossiya boshlagan harbiy tayyorgarlik
to’xtatilmasa, Germaniya safarbarlikka kirishadi, deb do’q urdi. Lekin, rus
hukumati 30-iyulda umumiy safarbarlik e’lon qildi. O’sha kuniyoq Avstriya-
129
Vengriya hukumati ham, Rossiyada safarbarlik boshlanganligidan bexabar
umumiy safarbarlik e’lon qildi. 31- iyulda german hukumati harbiy tayyorgarlikni
to’xtatishni talab qilib Rossiyaga ultimatum topshirdi. Rus hukumati bunga rad
javobi qaytardi va shundan so’ng 1- avgustda Germaniya Rossiyaga urush e’lon
qildi. 3- avgustda german hukumati soxta bayonnomalarga asoslanib, Fransiyaga
urush e’lon qildi. Germaniya armiyasi Shliffen rejasiga muvofiq, Belgiyaning
betarafligini buzib, Belgiya hududi orqali Fransiyaga yo’l oldi.
4- avgustda Grey Berlinga ultimatum yuborib, Belgiyaning betarafligini
hurmat qilishga qat’iy va’da berishni talab qildi. Belgiyaning betarafligi masalasi
faqat bahona bo’ldi, ingliz imperialistlari urushda qatnashayotganliklarini oqlash
va jamoatchilik fikrini aldash uchun bu bahonadan foydalanishni lozim ko’rdilar.
Angliya o’z ultimatumiga javob olmagach, 4- avgustdan 5- avgustga o’tar kechasi
Germaniyaga qarshi urushga qo’shildi. Birinchi jahon urushi ana shu yo’sinda
boshlanib ketdi. Bu urush ikki imperialistik guruh: o’rtasidagi raqobat natijasi
bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |