Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Ikkinchi jahon urushiga SSSRning tortilishi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Ikkinchi jahon urushiga SSSRning tortilishi.
1941-yil 22-iyun kuni erta 
tongda soat 4:00da fashistlar Germaniyasi o’zining ulkan harbiy kuchi hamda 
ittifoqchilarining qurollangan kuchlari yordamida SSSRga qarshi urush boshlab, 
uning hududlariga bostirib kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga 
qarshi urushda qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi. 24-iyunda F. Ruzvel’t AQSh 
hukumati SSSRga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga 
qarshi urushning Birinchi davri (1941-yil, iyun – 1942-yil, noyabr)da, asosan, 
mudofaa xarakteridagi janglar olib bordi. 
Fashistlar Germaniyasi SSSR ni bosib olish uchun 191,5 diviziya; 
dushmanning kuchi 5,5 mln kishini tashkil etib, taxminan 4,3 ming tank, 47,2 ming 
minomet va qurollar, taxminan 5 mingdan oshiq harbiy samolyot, 192 ta kemani 
urushga yo’naltirilgan edi.
Sovet-german fronti o’sha zahoti ikkinchi jahon urushining asosiy va hal 
qiluvchi fronti bo’lib qoldi. Bu yerda nafaqat sovet ittifoqining balki butun 
dunyoning taqdirini hal qiluvchi hayot-momot jangi boshlandi. 
Sovet Ittifoqining urushga kirishi dunyodagi harbiy siyosiy vaziyatni tubdan 
o’zgartirdi. Hujum qilish oldidan fashist germaniyasi Yevropaning katta qismini, 
shu jumladan Fransiya kabi yirik davlatni ham egallab olgan edi. Yevropa qit’asida 
Ryunkerkdagi fojiadan so’ng harbiy harakatlar deyarli to’xtadi, agar Qarshilik 
harakati hisobga olinmasa. Urushayotgan tomonlardan faqat Angliya to’liq 
yengilishdan qutilib qoldi, lekin u Britaniya orollariga Germaniyaga hujum 
qilishidan qo’rqib yashardi. U Germaniyaga qarshi harbiy harakatlarni faqat dengiz 
va havoda olib borardi. Shuningdek, janglar Shimoliy Afrikada ham borardi. Bu 
yerda Angliya armiyasiga qarshi bor-yo’q bir qancha Italyan va german 
diviziyalari qarshi turardi. AQSh, Angliya iqtisodiy va harbiy yerdan ko’rsatardi, 
lekin rasmiy jihatdan fashistlarga urush e’lon qilmagan edi. O’zga yerlarni bosib 
olish va aholisini ommaviy qirish siyosatini olib borayotgan fashist Germaniyasiga 
qarshi ma’lum halqlarning ijtimoiy va milliy ozodlikka bo’lgan qonuniy huquqini 
himoya qilayotgan Sovet Ittifoqi turardi. Sovet ittifoqining urushdagi adolatli, 
ozodlikka qaratilgan maqsadlarini Germaniyaning SSSR ga hujum qilgan 


176 
kommunistik partiya va sovet hukumati tomonidan e’lon qilindi. Davlat mudofaa 
komiteti rahbari I. V. Stalinning 1941-yil 3-iyul Sovet xalqiga qilgan murojaatida 
aytildiki, ikkinchi jahon urushida maqsad faqat SSSRning ozodligini himoya qilish 
emas, shuningdek fashist agressiyasiga uchragan boshqa xalqlarga ham yordam 
berishdir. Vatanimiz ozodligi uchun bizning kurashishimiz murojaatda aytilishicha 
Yevropa va Amerika xalqlarining mustaqillik va demakratik ozodliklar uchun 
bo’lgan kurashi bilan qo’shilib ketadi. Bu halqlarning ozodlik. Gitlerning armiyasi 
tomonidan zabt etilganligi qarshi yaxlit front bo’ladi. 
Urushning birinchi kunlardan boshlab fashistlarning butun Yevropa bo’ylab 
SSSR hududi sari yo’naldi. Bunga nisbatan Sovet Ittifoqini qo’llab quvvatlovchi 
xalqaro harakatlar to’lqini ko’tarildi. Bu urush dunyoning 61 ta davlatini o’z 
domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 % yashar edi. Armiya saflariga jami 
110 mln. kishi safarbar etildi. 
1942-yilning 19-noyabridan 1943-yillar oralig’idagi davr Ikkinchi jahon 
urushida tub burilish davri bo’lib sanaladi. Bu davrda sovet qo’shinlarining butun 
front bo’ylab ommaviy tarzda hujumga o’tishi bilan xarakterlanadi, va yana 
dushmanni bosib olgan yerlardan haydab chiqarish, Shimoliy Afrikada ingliz-
amerika qo’shinlari harakatlarining faollashuvi, fashistik ittifoqning tanazzulga 
uchrashi, partizanlik va milliy ozodlik harakatlarining o’sishi, Gitlerga qarshi 
davlatlarda harbiy ishlab chiqarishning keskin tarzda o’sishi bilan ham ta’riflash 
mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sovet-german frontidagi juda og’ir kechgan 
janglarda fashist Germaniyasi asta-sekin ustunligini yo’qota boshladi. Urushning 
birinchi-yilidayoq, SSSR ga bostirib kirgan Gitler armiyasi harbiy kuchlarining 40 
%ini, ya’ni 2 mln. ga yaqin askarlarini yo’qotib bo’lgan edi. 1942-yildagi yozida 
bo’lib o’tgan janglarda esa 800 mingdan ziyod soldat va ofitserlari va harbiy 
texnikasidan ajraldi. Stalingrad ostidagi to’rt oylik bo’lib o’tgan janglar davomida 
mingdan ortiq nemis tanklari hamda 1400 dan ortiqroq samolyotlari yo’q qilinib 
yuborildi. Sovet partizanlarining soni kundan-kun orta boshlagani sayin, ularning 
dushmanga bergan talafotlari ham o’shancha ko’pyaverdi. Sovet partizanlarining 


177 
soni 1942-yilning oxiriga kelib 125 ming kishidan ortib ketdi. Partizanlarga qarshi 
nemis qo’mondonligi sovet-german fronti quruqlikdagi kuchlaridan 10%ga 
yaqinini qarshi urushga yo’llaydi. Partizanlar Belgiya, Niderlandiya, Daniyani ham 
qo’shgan holdagi maydonni qamrab olib nazorat qiladi.
SSSR ning vaqtinchalik nemislar tomonidan bosib olingan yerlarida aholi 
soni ancha ko’p sonda bo’lishiga qaramasdan va Sovet Ittifoqi yirik harbiy 
kuchlarini Uzoq Sharqda ushlab turishga majbur bo’lsada, Sovet qo’mondonligi 
zarur zaxira harbiy kuchlarini tayyorlashga ulgurgan edi. Sovet sanoati va qishloq 
xo’jaligi juda katta qiyinchiliklar evaziga bo’lsa ham frontni oziq-ovqat, qurol-
aslaha va harbiy texnika bilan muntazam ta’minlashga erishadi.
Evakuatsiya ishlari tamomalngandan so’ng, 1942-yilning bahoridan boshlab, 
SSSR dagi ishlab chiqarish asta-sekin orta boshlaydi. Ayniqsa harbiy sanoat, 
umumiy sovet sanoatining yalpi ishlab chiqarishining 70-80% ini tashkil qildi. 
1942- yil martda SSSR sharqiy viloyatlarida ishlab chiqarilgan harbiy texnika 
hajmi – Ulug’ Vatan urushi boshlanishidan avval butun Sovet Ittifoqi miqiyosida 
ishlab chiqarilgan texnika bilan teng bo’lib qoldi. 
Sovet harbiy sanoati Germaniya va uning Yevropadagi ittifoqchilari hamda 
bosib olgan davlatlari bilan qo’shib sanaganda ham yuqori darajaga ko’tarilib 
ketdi. Sovet Armiyasi fashistik bloki harbiy kuchlaridan harbiylar soni va harbiy 
texnika bo’yicha, shu jumladan, tanklar soni bo’yicha – 1,4 baravar, samolyotlar 
soni bo’yicha – 1,6 baravar, artilleriya soni bo’yicha esa – 1,5 baravarga ko’tarilib 
ketdi. 
T-34-sovet tanklari, S. V. Ilyushin ixtiro qilgan Il-2 – hujumchi samolyotlari, 
A. S. Yakovlev va S. A. Lavochkinlar ixtiro qilgan qiruvchi samloyotlar, o’sha 
davrda mashhur – “Katyusha” deb nom olgan refaol zenit moslamalari dunyodagi 
eng zo’r harbiy qurollar edi.
1942-yilning oxiriga borib Germaniya va AQShda atom bombasi ustida ish 
olib borilayotganaligi to’g’risida xabar topgan Sovet hukumati yadro quroli 
sohasida izlanishlar olib borishni boshlash to’g’risida qaror qabul qiladi.“Uran 
muammosi” guruhiga atoqli sovet olimi I. V. Kurchatov rahbarlik qiladi. 


178 
1942–1943- yillarning eng muhim voqealaridan biri bu – Stalingard jangi 
edi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin