195
Buyuk Britaniyada sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Harbiy sanoat keng
ko’lamda rivojlanib, AQShdan keyingi o’rinni egallaydi. 1943-yilii
Buyuk
Britaniya sanoati 7,5 mingta tank, 26 mingga yaqin samolyotlar va harbiy kemalar
ishlab chiqaradi. 1942-yilning fevralida harbiy ishlab chiqarish vazirligi vujudga
keladi.
Profsoyuzlar a’zolari soni – 8,3 mln.ga yetadi, ammo ish tashlashlar soni
ham shunga yarasha o’sa boradi. 1942-yil hukumat “Deyli uorker” nashrini
ta’qiqlab qo’ydi. AQShda ham xuddi Buyuk Britaniyada bo’lgani kabi harbiy holat
vatnparvarlik va fashizmaga qarshi ruhdagi holatlarin yuzaga chiqaradi. 1943-yilda
hukumat qarilik pensiyasi, nogironlik nafaqasi, ko’p
bolali onalarga nafaqa va
shunga o’xshaganalarni ko’rib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushidagi tub burilish Gitlerga qarshi koalitsiyaning
kengyishiga olib keldi. 1942–1943-yillarga kelib avval betaraflik siyosati
yurgizgan bir qator davlatlar: Meksika, Braziliya, Eron, Iroq, Boliviya, Kolumbiya
fashistik blok davlatlariga qarshi urush e’lon qilishga qaror qiladilar va Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Deklaratsiyasiga imzo qo’yadilar. 1943-yilning oxiriga kelib
32 ta davlat BMT Deklaratsiyasiga imzo qo’yadi. Butun progressiv jamoatchilik
fashizmga qarshi o’zlarining noroziliklarini bildiradilar.
Stalingrad ostidagi janglar, ayniqsa Kursk jangidan keyin AQSh va Angliya
hukmron doiaralari Sovet Ittifoqining bir o’zi ham Germaniyani yengib,
butun
Yevropani ham fashizmdan ozod qilishi mukin degan xulosaga keldilar. Ikkinchi
frontni yana orqaga surish foydasiz ekanligi yaqqol ko’rinib qoldi. Aksincha,
endilikda G’arbiy Yevropaga o’larining qo’shinlarini tushirish maqsadga muvofiq
deb sanab, Qizil Armiya Yevropani ozod qilishiga yo’l qo’ymaslik kerakligini
angalab yetdilar.
Cherchill va Ruzvelt o’zlarining navbatdagi 1943-yilning avgust oyida
Kvebekda
bo’lib
o’tgan
uchrashuvlari
paytida,
Amerika
delegatsiyasi
“Germaniyani Sovet Ittifoqi tomonidan mag’lub qilinishi o’ta xavfli”,
shuning
uchun tezroq Fransiyada ikkinchi frontni ochish kerak deb ma’lum qiladi. Bundan
tashqari Amerika hukumati SSSRni Yaponiyaga qarshi urushga jalb qilishni istar
196
edi va Sovet Ittifoqiga bergan va’dalarini bajarishni talab qilardi. Ruzveltning
talabiga ko’ra, Vashington konferensiyasi 1944-yil 1-maydan kechiktirmasdan
Fransiyaga desant tushirishni ma’qulladi. Ikkinchi front ochish haqidagi
maqsadlarining birligi sabab, AQSh, Angliyani Sovet Ittifoqiga o’zaro
yaqinlashtirdi.
Ammo urushdan keyin, eng avvalo, fashizmdan ozod qilingan
davlatlarda qanday tuzum barpo qilish muammolarining avj olib borishi vaziyatni
keskinlashtirardi. 1943-yilda Sovet Armiyasining chegaralariga yaqinlashib
qolgani sabab Pol’shadagi ahvol yuzasidan muammolar chiqadi. Xuddi shunday
ingliz-amerika qo’shinlarining Fransiyaga tushirilishi kerak bo’lgan
bir paytda,
Fransiyadagi ahvol yuzasidan ham muammolar chiqdi.
Pol’shaning xorijdagi hukumati 1941-yilda Sovet Ittifoqi bilan Germaniyaga
qarshi urushda bir-birlariga o’zaro yordam berish to’g’risida shartnoma
imzolashgan bo’lsalarda, Pol’sha SSSR ga nisbatan dushmanlarcha munosabatda
siyosat olib bordi. Muhojir hukumat G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaning
qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan SSSRning yangi chegaralarini tan olmaydi;
SSSRda tuzilgan general Andersning polyak armiyasini sovet-german frontida
foydalanishni rad etadi va uni Sovet Ittifoqi chegaralaridan
olib chiqib ketishni
talab qiladi; ommaviy nashrlarda sovetlarga qarshi tashviqot boshlab yuboradi,
Sovet hukumati Anders armiyasini chegaradan chiqib ketishiga ruxsat beradi,
biroq, 1943- yil aprelda Londonda joylashgan muhojir polyak hukumati bilan
diplomatik aloqalarni uzadi. Sovet Ittifoqidagi polyak kommunistlarining
tashabbusi bilan, “polyak vatanparvarlari ittifoqi” tashkil qilinadi. Tashkilot Sovet
Ittifoqining ruxsati bilan fashistlarga qarshi urushish uchun polyak fuqarolaridan
harbiy qismlar tuzishni boshlab yuboradilar. Bu
harakatlar muhojir polyak
hukumatini qo’llab-quvvatlayotgan AQSh va Angliya hukumatiga ma’qul
bo’lmaydi.
SSSR, AQSh va Angliya kelishmovchilaridan yana biri bu – Fransiyadagi
ahvol edi. 1943-yilning iyun oyida general de Goll boshchilik qilayotgan
“Kurashayotgan Fransiya” harakati general Jiro tarafdorlari bilan birlashadilar.
Jazoirda De Goll va Jiro raisligida o’zini markaziy fransuz hukumati deb e’lon
197
qilgan - milliy ozodlik yagona Fransiya komiteti (FKNO) tuziladi va tashkilotni
tan olishlari uchun Angliya, SSSR va AQShga murojaat qiladi. Sovet Ittifoqi
FKNOni tezlik bilan tan olish zarur deb sanaydi, biroq Angliya va AQSh o’zining
mustaqilligi va qat’iyligi bilan milliy qadriyatlarni
himoya qilgan general de
Gollga ishonch bildirmaydilar. 1943- yil avgustga kelibgina Sovet Ittifoqining
qat’iy talabi bilan Angliya va AQSh bir vaqtning o’zida FKNOni tan oladilar.
Faqat Sovet Ittifoqigina FKNOni Fransuz respublikasining davlat manfaatlari
ifodalovchi rahbari va fashizmga qarshi kurashayotgan barcha fransuz
vatanparvarlarining rahnamosi sifatida tan oladi.
Dostları ilə paylaş: