Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Dunyo siyosatida markazga intilish tendensiyalari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Dunyo siyosatida markazga intilish tendensiyalari. 
XX asrning ikkinchi 
yarmida iqtisodiy va siyosiy integratsiyaning o’sishi tendensiyasi bilan 
xarakterlidir. U ko’pgina xalqaro davlatlararo va davlat tashkiloti bo’lmagan 
tashkilotlarning vujudga kelishi bilan shakllangan. Ikkinchi jahon urushidan oldin 
ularning soni bir necha o’nta bo’lsa, hozirgi kunda birinchi turdagi tashkilotlar soni 
bir necha yuztani, ikkinchi tipdagi 2,5 mingga yaqin. Ikkinchi jahon urushidan 
keyin BMT, NATO, Dunyo banki kabilar vujudga keldi. 


206 
Hozirgi kunda asosiy rolni davlatlarning bir guruhi, dunyoviy va regional 
tashkilotlar, Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlar tashkiloti (ADT), Neft eksporti 
davlatlar tashkiloti (OPEK), Afrika birdamlik tashkiloti (ABT), “Islom 
konferensiyasi” tashkiloti va boshqalar o’ynaydi. AQSh, Kanada, Meksika 
tarkibiga kiruvchi Shimoliy Amerika zonasida erkin savdoni (NAFTA) 
shakllantirish jarayoni boshlandi. 1989-yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy ittifoqi 
(APEK) tashkil etildi. Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlar Assotsiatsiyasi (ASEAN), 
Osiyo rivojlantirish banki va boshqa ittifoq va tashkilotlar faol harakat 
qilmoqdalar. 
Bunday tashkilotlar soni ortib bormoqda. Turli davlatlarning siyosiy 
partiyalarining hamkorligi katta maktablarda kengayib bormoqda. G’oyaviy bir xil 
partiya rahbarlari xalqaro darajada o’z o’rnini egallashga harakat qilmoqdalar. 
Bunga guvoh, masalan, 1961-yilda tashkil topgan Dunyoviy xristian demokratik 
ittifoqi bo’lib, uning tarkibiga bir necha davlatlarning markaziy partiyalari kirgan 
edi. 1983-yil Xalqaro demokratik ittifoq tashkil qilinib, G’arbiy Yevropa 
konsevratiya partiyalarni, AQShning respublikachilar partiyasini, Yaponiyaning 
liberal-demokratik partiyasi va Avstraliya konservatorlarini birlashtirgan edi.
Hozirgi dunyo siyosatida asosiy faktorlardan biri bo’lib har yili “katta 
yettilik” kengashi – yetti rivojlangan industrial davlatlar – AQSh, GFR, Fransiya, 
Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya va Kanada asosiy iqtisodiy va tashqi siyosiy 
savollar bo’yicha kengash hisoblanadi. yetttilik kengashlarida asosiy diqqat 
iqtisodiy rivojlangan, tashqi siyosiy munosabatlarning tekislanish, inflyatsiya va 
ishsizlik va hokazo masalalarni yechishga qaratiladi. Harbiy-siyosiy va tashqi 
siyosiy savollar ham muhim o’rin tutadi. 
Eng ilg’or integratsion jarayonlar Yevropada bo’ldi. 1948-yil martda 
Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg (“G’arbiy 
Ittifoq”) o’rtasida harbiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilish 
shartnomasi - Bryussel pakti imzolandi. O’sha yili may oyida Gaagada Yevropani 
birlashtirish harakati kongressi bo’lib o’tdi. 1949-yilda Yevropa Ittifoqi tashkil 
topib Yevropa kontinentida parlament demokratiya va qonunning inson 


207 
huquqlarini himoya qilishda boshchilik qilishi, Yevropa davlatlari o’rtasida 
kelishuv munosabatlarning shakllantirishga xizmat qilardi. Natijada Buyuk 
Britaniya uzoq vaqt Yevropa integratsiyasi jarayondan chiqdi, ammo GFR faol 
ishtirok etdi. G’arbiy Yevropa integratsiyasining siyosiy yo’nalishi iqtisodiy 
aloqalarga almashtirildi. 1951-yil aprelda fransuz tashqi ishlar vaziri Shuman 
tashabbusi bilan Yevropa ko’mir va temir tashkiloti (YEOUS) tashkil topib, 
Fransiya, GFR, Italiya va Benilyuks davlatlarni birlashtirdi. YEOUS ushbu 
sanoatning umumiy bozorini vujudga keltirdi. 1957-yilda “oltilik” Rim 
shartnomasida YEKTT asosida Yevropa iqtisodiy jamiyatini tashkil etishga 
kelishdi. Yevropa iqtisodiy jamiyati ichida – Kengash, Komissiya, Assambleya va 
Sud tashkil etildi. 
Yevropa iqtisodiy jamiyatida qatnashuvchi davlatlarning siyosiy mustaqilligi 
saqlanar, keyinchalik bojxona to’lovlari kamaytirildi, yagona agrar siyosat 
o’tkazildi. bu masalalar to’laligicha 1968-yilda qilindi. 60-yillar oxiridan G’arbiy 
Yevropa integratsion jarayonining 2-etapi boshlandi. Fransuz prezidenti J.Pompidu 
tashabbusi bilan 1969-yilda Gaaga kelishuvida “oltilik” rahbarlari “integratsiyani 
chuqurlashuvi va kengaytirishni tugatish” dasturini ishlab chiqdi. Ushbu 
kelishuvga binoan Yevropa iqtisodiy jamiyati 1972-yilda kengaytirildi. Ushbu 
jamiyat tarkibiga Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Irlandiya, Daniya, Buyuk 
Britaniya kirdi. Ularga 1995-yil 1-yanvardan Avstriya, Shvetsiya va Finlandiya 
qo’shildi. 
Siyosiy integratsiya ichida 70-yillarning oxirida muhim o’zgarishlar bo’ldi. 
Yevropa Iqtisodiy jamiyatida Kengashning roli sezilarli darajada oshdi. 1978-
yildan boshlab Yevroparlamentga to’g’ridan-to’g’ri saylovlar o’tkazildi. Ushbu 
tadbirlar 80-yillarning birinchi yarmida Yevropa ittifoqini tashkil etish uchun 
yangi etap vazifasini o’tadi. Ushbu ishning qiyinchiliklari katta ishni ko’rib 
o’tilishiga olib keldi. 1992-yilda Maastrix shartnomasidan so’ng Yevropa Ittifoqi 
reallikka aylandi. 
Maastrix bitimining asosiy maqsadi - yagona iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, 
informatsion va madaniy kenglikni vujudga keltirish edi. 1993-yil 1-yanvardan 350 


208 
mln. yevropaliklar, Yevropa Ittifoqida yashovchilar erkin harakatlanish huquqini 
oldi. Yagona kapitallar, mahsulotlar va maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 
Kelajakda valyuta tizimini to’liq birlashtirish, yagona fuqarolik institutini yaratish, 
Yevropa davlatlarining keyingi harbiy-siyosiy yaqinlikni va xavfsizlikni 
mustahkamlash rejalashtirilgan edi. Maastrix keyingi yillardagi Yevropa 
jamiyatlarining rivojlanish yo’nalishlarini belgilab berdi. 
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishda BMT muhim rol 
o’ynab ikkinchi jahon urushidan so’ng xalqaro tizimda muhim element 
hisoblanardi. Urush davrida Millatlar Ligasi o’rnini bosuvchi xalqaro tashkilot 
tuzish savoli vujudga keldi. Bu savol 1945-yil aprelda San-Fransiskoda bo’lib 
o’tgan konferensiyada o’z yechimini topdi. Unda BMT va uning nizomini tuzish 
masalasi ko’rildi. 
Urushdan keyingi davrda yangi maxsus qo’shinlar tuzilib xalqaro hayotning 
turli jabhalarida keng foydalanildi. 1948-yilda BMTning maxsus tashkiloti –
madaniyat va fan masalalari bilan YuNESKO tashkil etildi. 1972-yil BMTning 
yana bir maxsus tashkiloti - tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan shug’ullanuvchi 
YUNEP – tuzildi. 
Energetika va xom ashyo masalalari bilan shug’ullanuvchi xalqaro 
tashkilotlar muhim rol uynashdi. Ular ichida muhim o’rinni atom energiyasi 
bo’yicha BMTning Xalqaro agentligi (MAGATE) – yadro qurolini tarqalishini 
oldini olish va atom energiyasini tinchlik maqsadida ishlatish agentligi egallaydi.
BMTning say’i harakati bilan xalqaro siyosatda hozirgi kunda inson 
huquqlari muhim masala qilib ko’tarildi. Bu harakat va tashkilotlar harakat 
qilishgan. Bu kurash 1948-yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul 
qilingan “Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi”ga mantiqiy qo’shilish edi. BMT 
asosiy diqqatini rivojlantiruvchi davlatlarning iqtisodiy masalalarini yechishga 
qaratdi. 1974-yilda BMTning Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartibni 
o’rnatish Deklaratsiyasi va Dasturini qabul qildi.
BMT davlatlararo nizolarni yechishda muhim ro’l uynadi. 1948-yildan 
1991-yilga qadar BMT tinchlikni saqlash uchun 23 operatsiyani o’tkazdi. BMT 


209 
Bosh sekretoari qo’lida tanklar, yuk mashinalar, sputnik aloqa va shunga o’xshash 
vositalar mavjud ediki, boshqa davlat boshliqlari havas qilishardi. Bugungi kunda 
BMT kuchlari yer sharining hoxlagan qismida 50 ming palatka tutishi yoki 1 mln. 
qochoqni ovqatlantirish qudratiga ega. Uning oziq-ovqat dasturi butun davlatlar 
aholisini hayotini qo’llash imkoniyatiga ega.
Biroq BMTning qoloq davlatlarga yordam berishi boshqa masalalarga 
nisbatan kamdir. Bu qiyinchiliklar asosan BMTning moliyaviy qiyinchiliklaridan 
kelib chiqadi. 90-yillarda BMTning tenglikni saqlash rolining oshishi Fors ko’rfazi 
va Namibiyadagi nizolarni yechishga yordam berdi. 1990-yilda BMTning 
Xavfsizlik Ittifoqi o’zining ko’p millatli kuchini Iroqqa qarshi quvaytni bosib 
olgani uchun ishlatdi. Namibiya nizosi barcha kurashuvchi tomonlarni kelishuv 
jarayoniga qatnashishiga jalb etib yechildi. BMT o’ziga qo’yilgan ishni, ya’ni 
barcha hududlarda tinchlikni saqlash, ovoz berishni nazorat qilish va Namibiya va 
Angoladan chet qo’shinlarni chiqarish kabi ishlarni a’lo darajada amalga oshirdi.
Ammo, shu bilan birga BMT Liberiya, Somali, Ruanda va boshqalar nizoli 
zonalarda o’z kuchsizligini ko’rsatdi. BMT boshqaruvini boshqa qudratli davlatlar 
o’z qo’liga olgandi faqatgina, aniq harakat qilishi mumkin. Ammo, ular orasida 
kelishmovchiliklar bo’lmasa, barcha tadbirlar mag’lubiyat bilan tugaydi. Ko’pgina 
harbiy aktlar BMT tomonidan sanksiya qabul qilinib, u boshchiligida emas, balki 
AQSh boshchiligida: Koreyada (1950–1953), Iroqda (1990–1991), Somalida 
(1992–1993), Yugoslaviyada (1999) amalga oshirildi.
XX asr 80-yillarning ikkinchi yarmi – 90-yillar boshida sotsialistik muhitni 
va SSSRning yemirilishi “sovuq urush” va ikki qutbli dunyo tartibining tugashiga 
olib keldi. G’arb va AQSh SSSR bilan tarixiy musobaqada to’liq g’olib chiqqanini 
inkor qilib bo’lmaydi. G’arb g’alaba qozonmadi, chunki Sovet Ittifoqi o’zini-o’zi 
o’ldirgan edi.
“Moid” fransuz gazetasi muxbirining so’ziga qaraganda, Berlin devorining 
qulashi - bu kapitalizmning “kommunizm ustidan sirtqi g’alabasi”. Chunki, hech 
kim bilmasdi yana qancha kuch va resurslar kerak edi. Sovet Ittifoqining rahbarlari 


210 
reformatsiya yo’lida turib unga o’lim hukmiga qo’l qo’yishar edi. “Sovuq urush” 
o’zining oxirgi nuqtalariga dunyodagi geosiyosiy vaziyat o’zgarganda keldi.
“Sovuq urush”i tugashida AQSH va SSSR muhim rol o’ynaydi. Ikki tomon 
ham “sovuq urush” tugashiga o’z hissasini qo’shdi. Urushning tugashi 60-yillar 
boshlarida mo’ljallangan hamkorliklarning kulminatsion nuqtasiga aylandi. Bu 
vaqtda xalqaro sahnada XX asr 70–80-yillar davomida yig’ilib qolgan kuchlarning 
joylashuvi va davlatlarning ta’siri vujudga keldi.
Atlantika va Tinch okeanlari AQSh va boshqa G’arbiy yarim shar 
mamlakatlarini harbiy bosqindan himoya qiluvchi gigant oraliq sifatida o’z 
ahamiyati yo’qotdi. Front chizig’i yo’qoldi. Masalan, 1- va 2-jahon urushlarida 
qatnashmagan amerikaliklar Uzoq Yevropa va Osiyodagi urushlarda qatnashishdi, 
ammo hozir urush boshlanishining 1-soatlaridayoq AQShning hohlagan rayoni 
yadro quroli bilan vayron etilishi mumkin.
Raketa-yadro quroli davlatlarning geografik joylashuvidan aholi sonidan va 
iqlimidan qat’iy nazar bir-biri bilan kuchlarini tenglashtirib qo’yadi. Hozirgi 
dunyoda havo kengligi va kosmos harbiy-siyosiy nuqtai nazaridan quruqlik va 
dengizdan ko’ra katta ahamiyatga ega. kontinental xalqlar yoki iqtisodiy, texnik va 
informatsion 
nazoratning 
trans 
milliy 
turlari 
vujudga 
keldi. 
Hozirgi 
texnologiyalarning kirish kuchi shu darajadaki uni hech bir to’siq, devor va 
chegaralar to’xtata olmaydi. 
Hamma xalqlarning iqtisodiy, milliy va boshqa qiziqishlari bitta 
umuminsoniy qiziqishiga birlashtirildi. davlatlar va xalqlar iqtisodiy, umumsiyosiy 
va madaniy sohada ko’p tomonlama hamkorliksiz yashay va rivojlana olmadilar. 
Odatiy kasalliklar hisoblangan vabo, tif, chuma kabi kasalliklarni milliy-davlat 
chegaralari bilan to’xtatish mumkin, “XX asr vabosi” – SPIDni to’xtatib 
bo’lmaydi. Sekin o’ldiruvchi radiatsiya milliy davlat chegaralarini tan olmaydi. 
Davlatlar orasidagi hamkorlik ular bir-birini qanday qabul qilishi bilan 
ko’pincha xarakterlanadi. Xalqaro munosabatlarning tezlashishi yoki sustlashishi, 
urushni to’xtatish va qurollanish poygasini oldini olishga doir shartnomalarning 
bir-biroviga ishonchsizligi natijasida vujudga keldi. 


211 
Odamzodning butun tarixi davomida u yo bu davlatning strategiyasi, davlat 
xavfsizligi, uning obro’si davlat qo’liga mavjud qurollar soni va sifati bilan 
belgilangan. Yadro quroli bu harbiy-strategik qulayliklarni yo’qqa chiqardi. 
Urushlar-qurolli kuchlar yordamida siyosiy maqsadlarga erishish uchun siyosiy 
javob natijasidir. Oldin urushga siyosat vositasi sifatida qaralar edi. XIX asr 
mashhur harbiy teoritigi Klauzens “urush – bu siyosatning boshqa vositalarda 
davom etishi” deb hisoblardi. Raketa-yadro quroli siyosat bilan urush oralig’idagi 
bog’liqlikni to’laligicha uzdi, chunki ongli siyosat jahon arenasi butun odamzodni 
o’ldiruvchi yadro qurolini ishlatishga yo’l qo’ymaydi. 
Yadro quroli “sovuq urush” davrida ikki qudratli davlatlarning ushlab 
turuvchi asbob sifatida xizmat qildi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng atom quroli 
monopoliyasiga ega AQSh SSSRning tashqi siyosatda siyosiy strategiyasini 
o’zgartirishga ta’sir ko’rsata olmadi. Bundan tashqari 1945–1949-yillarda SSSR va 
Xitoyning ta’sirini kengayishi kuzatildi. AQSh o’z atom quroli bilan bunga xalaqit 
bera olmadi. Yadro quroli Koreya va V’yetnam urushlarning borishi va natijasiga 
ta’sir ko’rsata olmadi. 
XX asr 50-yillari oxiri – 60-yillari boshida Fransiyaning atom quroli mavjud 
bo’lsada Aljir hududidan chiqishga majbur bo’ldi. Xuddi shu narsa V’yetnamda 
AQSh bilan bo’ldi. 1982-yilda Argentina Buyuk Britaniyaga qarshi go’yo bu 
davlat yadro quroliga ega bo’lmagan davlatdek urush boshladi. Afg’on urushida 
Sovet Ittifoqi o’zini yadro qurolini bilmaganday tutdi. Yadro quroliga ega bo’lish 
Varshava pakti va Sovet Ittifoqining yemirilishiga qarshi kafil ham bo’la olmadi.
Bularning barchasi ikki qudratli davlatlar va harbiy-siyosiy bloklarning 
munosabatida o’ziga xos yadro qatag’oni tasdiqlanishi bilan tushuntiriladi. 1961-
yilda BMTning Bosh Assambleyasi tinch aholi o’rtasida ko’p qurbonlar keltiruvchi 
va xalqaro huquq va umum qabul qilingan inson huquqlarida zid keluvchi yadro 
qurolini ishlatishni man etuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. G’arbiy va Sharqiy 
bloklar rahbarlari yadro urushidan voz kechishni tushunib borishdi. O’zining 
jangari arizalari bilan mashhur AQSh prezidenti R.Reygan har yilgi “Davlatning 


212 
sharoiti haqida” kongressga jo’natgan nomasida 1984-yil 25-yanvarda “Urushni 
yengib bo’lmaydi va u hech qachon yechilmasligi kerak” deb e’lon qildi.
Sovet Ittifoqi esa, yadro asri boshidan har qanday o’zining alohida 
deklaratsiyalarida uning to’liq man etilishini ilgari surardi. “Biz sizlarni 
ko’mamiz” deb kapitalistlarga do’q uruvchi N. Xrushchev yadro qurolini 
qo’llashga qat’iyan qarshi edi. U yadro urushi boshlansa “tiriklar o’liklarga havas 
qiladi” deb ta’kidlardi.
Bu yadro quroli siyosiy masalalarni yechishga umuman ahamiyat kasb 
etmaydi degani emas. Uning siyosiy ahamiyati davlatning qudrati sifatida 
saqlanardi. Siyosiy maqsadlarga erishish uchun kuchidan foydalanish yoki 
qo’rqitish uchun foydalanardi, ammo yadro quroli strategik qudrat ishlatiladigan 
joylarda ma’lum maqsadga erishish uchun ishlatilgan. Bu eng avvalo raqib 
davlatning hayotiy qiziqishlarini boshqaradi. Yadro quroli u yoki bu maqsadlarda 
ishlatilmasada, urushning keyingi 5 ta o’n yilliklarga tobe davlatlarda urushlar 
bo’layotgan bir vaqtda xalqaro munosabatlar markazida tinchlik hukmronlik 
surardi. 1962-yil kuzda AQSh va SSSR o’rtasida vayron bo’lgan raketa inqirozi 
hozirgi dunyo tarixining burilish nuqtasi deb hisoblasa bo’ladi. U qarshi 
tomonlarning 
yadro 
qurolini 
ishlatganda 
vujudga 
keladigan 
dunyoviy 
vayronagarchilikni anglashga yordam berdi. 
Bu voqealarning rivojlanishiga 1963-yil avgustda SSSR, AQSh va Buyuk 
Britaniya o’rtasidagi yadro qurolini uch sferada atmosferada kosmik kenglik va 
suv ostida qo’llashni man etish haqidagi shartnomaning imzolanishi sabab bo’ldi. 
1968-yilda yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi imzolandi. Birinchilardan 
shartnomaga qo’l qo’ygan 62 davlatga keyinchalik o’nlab davlatlar qo’shildi. 
Yadro qurolidan hali zonalarni tashkil etish g’oyalari vujudga keldi. 
Yadrodan xoli zonalarni tashkil etishning asosiy maqsadi 1968-yilda yadro 
qurolini tarqatmaslik shartnomasining hayotga tadbiq etish edi. Bu zonalar to’liq 
va so’zsiz bu hududlarda yadro qurolini taqiqlashni nazorat qiladi. Yadroviy 
davlatlar boshqa hududlarga yadro qurolini tarqatmaslik, ularga bunday qurolga 


213 
ega bo’lishga yordam bermaslik va bu davlatlarqa qarshi uni qo’llamaslikni o’z 
zimmasiga oldi.
Bu shartnomaning xulosasiga qadar, 1959-yilda Antarktika hududi yadro 
qurolini tarqatish hududidan chiqarildi va u yadrosiz zona bo’lib qoldi. Lotin 
Amerikasida yadro qurolini ta’qiqlash shartnomasiga (Tlatelolko Shartnomasi) va 
1 va 11 protokollarga binoan 1967-yilda Lotin Amerikasi yadrosiz zona deb e’lon 
qilindi.
XX asr 60-yillarning oxirida strategik qurollanishni cheklash haqidagi sovet-
amerika, undan so’ng ikki davlat o’rtasida munosabatlarni normallashtirish haqida 
sovet-G’arbiy Germaniya muzokaralari boshlandi. Yevropa va butun dunyoda 
xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun SSSR va GFR yaqinlashishi muhim 
ahamiyat kasb etdi. 1970-yilda ikki davlat o’rtasida davlatlararo bitimning tuzilishi 
o’z amaliy natijasiga ko’ra G’arbiy Germaniya Yevropada urushdan keyingi 
chegaralarni o’zgartirishga bosh tortdi. Bu o’zgarishlar natijasida 1971-yil Berlin 
bo’yicha SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya o’rtasida to’rt tomonlama 
shartnoma va shu bilan birga GFR va GDR o’rtasida shartnoma tuzildi. 1972-yilda 
Sovet Ittifoqi va AQSh o’rtasidagi raketaga qarshi himoya haqidagi shartnoma eng 
muhim ahamiyat kasb etadi. Undan so’ng ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soluvchi strategik bosqin qurollarini cheklash haqidagi shartnomalar 
imzolandi. 
Xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash jarayonidagi muhim voqea 1975-yil 30-
iyul – 1-avgust kunlari Xelsinkida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik to’g’risidagi 
yig’ilish bo’ldi. Uning ishida 35 ta davlat (33 ta yevropalik, AQSh va Kanada) 
ishtirok etdi. Yig’ilish tomonidan qabul qilingan xulosaviy aktda Yevropada 
urushdan keyingi chegaralarni hal qilish, inson huquq va erkinliklarni hurmat 
qilish va boshqa prinsiplar o’z o’rnini topdi. 
Xalqaro munosabatlar tizimidagi muhim o’zgarishlar 1985-yilda SSSR 
rahbariyatining almashuvi bilan amalga oshirildi. Bu transformatsiya eng muhim 
nuqtasi “sovuq urushi”ning oxirgi nuqtasini bildiruvchi 1989-yilda Mal’tada 
J.Bush va M. S. Gorbachyov bilan uchrashuvi bo’ldi. Keyingi voqealar 


214 
koleydoskopik tezlikda rivojlandi. 1991-yilning oxirida ikki qarama-qarshi 
lagerlarni bo’lib turuvchi “temir parda” Berlin devorining qulashi, Varshava pakti, 
sotsialistik ittifoq yemirildi. Sovet Ittifoqi tarqaldi, “baxmal inqiloblar” natijasida 
Sharqiy Yevropa davlatlari kommunistik rejimni tugatishdi. Germaniya birlashdi. 
Yugoslaviya bo’lindi va boshqalar.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin