Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Italiyaning kapitulyasiyasi va fashistik blokning inqirozi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Italiyaning kapitulyasiyasi va fashistik blokning inqirozi. 
Afrikaga 
muvaffaqiyatli desantlar tushirilgandan keyin, 1943- yil yanvarda Marokashning 
Kasablanka shahrida, kelgusidagi harakatlar rejasini kelishib olish uchun Ruzvelt 
va Cherchill uchrashadilar. Ruzveltning taklifi bilan Germaniyadan so’zsiz taslim 
bo’lish to’g’risida talab qilish to’g’risida taklifga erishiladi. Ammo bu uchrashuvda 
Yevropada ikkinchi frontning ochilish to’g’risidagi masala hal qilinmadi.
Cherchill tomonidan taklif qilingan “Bolqon varianiti” bo’yicha 
Germaniyani zudlik bilan tor-mor qilshini oqlamaydi, chunki harbiy harakatlar 
undan yiroqda bo’layotgan edi. Uning asosiy maqsadi Italiya va Bolqonni ingliz 
imperialistlar nazorati ostida qoldirib, Sovet Armiyasining ularni ozod qilishiga 
xalaqit qilishdan iborat bo’lgan. Kasablankada bo’lib o’tgan konferensiyada 
qatnashgan fransuz generali de Gollning so’zlariga qaraganda, “Cherchill Italiya 
yarim orli bo’ylab harakatlanish bilan birgalikda Gretsiya va Yugoslaviyaga 
tushishni, Turkiyaning urushga qo’shilishni, undan keyin esa, Avstriya, Chexiya va 
Vengriyaga kirib borishni kirib borishni mo’ljallagan edi. Tushunishimizcha, usha 
strategik reja London siyosatiga mos kelgani holda, Angliyaning O’rta-yer 


189 
dengizida ustunlik qilishni va bundan ham muhimrog’i nemislar o’rnida ruslarning 
bo’lib qolishidan xavfsirardi”. 
Ruzvelt “Bolqon varianti” tarafdori bo’lmasada, Cherchill masalani o’ziga 
mos ravishda hal qilishga erishadi: Shimoliy Afrikani egallab bo’lganidan so’ng, 
Italiya hududidagi Sitsiliyaga harbiylarni tushirishga erishadi. Fransiyaga qo’shin 
tushirish yana kechiktiriladi. Sitsiliyani egallab olish bilan tabiyki, Italiyadagi 
navbatdagi opersiyalarni rivojlanishiga turtki bo’lishini, va albatta, Bolqondagi 
masalalar ham o’z yechimini topadi deb tahmin qilindi. 1943-yilning may 
oyidagina Ruzvelt va Cherchillning Vashingtonda bo’lib o’tgan uchrashuvlarida 
ikkinchi front to’g’risida qaror qabul qilinadi. Cherchill esa yana “Bolqon varianti” 
g’oyasini ilgari suradi, ammo AQSh hukumati Germaniyani bo’lib tashlab, G’arbiy 
Yevropada mustahkam o’rnashishini muhimroq deb hisoblaydi. Shuning uchun u 
desantlarni Fransiyaga tushirishni va shuning bilan ingliz-amerika qo’shinlarini 
eng qisqa yo’l bilan Yevropa markaziga olib kelish mumkin degan fikrda turib 
olgandi. Oxir oqibat Vashingtonda bo’lib o’tgan konferensiyada 1944-yilning 1 
mayiga qadar Fransiyada ikkinchi front ochish to’g’risida qaror qabul qilinadi. 
Konferensiya yana Italiyani urushdan olib chiqib ketish maqsadida Sitsiliyaga 
harbiylarni tushirish to’g’risida, Germaniyani osmondan bombardimon qilish rejasi 
va Tinch okeanidagi opersiyalari to’g’risidagi rejalarni ham ma’qulladi. 
Mana shundan keyingina Ruzvelt ikkinchi front ochish ikki-yilgi orqaga 
surilgani haqida Stalinga ahborot beradi. Bizning fikrimizgacha, bunday qaror 
Sovet hukumatining qat’iy e’tiroziga sabab bo’ldi. Angliya va AQSh Kasablanka 
va Vashingtonda ko’zlagan rejalarini amalga oshirishni davom ettirdilar. 
Birinchi navbatda, AQSh va Angliya dengiz kommunikatsiyalariga xalaqit 
berayotgan nemis suv osti kemalariga qarshi urush ochadilar. Ular juda ham 
zmaonaviy va yangi radiolakatorlar bilan jihozlangan maxsus kemalarga qarish 
kemalar va samolyotlar, maxsus eskort avianosetslar quradilar, suv osti kemalarini 
faol qidirish va ta’qib qilish ishlarini olib boradilar. 1943-yil davomida Germaniya 
245 ta suv osti kemasidan judo bo’ladi, bu esa o’tgan-yillradagini qo’shib 
sanagandan ham ko’pdir. 1943-yilning may oyida nemis qo’mondonligi Shimoliy 


190 
Atlantikadagi suv osti kemalarining guruh bo’lib harakatlanishlaridan voz kechadi 
va okeandan olib chiqib ketadi. 
O’zining yer, suv va havo yo’llarini yo’lga solib olgan ingliz-amerika 
qo’mondonligi Italiyaga bostirib kirishini boshlaydi. 1943-yilning 10-iyulida, 
Kursk janglarining qizg’in pallasida, qachonki, gitlerchi Germaniyaning barcha 
asosiy kuchlari sovet-german frontiga tashlangan vaqtda, Sitsiliyaga o’z harbiy 
kuchlarini tashlaydi. Yarim orolda joylashgan italyan garnizoni hech qanday 
qarshilik qilmaydi. Ikki haftadan so’ng ittifoqchilar Sitsiliyani egallab oladilar. 
Italiya hukmron doiralarida jiddiy siyosiy inqroz vujudga keladi. 
Germaniyaning muqarrar mag’lub bo’lishiga ishongan holda, avvalroq xuddi 
Afrikadagi fransuz ma’muriyati kabi, ittifoqchilar tomoniga o’tishga qaror 
qiladilar. Fashist partiyasining ba’zi rahbarlari va armiyaning yuqoridagi 
boshliqlari qirolning qo’llab-quvvatlashi orqali ingliz-amerika ittifoqchilar bilan 
aloqaga kirish maqsadida Mussolinidan qutulmoqchi bo’ladilar. 1943-yil 25-iyulda 
Katta fashist ittifoqi Mussoliniga ishonchsizlik ifodalaydi. Mussolini qirol qabuliga 
kelganida qirol soqchilari uni hibsga oladi. Qirol Mussolnining premer-vazirlikdan 
bo’shatilganinin va uni sobiq bosh shtab boshlig’i marshal Badolyo bilan 
almashtirilganini e’lon qiladi. Badolyo hukumati Germaniya tomonida urushni 
davom ettirishni rasman ma’lum qilgan bo’lsada, maxfiy ravishda Angliya va 
AQSh vakillari bilan muzokaralarga olib borayotgan edi. 
1943- yil 8- sentyabrda London radiosi Badolyo hukumati bilan tinchilik 
shartnomasi tuzilganiligi to’g’risida xabar beradi. Ingliz-amerika qo’shinlari 
Badolyo bilan shartnomaga asosan Italiyaga tushiriladi. Bunga javoban, Italiyadagi 
nemis qo’shnilari esa italyan armiyasini qurolsizlantirib, Shimoliy Italiya va 
Markaziy Italiyani yo’llarini berikitib, ingliz-amerika qo’shinlari yo’llarini to’sib 
qo’yadi. Shunday qilib, Italiyani ikkita biri-biriga teng kelmaydigan qismga 
ajratilgan Neapolning shimolrorog’ida italyan fronti binoga keladi. Shimoliy va 
Markaziy Italiyada nemis-fashist bosqinchilardan tuzilgan italyan fashist hukumati 
ish olib borardi. Unga nemis parashyutistlari ozod qilgan Mussolini boshchilik 
qilardi. Mamlakatning uchdan birini egallagan, uning janubiy qismida esa, ingliz-


191 
amerika harbiylari tomonidan harakatlanayotgan va Germaniyaga urush e’lon 
qilgan Badolyo hukumati ish olib borardi. 
Italiyaga ittifoqchilarning tushirilishi ikkinchi frontda o’zgarish kirita 
olmaydi. 1943- yil sentyabrda Italiyada 17 ta nemis diviziyasi, vaholanki, xuddi 
shu paytda sovet-german frontida Germaniya va uning ittifochilarining 221 ta 
diviziyasi janglar olib borayotgan edi. Bunga ham qaramasdan, fashist rejimining 
halokatga uchrashi va Italiyaning ittifoqchilar tomoniga o’tishi – juda katta siyosiy 
ahamiyatga ega edi. Italiya armiyasi urushdan yuz o’girdi. Janubiy Italiyada 
fashizm rejimi ag’darildi, Shimoliy va Markaziy Italiyada esa u faqatgina nemis 
qo’ndoqlari ostidagina ushlab turildi. 
Harbiy janglar davomidagi burilishlar fashistik blokda chuqur o’zgarishlar 
keltirib chiqardi. Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya hukumatlari Germaniyaning 
g’alabasidan umidlari uzdilar va sovet qo’shinlari yaqinlashishini qo’rquv bilan 
kutdilar. Ushbu davlatlarning hukmron doiralari Italiyaga o’xshab, Angliya va 
AQSh tomoniga o’tishga harakat qiladilar. Stalingrad jangi tugaganidan keyin 
Finlyandiya urush tub burilishga kelgani va albatta undan zudlik bilan kerak degan 
xulosaga keladi. AQSh hukumati yordamida u 1943- yil yanvarda Sovet Ittifoqi 
bilan yarashishga harakat qiladi, biroq Germaniyaning tazyiqi ostida muzokaralar 
to’xtatib qo’yiladi. Ruminiya va Vengriya ham Angliya va AQSh bilan maxfiy 
muzokaralarga kirishadi. Ular ingliz-amerika ittifoqchilar bilan tinchlik 
shartnomasi tuzish va ularning harbiy qismlarini davlatlariga kiritishga ham rozi 
edilar, faqat davlatlariga Sovet Armiyasini kirtishni istamas edilar. Muzokaralardin 
xabar topgan Gitler, ularni to’xtatib qo’yadi. Germaniya vaqtinchalik davrga 
Finlyandiya, Ruminiya va Venngriyani o’z nazorati ostida qoldira oladi xolos. 
Biroq ular orasida qarama-qarshiliklar tobora kuchaya bordi. 
Fashist blokining yetakchi davlatlari – Germaniya va Yaponiya-Italiya 
taslim bo’lib kapitulyasiyaga qo’l qo’yganlaridan keyin uchlik paktiga o’zaro 
sodiqligini e’lon qilishadi. Biroq, ularning har biri o’zlarining alohida maqsadlarini 
belgilab olgan edilar. Yaponiya yangi hujumga imkoniyat mavjud emasligini 
bilgani holda, 1942- yil kuzdan mudofaaga o’tadi. Yapon olimlari yashirincha 


192 
yadro quroli ustida ishlar boshlab yuborishadi, biroq, yapon fanining qoloqligi va 
kerakli xom-ashyo (uran) ning mavjud emasligi sabab, ular kerakli natijaga erisha 
olmaydilar. Yaponiya bosib olgan yerlarini ushlab qolish maqsadida, siyosiy 
taktika yurigizadi. Yaponiya Birma va Filippinga “mustaqillik” berilishini e’lon 
qiladi. Shuning bilan Yaponiya, bu davlatlarning Angliya va AQShga urush e’lon 
qilishlariga erishadi. Biroq Indoneziyaga “mustaqillik” emas, balki “ko’ngilli 
armiya” to’g’risida e’lon qiladi, bu indoneziyaliklarning armiyada komanda 
lavozimlarini olishi mumkin degani edi, xolos.
Gitler Germaniyasi ittifoqchilarning yangi hujumi muqarrarligini nazarda 
tutgani holda, ommaviy safarbarlik, partiya va politsiyani qo’lda ushlab turish, 
ommaviy terrorni kuchaytirish ishlarini yangidan – yangi yo’llarini axtarishga 
tushgan edi. Kursk ostonasidagi mag’lubiyatdan keyin armiyaga avval harbiy 
xizmatga yaroqsiz bo’lganlarni ham olish boshlanadi. Bosib olingan davlatlar va 
Germaniyaning ittifoqchi davlatlari odalmrini ekspluatatsiya qilish kuchaytiriladi. 
1943-yilga kelib, Germaniyaga chet ellardan majburan haydab kelingan ishchilar 
va asirlar soni 7 mln. kishiga yetdi.
Germaniya davlat apparitni boshqarishda partiya-politsiya apparatining roli 
yanada kuchaydi. Kursk jangidan keyin gestaponing boshlig’i Gimmler, ichki 
ishlar vaziri etib tayinlanadi. U barcha politsiya-jazo organlarini o’z qo’li ostiga 
oladi. Fashist partiyasining viloyatlardagi rahbarlari “reyxni himoya qiluvchi 
komissarlar” lavozimlarini egallagan va mahallaiyy ma’muriyatni boshqarar edilar. 
Armiyaga “milliy-sotsial rahbariyat ofitserlari” jo’natildi. Oliy qo’mondonlikda 
“milliy-sotsial shtab” ta’sis qilinib, uning vazifasi – armiyada fashistik nazoratni 
kuchaytirishdan iborat edi. Milliy partiya a’zolaridan tashkil topgan SS 
qo’shinlarining soni deyarli ikki baravarga ko’paydi.
Fashistik terror yanada kuchaya boshladi. Germaniyaning oltita asosiy 
konsentratsion lagerlarida 1940-yildan – 1943-yilgacha mahbuslar soni 5 
baravarga, o’lim jazolari esa 18 baravarga ortdi. Bosib olgan davlatlar xalqlari, 
ayniqsa, slavyan va yahudiylarni ommaviy ravishda qiynash va o’ldirish 
kuchaytirilgan darajada olib borilardi. Pol’shada gitlerchilar tomonidan qurilgan 


193 
“Yo’q qilib tashlash” lagerlariga butun Yevropadan mahkum qilingan odamlar 
bilan to’la vagon poezdlari oqib kelardi. Ularni otishardi yoki gaz kameralarida 
bo’g’ib o’ldirilardilar. Ularning jasadlarini krematoriylarda kuydirishar, kiyimlari 
va qimmatbaho buyumlarini esa Germaniyaga jo’natishardi. Maxsus komandalar 
esa tilla tishlarini sug’urib olib, ularni qaytadan quyib, nemis banklariga 
jo’natishardi. O’ldiriligan ayollar sochlaridan matraslar, odam yog’idan esa sovun 
tayyorlashardi. Eng yirik lagerlardan biri – Krakov shahri yoqinida joylashgan 
Osvensim lageri edi. 1940-yilning may oyidan dekabr oyigacha u yerda 3 mln. 
kishidan ziyod odam o’ldirib yuborilgan. Osvensim bino bo’lgan kundan – ya’ni 
1940-yilning may oyidan 1945-yilning yanvarigacha SSSR, Pol’sha, Fransiya, 
Belgiya, Gollandiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Ruminiya, Vengriya va 
boshqa davlatlarning 4 mln.dan ortiqroq fuqarolari o’ldirilib yuborilgan. O’lim 
lagerlaridan yana biri Maydanek bo’lib, Lyublinda joylashgan edi. Bu lagerda 
1940-yildan – 1944-yilgacha 1,5 mln odam o’ldirib yuborilgan. Nemislar 1942-yili 
Pol’shaning Treblinka stansiyasida yana bitta o’lim lagerini quridirishadi. Bu 
lagerda ikki-yildavomida 800 mingdan ortiq odam o’ldirib yuboriladi. Butun urush 
davomida nemis konsentratsion lagerlari va o’lim lagerlarida 18 mln. kishi mavjud 
bo’lib, shundan 11 mln.i qiynoqqa solingan va o’ldirib yuborilgan.
1943-yil davomida AQSh va Buyuk Britaniya o’zining iqtisodiyotini 
harbiylashtirib bo’lgan edi. Ularning harbiy iqtisodi yuqori darajalarga ko’tirilib 
ketadi. 1943-yilning o’zidagina AQSh 38 mingdan ziyod tank, 86 mingga yaqin 
smalyot ishalb chiqarib, dunyoda birinchi o’ringa chiqib oladi. 1943- yilda AQSh 
ning umumiy daromadi 1940-yilga nisbatan ikki baravaga ko’paydi. Sanoat va 
qishloq xo’jaligida misli ko’rilmagan natijalarga erishiladi. Ishsizlik tugatilgani 
holda, ishchi kuchi yetishmay qolgan edi. Davlat mablag’lari asosan, atom 
bombasi ishlab chiqarishga kerak bo’ladigan alyumin, sun’iy kauchuk, uran ishlab 
chiqarishga sarflanar edi. AQSh hukumati ish haqi va narxlarni tartibga solish, 
davlat buyurtmalarin bajarishni kuzatib borish, xom-ashyo va ishchi kuchini 
taqsimlashni boshqaruvchi butun ma’muriy tizim tuzgan edi. Ularning ustidan 
umumiy nazoratni 1942-yilning oktyabrida tuzilgan Iqtisodiy Barqarorlik Xizmati 


194 
(keyinroq – Harbiy safarbarlik xizmati) olib borardi. Bu tashkilotlarning tuzilishi 
AQSHda harbiy davlat – monopolistik kapitalizm tizimining qaror topish 
jarayoninin tugallashiga yordam berdi.
AQSh hukumati tomonidan 1943-yilning yozida mehnat nizolari 
to’g’risidagi Smit-Konnelli qonuni qabul qilinadi. Ushbu qonunga ko’ra, AQSh 
prezidentiga harbiy korxonalarda ish tashlashlarni ta’qiqlash huquqi berildi. AQSh 
iqtisodining o’sishidan asosan yirik monopoliyalar foyda ko’raradilar. Ularning 
(soliqlarni chiqarib tashlaganda) sof daromadlari 125 mlrd. dollarni tashkil qildi. 
Ammo 
aholining 
boshqa 
qatlamlari: 
mayda 
tadbirkorlar, 
savdogarlar, 
fermerlarning ham turmush darajalari yaxshilandi. Fermerlarning daromadlari 
urush-yillari to’rt baravarga o’sdi. Yollanma ishchilarning ahvoli juda qiyin edi. 
1942-yilning iyul oyida hukumat po’lat quyuvchilar va kasaba-uyushmalari 
o’rtasidagi nizoni ko’rib chiqayotib, narxlar va ish-haqini urush oxirigacha 15% ga 
oshirishi mumkinligini nazarda tutardi. Aslda, urush oxiriga borib, narxlar 25% ga 
o’sdi, kasaba-uyushmalari hisoblashicha esa – 45% ga o’sdi. Soatbay ish haqi 
narxlar oshirishdan orqada qolib ketdi.
SSSR bilan hamkorlikda fashizmaga qarshi urushda AQSh ning qatnashishi, 
aholi turmush darajasining o’sishi – jamoatchilik ongini o’zgartirib yubordi. 
Mamlakatda fashizmga qarshi qarashlar, vatanparvarlik g’oyalari vujudga keladi. 
Davlatning milliy birlikka chaqirig’i ommaning keng qatlamlarida zo’r 
ko’tarinkilik bilan ma’qullandi. Shuning bilan bir vaqtda, ana’anaviy - shaxsiy va 
konservativ qarashlar ham jonlana bordi. Avvallari obro’ga ega bo’lmagan 
tadbirkor va bankirlar, “vatan uchun” harbiy sanoatni tashkilotchilari sifatida yana 
obro’ va e’tiborga ega bo’ldilar.
AQShda SSSR tarafdorlari o’sib borardi va ikkinchi front ochishga talablar 
ko’paya bordi. Tezroq ikkinchi frontni tuzish kampaniyasini - Kommunistlar 
Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin