Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. Pyotr I davrida nima sababdan Pol’shaga Rossiya ta’siri kuchaydi? 
2. Kanada qachon Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va uning oqibati 
nimadan iborat? 
3. Angliyadagi Ost-Indiya kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot bering?


74 
4. Angliya Ispaniya merosi uchun keskin kurash olib borilganligining asosiy 
sabablari va oqibatlari nimadan iborat? 
5.1763-yil Versalda imzolangan Angliya, Fransiya va Ispaniya o’rtasidagi 
sulh shartnomasining shartlarini ayting?
6. Rus – Turkiya urushining kelib chiqish sabablari nimadan iborat? 
7. Fransuz monarxiyasi xalqaro obro’yiga ta’sir etgan voqeani izoxlang?
8. Nima sababdan Avstriya qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi? 
9. Qachon Fransiya Avstriya bilan ittifoq tuzdi va uning oqibatlari nimadan 
iborat? 
10. Angliya – Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga sabab bo’lgan 
omillar?
 
XIX – XX ASR BOSHIDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. XVIII asr oxiri – XIX asr boshida xalqaro munosabatlar. 
2. Vena kongressi.
3. 1815 – 1850-yillardagi xalqaro munosabatlar 
 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: 
Fransiyada inqilobiy harakatlar.
 
Direktoriya. 
Napaleon. Koalitsiya. Gegemoniya. Direktoriya. Austerlits jangi. Reyn ittifoqi. 
Shenburunn tinchlik shartnomasi. Borodino jangi. “Xalqlar jangi”. Burbonlar. 
Kontinental qamal. Vena kongressi. Metternix tizimi. Muqaddas ittifoq. 
Konvensiya. Usmoniylar imperiyasi. Bolqon. Yunoniston. Rossiya – Turkiya 
urushlari. Adrianopol sulhi. 
 
XVIII asr oxiri – XIX asr boshida xalqaro munosabatlar. 
1789-yilda 
Fransiyada Lyudovik XIV absolyut monarxiyasining qulashiga olib kelgan inqilob 
ro’y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan butun Yevropani 
harakatga keltirdi. 1791-yil 27-avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida Avstriya va 


75 
Prussiya o’rtasida deklaratsiya imzolandi. 1792-yilning 7-fevralida Fransiyaga 
qarshi Yevropa davlatlarining birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi. 
Fransiyaning o’zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi. 
Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis 
“Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o’tirmasdan, Avstriyaga 
urush e’lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. 
Avstriya bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi 
Fransiyaga bostirib kirdi va bir qator qal’alarni ishg’ol etdi. Biroq, Fransiya 
qurollanmoqda va safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792- yilning 20-
sentyabridayoq fransuzlar Valmi qishlog’i yonida prusslarning hujumini qaytardi. 
Ushbu jangdan so’ng Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiya, Reyn daryosining 
chap sohili, Nitssa va Savoyyani egalladi. Ushbu yerlarning bir qismi Fransiyaga 
qo’shib olindi. Ammo, qirolning qatl qilinishi Yevropa monarxlarini hayajonga 
soldi. Koalitsiyaga Angliya va Ispaniya qo’shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga 
moliyaviy yordam ko’rsatdi. Yakobinchilar diktaturasi o’matilishi bilan, fransuz 
qo’shinlari 1794- yilning boshiga kelib o’z davlatining yerlarini interventlardan 
tozalashga erishdi va urush dushman hududlariga ko’chirildi. iyun oyida Fleryus 
qishiog’i (Belgiya) yonida fransuzlar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor-
mor etdi. Koalitsiya (ittifoq) mag’lubiyatga uchradi. 
Fransiyaning o’zida esa 9- termidor aksilinqilobiy to’ntarilishi ro’y berdi, 
yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq, ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa 
cho’zilmadi. Direktoriyaning o’rniga Napoleon Bonapart keldi va o’zining yakka 
hokimiyatini o’rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to’xtovsiz 
urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan 
bozorlar va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib 
borildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy 
maqsadi, Yevropada Fransiyaning ustunligini o’rnatish uchun kurash edi. 
Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar: Angliya, Rossiya, Avstriya va 
Prussiya nafaqat fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o’zlarining 


76 
maqsadlariga ham ega edilar. Lekin, XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning 
markazida Angliya va Fransiya o’rtasidagi raqobat turardi. 
1800- yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya 
tarqab ketdi. 1801- yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari 
imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya, 
Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi. 
1802- yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. 
Uning bandlariga ko’ra, Fransiya va Angliya Yevropadagi tartibni saqlash 
majburiyatini oldilar. Biroq, tinchlikning umri qisqa bo’ldi. Va 1803- yilda harbiy 
harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805- yilda Yevropa davlatlarining uchinchi 
koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan 
qirolligi kirdi. 
1805- yil 21- oktyabrda Trafalgar bumi yonidagi jangda admiral Nelson 
qo’mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz-ispan flotini mag’lub etganidan 
so’ng Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805- yilning 
oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo’ldi va fransuz qo’shinlari Venaga kirib 
keldi. 
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning 
birlashgan kuchlari mag’lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya 
o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806- yilda Napoleon protektorati ostida 
16 german davlatidan iborat “Reyn ittifoqi” tashkil etildi. Shu tariqa German 
millatining Muqaddas Rim imperiyasi quladi. 
1806- yilda Fransiyaga qarshi to’rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va 
Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin, o’sha yilning o’zida Yena va Auershtedt 
yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor-mor etildi. 1806- yil oktyabrda Bonapart 
Berlinga kirib keldi va bu yerda Yevropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba 
bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to’g’risidagi dekretni imzoladi (1806- yil 21-
noyabr). Dekretga ko’ra, butun Fransiya va unga qaram bo’lgan mamlakatlarda 
Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi. 


77 
O’zining asosiy vazifasini Angliyani tor-mor etish va Fransiyaning 
gegemoniyasini o’rnatishni Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish 
yoki orqali hal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807- yil 7- iyul) binoan, 
Rossiya Yevropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o’zgarishlami tan oldi 
va kontinental (qit’aviy) qarnalga qo’shildi. Shu yerning o’zida Fransiya–Prussiya 
tinchlik shartnomasi ham imzolandiki, unga ko’ra, Prussiya davlati qisqartirilgan 
ko’rimshda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo’shildi. 
1808- yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida Napoleon 
Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809- yil) va uning tarkibiga faqat 
Angliya va Avstriya kirdi. 1809- yil iyulda Vagram yonidagi jangda fransuzlar 
armiyasi avstriyaliklarni mag’lub etdi. O’sha yilning oktyabrda Shenburunn 
tinchlik shartnomasi imzolandi, Unga binoan, Avstriya hududlari qisqartirildi. 
Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda 
yengilgan davlat tomonidan g’olib davlatga to’lanadigan tovon) to’lashi va 
kontinental (qit’aviy) qamalga qo’shilishi majbur edi. 
1812- 
yilning 
boshiga 
kelib 
Fransiya–Rossiya 
munosabatlarinng 
keskinlashishi oqibatda urushga sabab bo’ldi. Urush 1812- yil 24- iyunda 
boshlandi. 26- avgustda bo’lib o’tgan “Borodino jangi”da fransuzlarning talofati 
60 ming askarni tashkil etdi. Garchand rus armiyasi chekingan bo’lsa ham, lekin 
o’z jangovarligini saqlab qoldi. 1812- yil 14- sentyabrda fransuzlar Moskvaga kirib 
kelishdi, biroq atrofda partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812- yil 12-
oktyabrda Napoleon armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo’ldi. Keyinchalik 
Bonapartning o’zi ham armiyasini tashlab, Parijga jo’nab ketdi. Fransuz 
armiyasining Rossiyadagi mag’lubiyati “yengilmas” Napoleon imperiyasining 
qulashini boshlab berdi. 
1812- yilning bahorda Fransiyaga qarshi oltinchi koalitsiya tashkil etildi. 
Uning tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, 
Avstriya kirdi. Hal qiluvchi jang 1813- yil 16–19- oktyabrda Leypsig shahri yonida 
ro’y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag’lub bo’ldi va Reyn daryosi 
ortiga chekindi. 


78 
1814- yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to’la tor-mor 
qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. 
31- martda ittifoqchilar Parijga kirib keldi. Napoleon o’z o’g’li foydasiga taxtdan 
voz kechdi. Biroq, senat va Yevropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni 
tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg’a qilindi. 1814- yil 30- mayda Parijda 
tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan, Fransiya 1792- yil chegaralariga 
qaytarildi. Napoleonga xayrixoh bo’lgan kayfiyatlar yana jonlandi. 1815- yil 1-
martda Napoleon Fransiyaning janubiga borib tushdi va 20- martda Parijga qaytib 
keldi. Imperiya tiklandi. Napoleonga qarshi oxirgi, yettinchi koalitsiya tashkil 
etildi. 1815- yil 18- iyunda Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom 
tor-mor etildi. Napoleonning o’zi Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va bu 
yerda 1821- yilda vafot etdi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin