185
birvarakayiga 28 ta turli turdagi yangi avianosetslarni qurishga kirishadi. Xudda
shu paytda Yaponiya faqat 6 tagina qurdirayotgan edi, xolos. Harbiy kemalar bilan
bir qatorda ommaviy ravishda transport kemalari, ayniqsa arzon narxdagi “Liberti”
kemalari ham ishlab chiqarila boshlandi.
AQShning jahondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqarish sanoati zudlik
bilan tank va samolyotlar ishlab chiqaradigan qilib qaytadan jihozlanadi. Alohida
e’tiborni bombardimonchi aviatsiyaga qaratgan bo’lib, dunyodagi eng yirik 4 ta
motorli bombardimonchi (“Letayuchaya krepost”)
samolyot qurilib, harbiy
ishlarga jalb qilingan edi. 1942-yilning o’zi davomida AQSh sanoati 32 ming dona
tank, 49 ming dona jangovor samolyotlar ishlab chiqarib, dunyoda birinchi o’ringa
chiqib oladi. Samolyot va kemlar eng yangi radiolakatorlar va boshqa asboblar
bilan jihozlangan edi.
1942-yilning yozida Cherchill va Ruzvelt o’zaro uchrashganlarida
Amerikada atom bombasini ishlab chiqarishga tayyorgarlik
ishlarini boshlab
yuborishga qaror qiladilar. “Manxetten proekti” deb nomlangan o’ta maxfiy
tashkilotga general Grovs boshliq etib, ilmiy rahbar qilib esa atoqli fizik
R.Oppengeymer tayinlanadi. “Manxetten proekti” da 150
mingdan ziyod olimlar,
muhandislar, texnik xodim va ishchilar faoliyat ko’rsatadilar. Bu ishlar AQSh
hukumati 2 mlrd.dollar sarf qiladi. AQShning bu proektga qilgan xarajati
Germaniyaning “uran proekti”ga sarflaganidan 200 baravar ortiqroq edi.
1942-yilda italiyalik fizik Ye.Fermi AQSHga muhojir bo’lib keladi. Ital’yan
fizik olimi birinchilardan bo’lib zanjir reaksiyasini yadro reaktorida ishlatib
ko’radi. Shuning bilan atom bombasini yaratish uchun yo’l ochiladi.
Uni tayyorlash uchun amerikaliklar ulkan zavodlar qurishadi.
Bu zavodlar
Ok-Ridj va Xenford degan maxfiylashtirilgan shaharlarda joylashgan edi.
Maxfiylik shu darajada ediki, hatto AQShning vitse-prezidenti va davlat kotibi
ham uzoq vaqt mobaynida yadro bombasi ustida olib borilayotgan ishlar to’g’risida
xabar topmagan edilar.
Buyuk Britaniyaning ham harbiy iqtisodiyoti ham 1942–1943-yillar
davomida ulkan zafarlarga erishadi. Lekin barcha ko’rsatkichlar bo’yicha AQSh
186
dan keyingi o’rinda turadi. Bir qator koloniyalarida Birma va Malayini boy
berishlariga natijasida yuzaga kelgan keskin tarzdagi oziq-ovqat va hom ashyoning
yetishmovchiligiga
qaramasdan, ingliz sanoati harbiy kuchlarni oziq-ovqat, tank,
samolyotlar yetkazib berish bo’yicha Germaniyadan o’zib ketgan edi.
1942-yilning kuzigacha SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya birgalikda qurol
va minomyotlar ishlab chiqarish bo’yicha – 5 marotaba ko’p,
samolyot ishlab
chiqarish bo’yicha – 3 marta, tank ishlab chiqarish bo’yicha - 10 marotaba ko’p
Germaniya, Italiya va Yaponiyalarning birgalikdagi ishlab chiqarganlaridan ko’p
ishlab chiqarilgan. SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya harbiy kuchlarining soni esa
fashistik blokning kuchlaridan 1,5 baravarga ortiq kupaydi.
Dostları ilə paylaş: