Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. “Ochiq eshiklar” siyosatining mazmuni nimadan iborat? 
2. 1853–1856- yillarda bo’lib o’tgan “Qrim urushi”ning sababi va uning 
natijasi haqida so’zlab bering?
3. 1878- yil 19- fevralda imzolangan San-Stefano shartnomasiga ko’ra, qaysi 
Bolqon davlatlarining mustaqilligi tan olindi? 
4. Otto fon Bismark diplomatiyasi haqida nimalarni bilasiz? 
5. XIX asr so’ngi choragida Fransiya va Italiya munosabatlari 
keskinlashtirgan voqealar qaysi? 
6. “Xadiksirash bitimi” qaysi davlatlar o’rtasida tuzilgan? 
7. Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi “Shliffen rejasi” haqida so’zlab 
bering! 
 


151 
ENG YANGI
DAVRDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Birinchi jahon urushi yakunlari va Versal shartnomasi.
2. Vashinton konferensiyasi. 
3. “To’qqiz davlat shartnomasi”ning vujudga kelishi va Xitoy. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Parij tinchlik konferensiyasi. “Oshkora 
diplomatiya”. Versal shartnomasi. Millatlar ligasi. Vashinton konferensiyasi. 
Dayren konferensiyasi. To’rtlar bitimi. Beshlar bitimi. To’qqizlar bitimi. “Ochiq 
eshiklar” siyosati. 
 
Birinchi jahon urushi yakunlari va Versal shartnomasi.
Birinchi jahon 
urushidan so’ng dunyoda yuzaga kelgan kuchlar nisbati urushning oxirida 
shakllangan xalqaro munosabatlar tizimining ziddiyatlarini aks ettirardi. 
Buyuk davlatlar qatorida jiddiy siljishlar ro’y berdi. Bir tomondan, jahon 
darajasidagi buyuk davlat – Germaniyaning tor-mor etilishi bo’lsa, ikkinchi 
tomondan, dunyoda yetakchilik qilishga faol da’vogar sifatida AQShning xalqaro 
maydonga chiqishi shunday siljishlarning eng sezilarlisi edi. Buyuk Britaniya, 
Fransiya va Yaponiya bilan bo’lgan raqobatda g’olib chiqish uchun AQSh 
umumjahon kreditori mavqeidan foydalanishga intildi. 
Buyuk Britaniya urushdan so’ng buyuk davlat maqomini saqlab qoldi, 
garchand AQSh tomonidan ikkinchi o’ringa surib chiqarilayotgan bo’lsa ham. 
Germaniya endi uning dengizdagi va jahon bozorlaridagi raqibi emasdi. Yaqin 
Sharqda Angliya Usmoniylar imperiyasi “merosi”ning talaygina qismini nazorat 
qilardi. 
Fransiyaning mavqei ham yetarlicha kuchli edi. Bosh vazir Klemanso 
deyarli ikki millionlik armiyaga tayanardi. Ushbu armiyani marshal Fosh 
demobilizatsiya 
qilishga 
shoshilmasdi. 
Fransiya 
xavfsizligini 
ta’minlash 
zaruriyatini pesh qilib, Klemanso diplomatiyasi Germaniyani revansh olish 


152 
imkoniyatidan mahrum qilishni va Yevropada Fransiyaning ustuvorligini 
o’raatishni ko’zlagandi. Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlar ham o’z 
manfaatlariga ega edi. Garchand dastlabkilari “buyuk davlatlar” qatoriga kirgan 
bo’lsa ham, ularning ta’siri katta emasdi va faqatgina lokal masalalarni hal etishda 
sezilardi. 
Urushdan keyingi xalqaro munosabatlarning tizimi asosan, Parij tinchlik 
konferensiyasi (18- yanvar, 1919- y. – 28- iyun, 1919-y.) va Vashington 
konferensiyasi (12- noyabr, 1921- y. – 6- fevral, 1922- y.) qarorlariga suyanardi. 
Parij konferensiyasining ishida 27 ta mamlakat vakillari ishtrok etdi. 
Konferensiya “oshkora diplomatiya” misoli deb e’lon qilinardi. Parijga mingdan 
ortiq delegatlar yetib keldi, faqatgina Germaniya va Sovet Rossiyasi vakillari yo’q 
edi, xolos. 
Konferensiyani tayyorlash va uning boshlanish davrida AQSh prezidenti 
V.Vilssoning “14 bandi” haqida ko’p gapirilardi. “Yashirin diplomatiya”dan voz 
kechish va “adolatli tinchlik”ni o’rnatish to’g’risidagi bayonatlarga qaramay, 
konferensiyaning asosiy qarorlari buyuk davlatlarning, birinchi galda Buyuk 
Britaniya, AQSh va Fransiyaning oshkor etilmagan murosaga kelishlari natijasi 
sifatida namoyon bo’ldi. 
Xalqaro tashkilot haqidagi masala muhokama birinchilar qatorida qilindi. 
Millatlar Ligasini barpo etish to’g’risidagi rezolyusiya qabul qilindi. Shunday 
tashkilotning zarurligi to’g’risidagi masala Birinchi jahon urushidan oldin ham 
qo’yilgan edi. Urush davrida esa uning loyihalarini ishlab chiqish bilan turli 
guruhlar va hatto Angliya, AQSh va Fransiyada hukumat darajasidagi komissiyalar 
shug’ullanardi. Millatlar Ligasini barpo etish loyihasini AQSh prezidenti Vudro 
Vilson ham o’zi bilan birga Parijga olib keldi. 
Parij konferensiyasi Millatlar Ligasining Nizomini tayyorlash maqsadida 
Vilson boshchiligida maxsus komissiyani tashkil etdi. Ushbu hujjat negizida 
inglizlar va amerikaliklarning qo’shma loyihasi yotardi. 
1919- yil 13- fevralga kelib Millatlar Ligasining Nizomi tayyor bo’ldi va 
ertasi kuni Vilson tomonidan konferensiyaga taqdim etildi. Nizom 26 ta banddan 


153 
iborat bo’lib, unda Liga a’zolarining vazifalari va majburiyatlari, tashkilotning 
ishlash tamoyillari, tuzilishi belgilab berildi. Liganing bosh tashkilotlari umumiy 
yig’in – Assambleya va Kengash edi. Qarorlar bir ovozdan qabul qilinardi. 
Liga a’zolari xalqaro munosabatlarni to’la oshkoralikda tutib turish, xalqaro 
huquq mezonlariga amal qilish, tashkilotga kirgan barcha a’zolarning hududiy 
yaxlitligini va mavjud siyosiy mustaqilligini hurmat qilish va saqlash 
majburiyatlarini oldi. 
Mustamlakachilikni saqlab qolish ko’zda tutilgandi. Uni niqoblash 
maqsadida mandat tizimi barpo etildi. 
Urushdan keyingi vaziyatni tartibga solishga oid ko’plab masalalar 
muhokama qilindi. Lekin, baribir asosiy masala – Germaniyaning taqdiri masalasi 
edi. Ushbu mamlakat vakillari Parijga faqatgina tinchlik shartnomasini imzolash 
uchun chaqirtirildi. 
1919- yil 28- iyunda Versal saroyida Germaniya vakillari urushdan keyingi 
tinchlik tartiblarini o’rnatishga doir asosiy hujjatni – Tinchlik shartnomasini 
imzolashdi. Keyinchalik Germaniyaning ittifoqchilari – Bolgariya, Turkiya va 
Avstro-Vengriya tarqalib ketganligi sababli Avstriya va Vengriya bilan alohida-
alohida tinchlik shartnomalari imzolandi. Har bir shartnoma Millatlar Ligasining 
Nizomi bilan boshlanardi. Germaniya mustamlakalarini bo’lib olish (vasiylik nomi 
bilan ma’lum bo’lgan) “o’zlarini o’zi boshqarishga qodir emas” xalqlarga yordam 
berishga qaratilgan “sivilizatsiyaning muqaddas missiyasi” sifatida e’lon qilinardi. 
Umuman olganda, Versal shartnomasiga ko’ra, Germaniya o’z hududining 
katta qismini yo’qotdi. Germaniya Pol’sha, Chexoslavakiya, Lyuksemburgning 
mustaqilligini tan oldi, Avstriyaning mustaqiiligini “qat’iy hurmat” qilish 
majburiyatini ham oldi. Reyn daryosining chap sohili bo’ylab 50 km ichkarisidagi 
Germaniyaning hududi harbiy harakatlardan holi hududga aylantirildi. Germaniya 
mustamlakalari Fransiya, Yaponiya, Belgiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya va 
uning dominionlari o’rtasida bo’lib (mandatlar shaklida) olindi. 
Versal shartnomasida Germaniyaning qurolsizlashtirilishi ham ko’zda 
tutilgan edi. Bundan tashqari, Germaniya jahon urushining boshlanishi va u 


154 
yetkazgan zarar uchun aybdor, deb e’lon qilindi. Shu tariqa ittifoqchilar ko’rgan 
“barcha talofat va zararlar” ni qoplash yo’lida Germaniyada reparatsion to’lovlarni 
olish uchun huquqiy asos yaratildi. Germaniyaning shartnomani to’la bajarishini 
ta’minlovchi kafolat sifatida ittifoqchi qo’shinlari tomonidan 1919- yil 5- yildan – 
15- yilgacha bo’lgan muddat davomida Reyn daryosidan G’arbda joylashgan 
hududlarni okkupatsiya qilinishi nazarda tutilgan edi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin