179
ostonasidagi texnika bo’yicha yo’qotishi bo’lib o’tgan butun sovet-german fronti
janglari davridagi yo’qotishlar bilan teng keldi.
Germaniyaning ittifoqchilari: Italiya, Vengriya, Ruminiya davlatlari ham
juda katta talafotlar ko’rishdi. Stalingrad ostonsidagi va Donda bo’lib o’tgan sovet-
german janglarida 8-italyan armiyasi, 2- vengr armiyasi, 4 va 5- rumin armiyalari
yakson qilib tashlanadi.
Stalingrad ostonalarida nemis-fashist qo’shinlarining tor-mor qilinishi. 1942-
yilning noyabr oyi boshlarida frontning Stalingrad yo’nalishida quyidagicha holat
mavjud edi.
Janubi-G’arbiy front Don daryosining chap qirg’oqlarini mudofaa qilardi.
Mamondan Kletskgacha. Frontning asosiy kuchlari Serafimovichning janubi-
G’arbiy va G’arbiy rayonlari platsdarmlarida to’plangan edi.
Donning o’ng qirg’og’ida Kletsk, Novo-Grigorevsk, Sirotinsk platsdarmlari
bilan bilan birgalikda - Don fronti Kletskdan Yerzovkacha.
62, 64-armiya kuchlari bilan birgalikda Stalingrad fronti qo’shinlari
Stalingrad shahrini, qolgan kuchlar bilan esa Volganing g’arbi va uning quyi oqimi
– Stalingraddan to Astraxangcha bo’lgan qismini takil etardi.
Stalingrad ostonalaridagi jang Sovet Qurolli
Kuchlari va butun sovet
xalqining buyuk g’alabasi bilan yakunlandi. Bu g’alaba Sovet hukumatining
yengilmas kuch-qudratini, butun sovet xalqining temirdek irodasini, mardligi
hamda sovet harbiy san’atining fashist Germaniyasi harbiy san’atidan ustunligini
butun jahon oldida namoyish qildi.
Stalingrad jangini butun sovet xalqi yutib chiqdi. Sovet xalqi Stalingradga
o’zining eng yaxshi o’g’il va qizlarini jo’natdi.
Ishchilar, kolxozchilar o’zining
harbiy kuchlariga dushman ustidan g’alaba qilish uchun o’zlarida borini keragicha
berdilar.
Stalingrad jangi nafaqat Ulug’ Vatan urushi tarixiga, balki butun jahon
tarixiga ham zarhal harflar bilan kirdi. Stalingrad ostonalarida Sovet armiyasi
nemis-fashist bosqinchilari ustidan misli ko’rilmagan g’alabaga erishdilar. Birgina
1942-yilning 19-noyabridan – 2-fevraligacha bo’lgan sovet jangchilarining nemis-
180
fashistlarga bo’lgan janglarida beshta dushman armiyasi tor-mor qilindi. Dushman
32 ta diviziya va uchta brigada butunlay yo’q qilib yuboriladi. Dushman bu
janglarda harbiy qo’shindan tashqari, juda katta sondagi texnikasidan mahrum
bo’ladi.
Stalingrad jangidan keyin Sovet Armiyasi frontda
strategik tashabbusni
qo’lga oladi va bu tashabbusni dushman to’la tor-mor bo’lgunicha ham o’z
qo’llaridan bermaydilar. Stalingraddan keyin Sovet Armiyasi Leningraddan to
Kavkaz tog’ oldilarigacha juda ulkan frontda shiddatli hujumga o’tadi, dushmanni
ommaviy ravishda Sovet mamlakatidan quvib chiqarish boshlanadi.
Stalingrad ostidagi nemis armiyasining halokati Germaniyaning ittifoqchilari
orasida obro’sini tushiribgina qolmay, balki fashistik blokka birinchi darzlardan
edi.
Stalingrad ostonasida Ruminiya va Italiya armiyalarining yakson qilinishi
ushbu davlat ichki siyosatiga ham o’z ta’srini ko’rsatdi. Italiya qo’shinlarining
mag’lubiyati mamlakat ichidagi ziddiyatlar asos bo’ladi va uning Germaniya
tomonida turib olib borayotgan urushdan chiqib ketishini tezlashtirib yubordi.
Ruminiyada ham xuddi shunday holat edi.
Stalingard ostonasidagi jang va undan keyin bo’lgan janglardagi Qizil
Armiyaning g’alabalari xalqaro siyosiy ahvolga juda katta ta’sir o’tkazadi. Bu
g’alabalar fashist Germaniyasining vaqtinchalik bo’lgan harbiy ustunligini yo’qqa
chiqarib, uning bundan buyog’iga hech qanday g’alaba to’g’rsida so’z ham bo’lishi
mumkin emasligini ko’rsatib qo’yadiki, Italiya va boshqa
fashistik bloklarning
davlat rahbarlari Germaniyaning bu urushda muqarrar mag’lub bo’lishini tushunib
yetadilar. Germaniya bilan aloqalarini uzishga va urushdan chiqib ketishga
tarafdorlar paydo bo’la boshlaydi.
Stalingard ostonasidagi nemis qo’shinlarining tor-mor bo’lishining harbiy
ahamiyatlari nimalardan iborat edi?
Birinchidan, bu sovet harbiy san’atining katta yutug’i va urushda tub
burilishning boshlanishi edi.
181
Ikkinchidan, ushbu g’alaba Yaponiya va Turkiya davlatlarining SSSR bilan
aloqalari “neytral” bo’lishiga majbur qiladi.
Uchinchidan, Stalingard jangidagi g’alaba fashistik blokning inqrozga
uchrashini tezlashtiradi, nemis armiyasining ruhiy holatini keskin tushirib yubordi.
To’rtinchidan, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kuchlar harakatining
yanada tezlashishiga juda qulay sharoit yaratiladi.
Sovet Ittifoqida tuzilgan
Yevropa davlatlari harbiy tuzilmalarining soni urush oxiriga kelib 550 mingdan
oshib ketdi.
Stalingard jangidan keyin Sovet Ittifoqining dunyoda mavqei ham keskin
ko’tarilib ketadi. Bosqinchilar ustidan g’alaba nishonlanayotganda Buyuk
Britaniya qiroli Georg VI Stalingard fuqarolariga faxriy qilich yuboradi, AQSH
prezidenti Ruzvelt esa faxriy yorliq jo’natadi. Unda sovet jangchilarining mardligi
va jasorati alohida ta’kidlanadi. “Ularning shavkatli g’alabasi, deydi Ruzvelt –
agressiya kuchlariga qarshi urushning tubdan o’zgarishiga va bu kuchlar oqimining
harakatgiga juda qaqshatqich zarba bo’ldi”.
Dostları ilə paylaş: